Pedagogik-psixologik xususiyatlaR (Tarbiyachilar uchun uslubiy qo`llanma) Qo`qon 2021


I BOB. Maktabgacha ta’limda o’yinni tashkil etishning nazariy asoslari



Download 2,28 Mb.
bet3/14
Sana22.01.2022
Hajmi2,28 Mb.
#399245
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
1.kitob-Касимова Дилфузахон

I BOB. Maktabgacha ta’limda o’yinni tashkil etishning nazariy asoslari

1.1 Mavzuga oid adabiyotlar tahlili

2017-2021 yillarga mo’ljallangan “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi”, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarorida pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish ta’lim tizimi oldida turgan dolzarb masala sifatida belgilab o’tilgan. SHuningdek, 2016 yil 29 dekabrdagi “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2707-sonli, 2017 yil 9 sentyabrg’ «Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ-3261-sonli qarorida belgilangan vazifalar va xalq ta’limi tizimi pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish mazmuni, sifati va ularning tayyorgarligiga qo’yiladigan davlat talablari asosida maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilari malakasini oshirish jarayonlarining mazmunini takomillashtirish, tarbiyachilarning joriy ehtiyojlaridan kelib chiqib, turli tanlov mavzularini taqdim etish orqali ularning kasbiy kompetentligini muntazam oshirib borishni taqozo etadi.

Nutq yaxlit faoliyat va nonutqiy harakatga qo‘shilgan nutqiy harakat kabi til orqali bog‘langan tarixan shakllangan muloqot shakli sifatida ko‘rib chiqiladi (L.S.Vыgotskiy, A.N.Leontev, A.A.Leontev, I.A.Zimnyaya).

Nutqiy faoliyat ta’lim ob’ekti sifatida til vositasida shaklantirilgan va ifodalangan, muloqot jarayonida insonning kommunikativ-bilish ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan fikrlarni (irodani, hissiyotlar ifodasini) berish va qabul qilishning faol, aniq maqsadga yo‘naltirilgan, motivatsiyalangan, predmetli (mazmunli) jarayonidir.

Maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqiy faollikni shakllantirish masalalarini nutqiy faoliyat nazariyasi asosida tadqiq etish maktabgacha ta’limning nazariyasi hamda amaliyoti uchun dolzarb va ahamiyatli hisoblanadi.

Nazariy va amaliy ishlar shundan dalolat bermoqdaki, nutqiy faoliyat motivatsiyasini boyitish bolalar nutqini rivojlantirish borasidagi ishlarning samaradorligini oshiradi (F.A.Soxin, E.M.Strunina, A.M.Borodich, M.R.Lvov va boshq.).

Linvistika, psixolingvistika, psixofiziologiyaga oid zamonaviy tadqiqotlarda nutq semantikasi masalalariga katta e’tibor qaratilmoqda (T.N.Ushakova, E.M.Strunina, A.M.SHaxnorovich va boshq.).

Nutqiy faoliyat mexanizmlarini o‘rganuvchi psixofiziologik tadqiqotlar fanning istiqbolli yo‘nalishi hisoblanadi (T.N.Ushakova, T.P.Xrizman va boshq.).

XX asrning so‘nggi o‘n yilligida lingvistlar, psixologlar tomonidan «til qobiliyatlari» muammosi faol muhokama qilindi (F. De Sossyura, L.V.Щerba, J.Grin, V.I.Makarova va boshq.). Til qobiliyati deganda til tizimini o‘zlashtirib olishda malaka va ko‘nikmalarni jadal shakllantirishga ko‘maklashadigan o‘ziga xos xususiyatlar tushuniladi.

Psixologik hodisa sifatida insonning nutqiy qobiliyatining to‘liq konseptual modelini qurishga nutqni psixologik tadqiq etishning istiqbolli vazifalaridan biri sifatida qaraladi (T.N.Ushakova). Modelda faxmlab etilgan axborotni nutq yordamida uzatish, ya’ni nutqiy semantika muammosi; bunda grammatik qoidalardan foydalanish, ya’ni tilni ishga solish; akustik kanalni ishga tushirish imkoniyati; nutqdan muloqot va ijtimoiy aloqa vositasi sifatida foydalanish; ushbu barcha hodisalarni miya harakatiga muvofiq holda tavsiflash kabi hodisalar o‘z izohini topishi lozim.

Nutqiy rivojlanish jarayonini A.N.Leontev quyidagicha tavsiflaydi: «Nutqni o‘stirish va rivojlantirish jarayoni bola lug‘atining va so‘zlarning assotsiatsiya asosida bog‘lanishining ortishida ifodalanadigan miqdoriy o‘zgarishlar jarayoni emas, balki sifat jihatdan o‘zgarish jarayonidir, zero u fikrlash va ong rivojlanishi bilan ichki bog‘langan holda so‘zning barcha funksiyalari, tomonlari va aloqalarini qamrab oladigan haqiqiy rivojlanish jarayonidir».

Nutq genezisini bunday tushunish psixologik, pedagogik va linvistik tadqiqotlarda nutqiy rivojlanish jihatlarini o‘rganish uchun asos bo‘lib xizmat qildi.

XIX asrning o‘rtalaridan boshlab, nutq ontogenezi olimlarni qiziqtirib qoldi. K.D.Ushinskiy bolalarni ona tilida o‘qitishning zarurligini asoslab, bolalarga ona tilini dastlabki o‘qitish metodikasini ishlab chiqar ekan, bolalar tilni o‘zlashtirishlarining til bilan tafakkurning o‘zaro munosabatlarini falsafiy jihatdan chuqur anglash, o‘z-o‘zini rivojlantirish va o‘qitishga asoslangan xususiyatlari va qonuniyatlari borasida o‘z fikrlarini bildirdi.

Rossiya fanida nutq ontogenezi borasidagi tadqiqotlar L.S.Vыgotskiyning madaniy-tarixiy nazariyasiga va A.N.Leontevning faoliyat nazariyasiga tayangan holda amalga oshirilgan.

Natijada bolalar nutqining paydo bo‘lishi va rivojlanishi ularning atrofdagi odamlar bilan muloqot jarayonlarida ro‘y beradi, degan qarashlar tizimi shakllandi. Bunda bola kattalarning nutq namunalarini sust ravishda qabul qilib olmaydi, balki u nutqni umuminsoniy tajribaning bir qismi sifatida faol o‘zlashtiradi.

A.A.Leontev L.S.Vыgotskiy va A.N.Leontevning qoidalariga tayangan holda, asosiy faoliyat turi sifatida qaraydigan nutqiy faoliyat shakllanishi konsepsiyasini ishlab chiqdi. Uning qayd etishicha, bola nutqini rivojlantirish – bu eng avvalo, muloqot usullarini rivojlantirish bo‘lib, ularni o‘zlashtirish til qobiliyatini shakllantirishni talab qiladi.

Til qobiliyatlarini shakllantirish, bir tomondan, nerv-psixologik mexanizmlarning etilganligi bilan, o‘zga tomondan esa, ijtimoiy ehtiyojlar bilan bog‘liq.

M.I.Lisina konsepsiyasi ruhida amalga oshirilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, muloqot – bolada so‘zning paydo bo‘lishi fakti, vujudga kelish muddatlari va bola nutqi rivojlanishining sur’atlarini belgilab beruvchi muhim omildir. Ontogenezda nutq dastlab muloqot vositasi sifatida, keyinchalik esa – fikrlash, o‘z xulqini boshqarish vositasi sifatida rivojlanadi.

Bola nutqi – bola o‘zida ifoda etadigan o‘ziga xos submadaniyatning ahamiyatga molik ovozidir. Nutqni o‘stirish va rivojlantirish nafaqat bolani atrofdagi olam bilan tanishtirish, balki umumiy psixik rivojlanishning asosi bo‘lib ham hisoblanadi. Bola nutqini rivojlantirish umuman shaxsni shakllantirish va butun psixik jarayonlar bilan bog‘liqdir (A.V.Zaporojets, L.A.Venger, L.S.Vыgotskiy, A.R.Luriya, A.A.Lyublinskaya, N.N.Poddyakov, S.L.Rubinshteyn, F.A.Soxin, V.S.Muxina va boshq.).


Nutq ontogenezi haqidagi zamonaviy tasavvurda bola nutqini rivojlantirish, bir tomondan, tashqi ta’sirlar bilan belgilanishi, o‘zga tomondan esa – to‘satdan yuz berishlik, «o‘zini-o‘zi harakatga keltirish» bilan tavsiflanishi tushuniladi.

Gumboldt, I.E.Boduen de Kurtene, L.V.Щerbalarning o‘zini-o‘zi rivojlantirish haqidagi g‘oyalari F.A.Soxin tomonidan bolalarga ona tilini o‘rgatish metodikasini asoslash uchun foydalanilgan va umumlashtirilgan. F.A.Soxin va uning shogirdlari yordamida nutqning o‘zini-o‘zi rivojlantirish metodikasi maktabgacha ta’lim pedagogikasi va bolalar psixologiyasida chuqur nazariy asosga ega bo‘ldi.

F.A.Soxinning xizmati va uning novatorligi shundan iboratki, u til umumlashmalarining tabiatini nutqni rivojlantirishning ijodiy xususiyati bilan bog‘lay oldi. Boshqacha qilib aytganda, bolaning umumlashmalar sifatida tilning asosiy birliklarini o‘zlashtirishi unga ijodiy tus beradi (K.I.CHukovskiy).

Nutqni egallab olishning eng muhim bosqichlari maktabgacha yoshga to‘g‘ri keladi. Shundan kelib chiqqan holda, hozirgi paytda nutqni rivojlantirishdagi ayrim bosqichlarni o‘rganishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Olimlar nutqqacha bo‘lgan bosqich muhim rol o‘ynashini tushunib etib, uni batafsil tahlil qilmoqdalar.

Verbalgacha bo‘lgan davr (bola hayotining dastlabki davri) yoki tayyorlov bosqichining psixologik va psixolingivistik tahlili aynan ushbu davrda nutqning muhim omillari shakllanadi, degan xulosaga kelish imkonini beradi. M.I.Lisinaning qayd etishicha, bola o‘z hayotining birinchi yilida atrofdagi kattalar bilan muloqot shaklini ikki marta o‘zgartiradi.

Birinchi shakl – yaqin kattalar bilan vaziyatli-shaxsli muloqot (2-oylarga kelib).

Birinchi yarim yillik oxirida ushlashni o‘rganib olgan bola kattalar bilan muloqotning nisbatan murakkab bo‘lgan o‘zga darajasiga o‘tadi. Bu vaziyatli- amaliy muloqotdir.

Nutqning vujudga kelish bosqichi (bir yoshdan boshlab o‘zga yoshning yarmigacha) bolaning atrofdagi kishilar bilan muloqotining ikki bosqichi – verbalgacha bo‘lgan va verbal bosqichlar o‘rtasidagi o‘tkinchi pog‘ona sifatida xizmat qiladi.

Mazkur bosqichning asosiy mazmunini quyidagi ikki voqea tashkil qiladi: atrofdagi kattalar nutqini tushunish vujudga keladi va dastlabki verballashuvlar paydo bo‘ladi. Har ikkala voqea ham bir-biri bilan nafaqat vaqt bo‘yicha, balki mohiyatiga ko‘ra ham uzviy bog‘liqdir. Ular kattalar bola oldiga qo‘yadigan yagona kommunikativ vazifani hal qilishning ikkita yagona usulidir.

1.2 Maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘yinlar haqida tushuncha

O‘zbekiston Respublikasining «Davlat tili haqida»gi (1989 yil 21 oktyabr),«Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunlarida (29 avgust 1997 yil), shuningdek, O‘zbek tili Davlat ta’lim standartida barcha ta’lim-tarbiya muassasalarida, shu jumladan, uning asosiy bo‘g‘ini hisoblangan o‘rta umumta’lim maktablarida O‘zbek tili o‘qitilishini tubdan yaxshilashni, ta’limning eng samarali metod, vosita va usullarini qo‘llashni, muhimi Bolani ta’lim jarayonining faol ishtirokchisi (subyekt)ga aylantirish talab etiladi.O‘zbek tili mashg‘ulotlari shunday qurilmog‘i lozimki, har bir o‘rganiladigan til hodisasi Bola e'tiborini o‘ziga qaratsin, uni ijodiy faoliyat ko‘rsatishga undasin, o‘zligini namoyish etish imkoniyatini yaratsin. Bunga ta’limning noan'anaviy usullaridan unumli foydalanish, ayniqsa, ta’limiy o‘yinlarni qo‘llash orqali erishiladi.Ta’limiy o‘yinlar Bolalarni ijodiy faoliyat ko‘rsatishga, o‘rganilayotgan til hodisalarining mohiyatini anglab, mustaqil fikrlashga va xulosalar chiqarishga, har bir Bolaga o‘zligini namoyish etish, o‘z fikr va mulohazalarini erkin bayon etib, o‘z nuqtai nazarini himoya kilishiga keng imkoniyat yaratadi.



Tezkorlik, sezgirlik, topqirlik, qat’iylik, o‘quv qiyinchiliklarini mustaqil engish, boshlangan ishni nihoyasiga etkazish kabi fazilatlarni tarkib toptirish ta’limiy o‘yinlar orqali amalga oshiriladi.Maktablarda olib borilgan kuzatishlar bizni shunday xulosaga olib keladiki, O‘zbek tili ‘mashg‘ulotlarida ta’limiy o‘yinlarni qo‘llash muayyan izchillik kasb etmagan. Tarbiyachilar amaliyotda Bolalar so‘z boyligini oshirishga, so‘zni to‘g‘ri va o‘rinli ishlatish malakalarini shakllantirishga, nutq sharoitidan kelib chiqib, fikrni og‘zaki va yozma shakllarda to‘g‘ri, ravon ifodalashga xizmat qiladigan o‘yinlardan etarli foydalanmayapti.Ayrim Tarbiyachilarimizning darslarida onda-sonda tashkil etilayotgan o‘yinlar, asosan, o‘rganilgan til hodisalarini qayta xotiralash xarakterida bo‘lib, Bolalarni izlanishga, ijodiy faoliyat ko‘rsatishga undamaydi.

Aksariyat hollarda o‘yinlar o‘rganilayotgan til hodisalarining asosiy mazmunidan ajralgan bo‘lib, u darsdan ko‘zlangan maqsadni amalga oshirishga etarli xizmat kilmaydi.O‘zbek tili Tarbiyachilari o‘yin - topshiriqlarni tuzishda, ularni o‘tkazishda sezilarli qiyinchiliklarga duch kelmoqdalar. Bu hol, shubhasiz, mazkur muammoning ilmiy nuqtai nazardan etarli o‘rganilmaganligi, ilmiy adabiyotlarda bu borada aniq tavsiyalar berilmaganligiga xam bog‘liq. O‘zbek tili o‘qitish nazariyasi va amaliyoiyga oid mavjud pedagogik adabiyotlarda ta’limiy o‘yinlardan foydalanish borasida A.G‘ulomov, K.Qosimova, R.Abdulahatova, R.Inog‘omova, R.Kayumova, K.Shukrullayev va M.Sobirovalar ancha foydali fikr-mulohazalar bayon etishgan . Ushbu bitiruv malakaviy ishimizda o‘zbek tili o‘qitish jarayonida ta’limiy o‘yinlardan foydalanishning samarali yo‘llari va vositalarni yoritishni asosiy maqsad qilib belgilab oldik.O‘zbek tili ta’limi jarayonida Bolalarning so‘z boyligini oshirish, so‘zdan nutqda to‘g‘ri va o‘rinli foydalanish malakalarini shakllantirish va rivojlantirishga oid o‘yin-topshiriqlardan keng foydalanilsa, katta mavzular va bo‘limlar o‘rganilgandan keyin taqrorlash mashg‘ulotlari «Topqirlar bellashuvi» asosida o‘tkazilsa, O‘zbek tili darslarida qayta xotiralash xarakteridagi tonshiriqlar bilan qisman ijodiy va ijodiy xarakterdagi tonshiriqlar o‘rtasida mutanosiblik vujudga keltirilsa, tashkil etiladigan o‘yin- topshiriqlarning biri ikkinchisini to‘ldirishga qaratilsa, O‘zbek tili mashg‘ulotlarining samaradorlikdarajasi yuqori bo‘ladi.



1.3 Maktabgacha ta’lim muassasalarida o'yinlardan foydalanish usullari

Tа’lim bоshqа tillаrdа оlib bоrilаyotgаn mаktаblаrdа Bolalаr o‘zbеk tilini o‘rgаnishgа ikkinchi sinfdа ilk qаdаm qo‘yadilаr. Bundа qiyinchilik shundаki, birinchi sinfdа оnа tilidа kirill аlifbоsidа endiginа o‘qish vа yozishni o‘rgаngаn bоlа butunlаy yangi bo‘lgаn lоtin yozuvigа аsоslаngаn o‘zbеk аlifbоsini o‘zlаshtirishi bilаn birgа o‘zbеk tilidа bu аlifbоdа o‘qish vа yozishni o‘rgаnishi kеrаk bo‘lаdi. Shuning uchun bu sinfdа o‘qitish jаrаyoni nihоyatdа murаkkаb bo‘lib, Tarbiyachidаn yuksаk mеtоdik mаhоrаt tаlаb qilаdi. Nutq tovushlari, tovushning yozuvdagi ifodasi - harf, o‘zbek alifbosi va uning ahamiyati, unlilar imlosi, u-o‘, i-u, a-i va h.k. tovush juftlari bilan farqlanuvchi so‘zlar ustida ishlash, undosh tovushlar va ularning imlosi, qo‘shimcha qo‘shilganda tovushlarda sodir bo‘ladigan ayrim o‘zgarishlar, p-b, t-d, s-z, v-f, k-g, k-z, v-f, ch-sh kabi tovush juftlari bilan farqlanuvchi so‘zlarning talaffuzi, imlosi va qo‘llanishi ustida ishlash, yonma-yon kelgan bir xil unlili va undoshli so‘zlar imlosi, talaffuzi va qo‘llanishi ustida ishlash, urg'u ustida ishlash, bo‘g'in va uning o‘ziga xos xususiyatlari ustida ishlash kabi ma'lumotlar silsilasini o‘z ichiga oladi. Maktab Bolalarini bu ma'lumotlar silsilasi bilan qurollantiridan ko‘zlanadigan asosiy maqsad nafaqat ularni o‘zbek tilining tovush sistemasi bilan tanishtirish, balki Davlat ta'lim standartlarida ko‘zda tutilgan asosiy maqsad — tez va to‘g'ri o‘qish malakalarini rivojlantirish, so‘z boyligini oshirish, talaffuz va imloviy me'yorlar bilan qurollantirish, she'riy va nasriy asarlarni ifodali o‘qish ko‘nikmalarini takomillashtirishdan iboratdir. Ta’limiy o‘yiniar vositasida Bolalarda bilimga qiziqishni uyg‘otish uning qiziqishlariga tayanib tashkil etilsa samarali bo‘ladi. Bunday hollarda bolada doim yangiliklarni bilishga ishtiyoq uyg‘onadi, bilimga qiziqish uyg‘onadi. Bilimga qiziqishni muntazam rivojlanlirish va mustahkamlash kichik maktab Bolalarning o‘qishga ijobiy munosabatlarini tarbiyalaydi o‘zlashtirish darajasini oshiradi. Bilishga qiziqish kichik maktab Bolasini izlanishga o‘rgatadi, u doim har xil savollarga javobni qidirishga o‘rganadi. Bolaning izlanuvchanlik faoliyati unda emotsional ko‘tarinkilik, muvaffaqiyatdan quvonish hissini tarbiyalaydi. Bilishga qiziqish faqat ta’lim jarayoni natijasiga ijobiy ta'sir qilb qolmy balki tafakkur, idrok, xotira, diqqat kabi psixik jarayonlarning faol rivojlanishiga ham ta'sir ko‘rsatadi.

Bilishga qiziqish - bu Bolalarning o‘qishga qiziqishini oshiruvchi motivlardan biridir. Uning ta'siri juda kuchli bo‘ladi. Bilishga qiziqishni uyg‘otish hatto bo‘sh o‘zlashtiruvchi Bolalarni ham samarali ishlashiga yordam beradi. To‘g‘ri tashkil etilgan pedagogik jarayonda Bolalar faoliyati, tarbiyaviy faoliyattizimli va muntazam tashkil etilsa bilishga qiziqish Bola shaxsining asosiy sifatlaridan biriga aylanadi va uning rivojlanishiga kuchli ta'sir ko‘rsatadi. Bilimga qiziqish ta’lim jarayonining kuchli vositasiga aylanadi. Abu Rayhon Beruniy Bolalarni ta’lim jarayoniga qiziqtirish muhim vazifa ekanligini uqtirib, «Qadimiy xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida «Maqsad gapni cho‘zish emas, balki Bolani zeriktirmaslik, chunki doimo bir xil narsaga qaray berish malollik va sabrsizlikka olib keladi. Bola fandan- fanga o‘tib tursa, turli bog‘larda yurganga o‘xshaydi. Birini ко'rib ulgurmasdan boshqasi boshlanadi va u kishi har bir narsada o‘ziga yarasha lazzat bor deyilganidek ularni ko‘rishgaqiziqadi va ko‘zdan kechirishni istaydi. Bir xil narsa charchatadi, xotiraga malol keltiradi», - degan edi.



Bolaning bilish faoliyatini faollashtirmasdan turib uni bilimga qiziqtirish mumkin emas. Shuning uchun ham ta’lim jarayonida Bolani bilimga doimiy qiziqtirish, uning o‘qish motivini rivojlantirish, tarbiyalovchi ta’limning eng muhim vositasidir. Shunday qilib bilishga qiziqish Bola shaxsidagi bor imkoniyatlarning ro‘yobga chiqishiga ham ko‘maklashadi. Bilishga qiziqish shaxsning boshqa sifatlari kabi o‘qish-o‘rganish jarayonida shakllanadi va rivojlanadi. Bolalarning bilishga qiziquvi ikki asosiy yo‘l bilan tashkil etiladi. Birinchisi, o‘quv materialining o‘zi Bolalarda bilimga qiziqishni paydo qiladi. Chunki o‘rganilmagan yangi narsa insonlar tomonidan qiziqish bilan o‘rganiladi. Ikkinchi tomondan Bolalarning bilish faoliyatini qiziqarli tashkil etish yo‘li bilan bilimga qiziqtirish mumkin Bolalar uchun yangi bo‘lgan, hali tushunilmagan material ularda hayratlanish hissini uyg‘otadi. Hayratlanish esa o‘quv materialini bilishga qiziqish uyg‘otadigan eng muhim omil. Biror bir narsadan hayratlangan odam unga qarashga, undan yangilikni bilib olishga intiladi. Bu esa insonni dunyo haqidagi yangi bilimlarni egallab olishiga yordam beradi. Yangi bilimlarni qiziqish bilan egallashda albatta oldin o‘rganilgan bilimlarga murojaat qilinadi. Shuning uchun ham Bolalarni bilishga qiziqishini tarbiyalashda o‘rganilgan bilimlardan yangilarini aniqlashga o‘rgatish lozim. Bolalarni fanning yangi yutuqlari bilan tanishtirish o‘quv dasturlari doirasini kengaytirish ularni ilmiy, ijodiy izlanishlar doirasi bilan tanishtirish Bolalarning bilishga qiziqishlarini oshiradi. Hamma o‘quv materiallari ham Bolalar uchun qiziqarli bo‘lavermaydi. Bunday hollarda bolalarni ta’lim jarayoniga qiziqishini oshirishning birdan bir yo‘li o‘yinlardan foydalanish va ularni tashkil etishdir. Bolalarda o‘qishga ishtiyoqni oshirish uchun ularni ta’limga qiziqtirish lozim. Buning uchun esa Bola ta’lim jarayonidan qiziqarli tomonlarni topishi va bu jarayon o‘z ichiga Bolani qiziqtiraoladigan materiallarni olishi lozim. Buning yo‘li ta’lim jarayoniga ta’limiy o‘yinlarni kiritishdir.Buni o‘rganishda Bolalar jiddiy qiyinchiliklarga duch keladilar. Bu qiyinchiliklar bir jihatdan o‘zbek tili tovush sistemasining o‘ziga xos murakkabligida bo‘lsa, ikkinchi jihatdan fonetikaning ayni vaqtda orfoepiya, grafika va orfografiya bilan chambarchas aloqadorligi bilan bog‘liqdir. Bolalar fonetikadan muayyan bir tovushni o‘rganar ekan, ayni vaqtda tovushlarning o‘ziga xos xususiyatlari bilan tanishadilar, o‘z so‘z boyliklarini oshirib boradilar, talaffuz va imloviy me’yorlar ustida ishlaydilar, so‘zdan to‘g‘ri foydalanish malakalarini egallab boradilar. Bu murakkab jyarayonni bir muncha osonlashtirish ko‘p jihatdan ta’limiy o‘yinlardan unumli foydalanish bilan bog‘liqir. Bolalar o‘yin orqali yuqorida tilga olingan malakalarni puxtaroq egallaydilar va ko‘zda tutilgan bo‘limni o‘rganishning samaradorligi ham yuqori bo‘ladi. O‘zbek tilining tovush sistemasini o‘rganida o‘zbek tili o‘qiuvchisi oldida turgan muhim vazifalarnish biri — Bolalarshshg so‘z boyligini muttasil oshirib borishdir. Modomiki shunday ekan, fonetika, orfoepiya, grafika va orfografiyadan tashkil etiladigan o‘yinlar, avvalo, Bolalarda so‘z ehtiyojini yuzaga keltirishi, so‘zga chanqoqlik hissini tarbiyalashi zarur. Ana shu maqsadda tovushdosh so‘zlar topishni talab etadigan o‘yinlar ancha samarali natijalar beradi.

Tovudosh so‘zlar bir-biridan atigi bitt tovush bilan farqdanuvchi so‘zlar bo‘lib, Bola ayni bir tovushni o‘zgartirish orqali yangi so‘zlar hosil qiladi va ularning ma'nolari ustida ishlaydi.

Маsаlаn:

bir - ber- bur - bor- bo'r

dor - bor - zor- kor - nor - tor - xor - qor

kabi so‘zlar tovudosh bo‘lib, ular bitta tovush bilan farqlanayotgan so‘zlardir. Unli va undosh tovushlar ustida ishlayotganda «Tovushdosh so‘zlar top», «Berilgan kataklarni tez to‘ldir», «Tovush juftlari bilan farqlanuvchi so‘zlar ro‘yxatini davom etrir» kabi o‘yinlardan foydalanish mumkin. Tilga olinayotgan topshiriqlarning musobaqa tarzida tashkil etilishi uni qiziqarli o‘yinga aylantiradi va g‘oliblarni aniqlab, ularni rag‘batlantirish imkoniyatlarini yuzaga keltiradi.Quyida ta’limiy o‘yinlardan namunalar keltiramiz: Berilgan so‘zlarga (mas, kul, mul va h.k.) tovushdosh so‘zlar top o‘yini. Bolalarga berilgan so‘zlarning birinchi, ikkinchi va uchinchi tovushlarini o‘zgartirib tovushdosh so‘zlar (mas, ko‘l-kul, qul-qil, qol-hol va h.k.) hosil qilish topshiriladi. Topshiriqni birinchi bo‘lib bexato bajargan Bolalar o‘yin g‘olibi sanaladi.

«Sirli kataklarni to'ldir»

o'yini


  1. 2.

  2. Bolalarga kataklarni to‘ldirib, tovushdosh so‘zlar hosil qilish vazifa qilib topshiriladi. Masalan, «toy» so‘zini «soy» so‘zigacha davom ettirish talab etiladi. Namuna:

toy, loy, moy, voy, oy, choy, yoy, soy.

Tavsiya etilgan so‘zlar:

1. bosh, ………………………(tosh, osh, qosh, yosh.)

bir - ber- bur - bor- bo'r

dor - bor - zor- kor - nor - tor - xor – qor

2. bol, ………………………….(pol, tol, sol, qol, mol, hol, xol.)

«So'z juftlarini davom ettir» o'yini

Bolalarga san'at-sanat, qal'a-qala, ta'na-tana, sa'va-sava singari so‘zlar berilib, shunday so‘z juftlari tuzishni davom ettirish va ularning ma'nosini sharhlash topshiriladi. Berilgan so‘z juftlarini belgilangan miqdorga (mas, 15-20 ta so‘z juft) etkazgan Bola g‘olib, deb topiladi. Bu o‘yin Bolalarni guruhlarga ajratib, sinf taxtasida ham bajartirilishi mumkin. Qatordagi har bir Bola doskaga chiqib, bitta so‘z jufti yozadi va bo‘rni ikkinchi Bolaga tutqazadi. O‘yin shu tartibda davom ettiriladi.Birinchi bo‘g‘inida ham, ikkinchi bo‘g‘inida ham bir xil unli qo‘llaniladigan so‘zlarni (mas, tugun, butun, uzun, quzgun, burgut, uygun, tuyg‘un, mushuk, ustun, uygur, uchun, uzum, tushum va h.k.) topish va so‘zlar ro‘yxatini muayyan miqdorga etkazis topshiriladi. Belgilangan miqdorda eng ko‘p so‘z topa olgan Bolalar o‘yin golibi sanaladi.




Download 2,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish