Pedagogik nazokat va odob axloq


PEDAGOGIK NIZOLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH TEXNOLOGIYASI



Download 80 Kb.
bet2/3
Sana25.11.2022
Hajmi80 Kb.
#872464
1   2   3
Bog'liq
Pedagogik nazokat va odob axloq

PEDAGOGIK NIZOLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH TEXNOLOGIYASI.
«Pedagogik jarayondagi alokalar tizimida o’qituvchi bilan o’quvchi o’rtasidagi muomala – munosabatlar katta urin egallaydi. Muallim pedagogik jarayonda asosiy figura, yetakchi kishidir. Unga yosh avlodni o’qitish va tarbiyalash vazifasi yuklatilgan. O’qituvchi pedagogik ishda fidoyilik ko’rsatib, muallimlik burchini yuksak darajada bajarib, bolalarga bilim berib, ular qalbiga xalollik, go’zallik, xakikat, odob – axloq nurini singdira olganliklari, xushmuomalada bo’lganliklari uchun bunday obru va xurmatga erishganlar.
Afsuski, hamma muallimlar haqida ham shunday deb bulmaydi. O’zining dagal muomalasi bilan bolaning kunglini ukishdan sovitib, dilini urinsiz ranjitadiganlar ham uchrab turadi. Pedagogik amaliyot, badiiy adabiyotda bunga misol bo’ladigan dalillar ko’p. Bundaylar yoshlar tarbiyasiga, ularning axloqiga salbiy ta‘sir etadilar. Tarbiyaviy ishlarga to’zatish qiyin bo’lgan darajada ziyon yetkazadilar. Natijada o’qituvchi bilan o’quvchi, talaba o’rtasida nizo tugila boshlaydi.
Barkamol ijodkor shaxsni shakllantirishga, tarbiyalashga doir axloqiy normalar pedagogik etikada ifodalangan. Tarbiyalanuvchiga ijobiy ta‘sir o’tkazish shartlaridan biri bo’lgan ishonch bilan unga nisbatan kuyilayotgan talablarning birligidir. Bu qonuniyat pedagogik amaliyotda ko’p marta sinovdan utgan va o’zini oklagan. Muallimlar, talabalar bilan utkazilgan suxbat natijalari shundan dalolat beradiki, maktabda xushmuomala o’qituvchilar bilan bir katorda bolalarga xuda – bexudaga duk urib, bakirib muomala kiladigan o’qituvchilar ham uchraydi. Bunday muomala jamiyatda kabul qilingan umuminsoniy va milliy axloqiy normalarga to’g’ri kelmaydi. Bunday o’qituvchilar bolalar orasida obru orttira olmaydilar.
Pedagogik jarayon, tarbiya jarayoni, odamlarning tabiati shu darajada murakkabki, muallim ba‘zan istasa – istamasa ko’pollik qilishga «majbur» bo’ladi, o’quvchi muallimning urinli talablarini bajarmayotgan paytlarida u o’zini tuta olmay qoladi. Muallim o’z talablarini, xatto ko’pollik holatini ham, bolaga yaxshilik kilayapman deb xisoblaydi, chunki bu ishni bolaga bilim berish, uni to’g’ri yulga solish, yaxshi odam kilib tarbiyalash uchun kilayotganligiga ishonadi. Sa‘diy She‘roziyning «Guliston» ( Toshkent, 1968 ) asarining «Tarbiya ta‘siri bayoni» bobidagi xikoyatlari, Alisher Navoiyning «Maxbub – ul – kulub» asaridagi «Mudarrislar to’g’risida», «Maktabdorlar to’g’risida»gi maqolalarida bildirilgan muloxazalar bu fikrimizga hamoxangdir.
Bunday holatlar ko’pincha, tarbiyasi qiyin bola bilan muomala – munosabatlar jarayonida sodir bo’ladi. Shuni ham unutmaslik lozimki, bunday bola odatda, nosoglom oiladan chikadi. Bola oiladagi yomon muxitning ko’rboni bo’lishi ham mumkin. Tajribali pedagoglar tarbiyasi qiyin bola bilan ishlash, muomala qilish murakkabligini, shu bilan birga ular insoniy mehrga zor, xushmuomalaga, e‘tiborga muxtoj ekanligini, bundaylarga nisbatan bardoshli, sabr – tokatli, kechirimli bo’lish zarurligini ham ta‘kidlaydilar.
Jismoniy jaroxat olgan bolani o’qituvchi jazolamasligini hamma biladi. Jismoniy tarbiya muallimi oyogi jaroxatlangan boladan yugurish musobakasida katnashishni talab etmaydi. Bola ba‘zan qalbi, ruhi jaroxatlangan holda maktabga kelishi mumkin. Ta‘lim jarayonida buni hamma o’qituvchilar ham e‘tiborga oladimi? Afsuski, yuk. Bola javob berishni xoxlamayapti, dars tayyorlashni istamagan deb xisoblab, hamma o’quvchilarga bir xil talab qo’yish, bir xil muomala qilish hollari ko’plab uchraydi. Ba‘zan boladan xatto u bajara olmaydigan ishlar ham talab etiladi…
Muallimning biror tasodifiy xatti – harakat natijasida o’quvchilarda u xakda sodir bo’lgan fikr ham ta‘lim – tarbiya jarayoniga salbiy ta‘sir etishi, muallimning ishini murakkablashtirishi mumkin. Odatda bunday ziddiyatlar o’zok davom etadi». ( Malla Ochilov. Muallim qalb me‘mori. Toshkent, «O’qituvchi». 2001 yil. 56 – 57 betlar ). Natijada o’qituvchi bilan o’quvchi orasida nizolar chikadi. O’quvchi o’qituvchidan norozi holda, undan o’zoklashib yuradi. Ayrim hollarda muallimni ximoya kilaman deb, kattalar boladan kechirim surashni talab etadilar, holbuki bu nizoga o’qituvchining noto’g’ri xatti – harakati sabab bo’lgan. Bunday vaqtda bolaning kadr – kimmati xisobga olinmaydi.
Ayrim hollarda bolaga mas‘uliyatli ishlarni topshiradilar, bola esa bunday paytlarda kattalar topshirigini bajarmay qo’yadi, o’zining mustakilligini cheklashlarini yoktirmaydi, kattalarning talablariga ko’pincha salbiy munosabatda bo’ladi. Ota – onalar esa ugil yoki kizlarining ulgayib qolganligini sezmagan, ularni xali ham «yosh bola» deb xisoblaydigan oilalarda usmir bilan kattalar o’rtasida tez – tez nizolar, tuknashuvlar bo’lib turadi.
Kattalar bolaga qanday munosabatda bo’lishlari kerak? Avvalo, bolaning xulqiga doimiy e‘tibor berish, uning xulqiga kat‘iy, o’zluksiz raxbarlik qilish, shuningdek, bularning hammasini shunday amalga oshirish kerakki, bola mayda - chuyda ishlarida ham kattalarning doimiy vosiyligini sezmasin. Ayniksa, usmir yoshida ularning xayotidagi yangi mavkelari bilan xisoblashadigan, ularni «kichkina» deb xisoblamaydigan, talabchan, lekin adolatli o’qituvchilarni xurmat kiladilar.
Katta yoshli bolalar uchun qiziqishlarining turli – tumanligi harakterilidir. Ularning bu qiziqishlari to’g’ri tarbiyalansa, ular usmirning qobiliyatlari va mayllarining rivojlanishiga jiddiy ta‘sir ko’rsatishi mumkin.
O’qituvchining o’quvchi – talabalar bilan ish yoki shaxsiy ish yo’zasidan ayrim vaqtlarda kelishmovchiliklari bo’lib turadi. O’quvchi atrofdagilarning unga bergan baxosiga nisbatan tankidiy karaydi. Uning kayfiyatidagi ranjish va ikkilanishning sababi ham ana shunda. Tasodifiy muvaffakkiyat yoki kattalarning maktab qo’yishi bolaning o’ziga ortikcha baxo berishiga, o’ziga xaddan tashkari ishonuvchanlikka, maktanchoklikka olib keladi. Xatto, vaqtincha tasodifiy muvaffakkiyatsizlik bolada o’z kuchiga ishonmaslikni uygotishi, ikkilanish, ko’rkoklik, jur‘atsizlik va uyatchanlik xissini oshirib yuborishi mumkin. Shuning uchun o’qituvchi va tarbiyachilarning bolalar bilan bo’ladigan munosabati aloxida nazokatni talab etadi. Usmirlik yoshida zaif, mustakil emas, kichkina deb nom chikarishdan ko’rkish xavfi kuchayadi.
Muomaladagi dagallik, talabchanlik, xurmatsizlik o’quvchiga yosh bolalarga bo’lganday muomalada bo’lish, ular yaxshi tushunaman deb xisoblagan masalalar buyicha o’zlarining mustakil fikrlarini aytish huquqini mensimaslik, ularning yukori natijalarga erishishidagi kuch va imkoniyatlariga shubxalanish kabi xodisalar, odatda norozilik yoki anik ifodalangan bashqa bir salbiy reaktsiyalar/xodisalarni xosil kiladi.
Ayrim o’qituvchilar xayotida sodir bo’ladigan anik xatolar uchrab turadi. O’qituvchilar (yosh o’qituvchilar nazarda tutilayapti) bir xil o’quvchilarni (o’zlashtirayotgan) doim maktaydilar, bashqalarni (o’zlashtirmayotgan) hamisha koyiydilar. Buning ustiga o’zlashtirmayotganlarga, odatda, o’zlashtirgan sinfdoshlariga nisbatan tez – tez va kattik tanbex beradilar. Xatto kam o’zlashtiradigan o’quvchilarni javob berishga ham kam taklif kiladilar.
Mana bunday vaziyatda o’quvchilar bir – birlariga nisbatan karam bo’lib qoladilar, o’qituvchiga nisbatan norozilik kayfiyati paydo bo’ladi. Kam o’zlashtirgan o’quvchiga «yomon» baxo qo’yadi, buning ustiga bir necha kungil bo’zar achchik, istexzoli so’zlar ham aytiladi. Bunday holat juda ko’p o’qituvchilar xayotida uchraydi va bu xatoni o’quvchi umrbod kechirmaydi.
Yosh o’qituvchilar xayotida uchraydigan yana bir tipik xatolardan biri yaxshi ukiydigan o’quvchi bilan yomon ukiydigan o’quvchini bir – biriga takkoslash va a‘lochi o’quvchini misol kilib ko’rsatishdir.
Umuman olganda, bolalarni bir – biri bilan takkoslash, birini ikkinchisiga ibrat kilib ko’rsatish -- pedagogik tomondan ham, axloq tomondan ham noto’g’ri, katta xatodir.
Ayniksa, o’qituvchi tomonidan o’quvchilar bilimini baholashda ham xatoliklarga yul kuyilmokda, bunday xato o’quv – bilish faoliyatini o’zgarishiga olib keladi, o’qituvchini esa o’quvchilar jamoasida obrusi kolmaydi.
O’qituvchi bilan o’quvchi o’rtasidagi muomalani tartibga soluvchi talablardan biri bolaning xulqini, bola bajargan ishni odilona, to’g’ri va adolatli baholashdir.



Download 80 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish