Pedagogik psixologiya: tushuncha va chegaralar



Download 36,29 Kb.
bet2/6
Sana20.04.2022
Hajmi36,29 Kb.
#568204
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
PEDAGOGIK PSIXOLOGIYA

Pedagogik qobiliyatlar.

Pedagogik qobiliyat- bu qobiliyat turlaridan biri bo‘lib, kishming pedagogik faoliyatga yaroqliligini va shu faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug‘ullana olishini aniqlab beradi. Pedagogik psixologiyada o‘qituvchilik faoliyatida pedagogik qobiliyatlaming tutgan o'rnini ilmiy izohlab berishga oid samarali tadqiqotlar olib borilgan.
Yirik psixolog S.L.Rubinshteyn ta’kidlab o‘tganidek, pedagogik jarayon
o‘qituvchitarbiyachining faoliyati tariqasida rivojlanuvchi bola shaxsini shakllantiradi, bu esa pedagogning o!quvchi faoliyatiga naqadar rahbarlik qilishida yoki asincha, unga ehtiyoj sezmasligiga bog‘liq. Bola shaxsining rivojlanishida o‘qituvchining roli benihoya muhimdir, chunki u ta’lim va tarbiya jarayonining tashkilotchisi vazifasini bajaradi. Shu bois, hozirgi sharoitda o‘qituvchimng tashkilotchilik qobiliyatiga nisbatan yuksak talab qo‘yiladi, shuning uchun ijtimoiy-tarixiy tajribalaming boyligi ehtiyojlar ko'lamming ortishiga bevosita bog‘liq. XX asming 70-80-yillarda o'qituvchining xarakter-xislatlari, pedagogik qobiliyatlari, unda tarbiyachilik mahoratini tarlab toptirish sharilari chuqur o‘rganildi. Jumladan, ms olimasi N.V.Kuzmina o‘qituvchilik faoliyatida pedagogik qobiliyatlaming o‘rni va ulami tarkib toptirishga oid qator ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borgan. U o‘z tadqiqotlarida pedagogik qobiliyatlami gnostik (bilishga oid), proyektiv (oldindan rejalashtirishga qaratilgan), konstruktiv', tashkiliy va kommunikativ turlarga ajratib, ulaming har biriga chuqur psixologik ta’rif beradi. N.V.Kuzmina pedagogik qobiliyatning muhim alomatlari qatoriga kuzatuvchanlikni ham kiritadi, o‘qituvchining bu hislati o‘quvchining ichki kechinmalari, his-tuyg‘ulari kabi omillami aniqlashga xizmat qiladi. Tadqiqotchi A.I.Shcherbakov fikriga ko‘ra, pedagogik faoliyat - bu o‘qituvchi oldiga jiddiy talablar qo‘yadigan murakkab psixologik aktdir. Pedagogik faoliyat o ‘qituvchini chuqur va puxta bilimga, pedagogik qobiliyatga, mustahkam xarakterga, yuksak m a’naviyatga ega bo‘lishini taqozo qiladi. A.I.Shcherbakov o‘qituvchi shaxsi 6 ta kasbiy-tarkibiy qismdan iborat ekanligini ta’kidlaydi:
1) yuksak saviyadagi bilim va madaniyat;
2) yo‘nalishning aniq ifodalanganligi;
3) yuksak axloqiy hislaming mavjudligi;
4) yuqori darajada yuzaga keluvchi faollik va barqaror mustaqillik;
5) qat’iy va silliq xarakter;
6) pedagogik qobiliyatlar.
Yirik olim F.N.Gonobolin pedagogik qobiliyatlami quyidagi turlarga ajratishni taklif etadi: Shaxs qobiliyatining mayllar va qiziqishlar bilan bog’liqligi, qobiliyat va bilim, malaka, mahoratlarning o’zaro aloqadorligi sir emas. Pedagogik qobiliyat tarkibi:
didaktik qobiliyat (oson yo’l bilan murakkab bilimlarni tushuntirish);
akademik qobiliyat (barcha fanlar yuzasidan muayyan bilimga ega bo’lish);
persteptiv qobiliyat ( qisqa daqiqalarda auditoriya holatini idrok qila olish fazilati);
nutqiy qobiliyat ( ixcham, ma’noli, ohangdor, muayyan ritm, temp, chastotaga ega bo’lgan nutq, nutqning jarangdorligi, uning pauza, mantiqiy urg’uga rioya qilishi);
tashkilotchilik qobiliyati (sinf guruhi yoki kursni uyushtirish va uni boshqarish iste’dodi);
obro’ga (nufuzga) ega bo’lish qobiliyati (o’zining shaxsiy xususiyati, bilimdonligi, aql-farosatliligi, mustahkam irodasi bilan obro’ orttirish);
muomala va muloqot o’rnata olish qobiliyati;
psixologik tashxis (diagnoz) qobiliyati (insonning kelajagini oqilona tasavvur qilish bashorati);
diqqatni taqsimlash qobiliyati (bir necha ob’ektlarga bir davrning o’zida o’z munosabatini bildirish o’quvi);
iymon-e’tiqodga, faol hayotiy pozistiyaga yo’naltirish qobiliyati;
tashabbusga, ijodga ilhomlantirish qobiliyati;
aql-donishlik qobiliyati (bilimdonlik);
konstruktiv qobiliyat (o’quv-tarbiya ishlarini rejalashtirish va natijasini oldindan aytish qobiliyati);
gnostik qobiliyat (tadqiqotga layoqatlilik).

Download 36,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish