PEDAGOGIK MULOQOT-IJODIY JARAYON SIFATIDA.
JDPI umumiy psixologiya kafedirasi
O’qituvchi: Egamnazarov Murod Yusupovich
Jizzax Davlat Pedadogika Instituti
Pedagogika va Psixologiya fakulteti
2-bosqich talabasi
Chiniqulova Zohida Shaydullo qizi
Annotatsiya:
Mazkur maqolada muloqotning inson hayotidagi o’rni , uning jamiyatdagi axamiyati , muloqotga madaniyatning ta’sir darajasi kabi muammolar o’rganiladi.
Kalit so’zlari:
Muloqot , so’z , muloqot vositalari, ma’daniyat, ma’naviy salohiyat, madaniyatlararo muloqot, ongli inson.
Pedagogik muloqot pedagogik ta’sirning ajralmas sifatidir . Bu o’qituvchi va o’quvchining ta’lim tarbiya jarayonidagi professional muloqot bo’lib , unda ma’lumot almashinadi va o’quvchilarga o’quv tarbiyaviy ta’sir o’tkazadi.
Pedagogik muloqotda ijodiylik quyidagilarga bog’liq:
O’quvchilar bilan o’zaro birgalikda harakat qilish ; ( A.A. Bodoliyev )
Bolaga ta’sir qilishda uning xulq –atvorini boshqarish , o’zaro harakatning turli yo’llarini qo’llash;
O’qituvchining o’z – o’zini boshqara olish;
O’zaro munosabatlar jarayonidagi ijodiylik harakterini saqlay bilish. (Ya.L.Kolominskiy, A.V. Petroviskiy).
Demak o’qituvchi o’quvchilar bilan ziddiyatlarga borsa, qandaydir muammo tug’ilsa darhol hal qilishi lozim. Pedagogik muloqotdagi ijodiylik ham shunda bilinadi. Pedagogik muloqotda o’qituvchi bolani ko’ziga qarab uning hayolidan nima kechayotganligini bilib olishi kerak.
Prezidentmiz Sh.M.Mirziyoyevning ta’kidlaganidek “Mustaqil fikrlaydigan yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo’lib dunyo miqiyosida o’z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo’sh kelmaydigan insonlar bo’lib kamol topishi” o’ta muhim vazifalardan biridir .
Pedagog va ta’lim oluvchilarning ijtimoiy – psixologik ta’siir xususiyatlarini muloqot uslublari orqali quyidagicha tushinish mumkin ;
Pedagogning komunikativ imkoniyatlari:
Pedagog va tarbiyalanuvchilar o’rtasidagi munosabatlar tabiati:
Pedagogning ijobiy individualligi:
O’quvchilar jamoasining xususiyatlari ( Kan-Kalik.).
Kasbiy – pedagogik muloqot murakkab hodisa. Shaxs kasbiy – pedagogik muloqot qilishdan avval o’z oldiga bir necha vazifalarni qo’yadi. Jumladan , maqsad quyadi , muloqot qachon , qayerda , necha yoshlilar bilan o’tkazilishini rejalashtiradi . Pedagogik muloqotning eng muhim bosqichi - bu modellashtirish hisoblanadi . Bu bosqichdan muhim, ma’suliyatli muammoni hal qilishda foydalaniladi. Masalan; darsga tayyorlanish , maruzani rejalashtirish ham shu bosqichga kiradi . Birinchidan , dasturga mos ravishda dars loyihasi tuziladi . Ikkinchidan , o’quvchilarning individual xususiyatlari hisobga olinadi . Uchinchidan , dasr jarayonida qo’llaniladigan ta’lim – tarbiya usullari tanlanadi . To’rtinchidan , bolani aqliy rivojlanish qobiliyati hisobga olinadi.
Har qanday shaxs , o’z ehtiyojlarini ijtimoiy muloqot orqali qondiradi.
Muloqot bu hayot kechirishning bir shaklidir .
Muloqot o’zaro birgalikdagi harakat va kommunikativ jihatdan tashqarida uning pertseptiv jihati munosabat ishtirokchilarning uning jarayonida amalga oshiriladigan o’zaro idrok etish yuzaga keladi. Taniqli psixolog S.L.Gubinshteyn shunday deb yozgan edi: “ Kundalik hayotga odamlar bilan muomalaga kirisharkanmiz , biz ularning xulq-atvoriga mo’ljal olamiz . Negaki biz ularning tanqidiy ma’lumotlariga ma’lumotlari mohiyatini go’yo o’qib ya’ni mag’zini chaqib chiqamiz va shu yo’sinda konteksda mujassamlashadigan matinning ichki psixologik jihati mavjud bo’lgan mazmunini aniqlaymiz “.
XULOSA;
Hozirgi kunda ijtimoiy amaliyotda muloqot va shaxslararo munosabatlar muammosi muhim ahamiyat kasb etmoqda . Muloqot va uning asosiy xususiyatlari , samarali muloqotning psixologik aspektlari , muloqotga o’rgatishga oid psixologik mashqlar , samarali muloqotning psixologik vositalarini o’rganish ishbilarmonlik faoliyatida asosiy o’rinni egallamoqda .
Har bir o’smirning o’zi “MEN” atrofdagilar bilan bo’ladigan muloqot jarayonida shakillanadi . Muloqotga bo’lgan ehtiyoj qondirilmasa , o’smir ongi ham rivojlanmaydi. Shuning uchun ham biz doim o’smirning muloqotga bo’lgan ehtiyojlarini qondirishimiz lozim .
Hozirgi kunda pedagoglar muloqot madaniyatiga ega bo’lishlari , har bir jarayonda notiqlik qobiliyatini ishlata bilmog’I lozim hisoblanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR :
Prezidentimiz SH.Mirziyoyev “Erkin va farovon demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz “. 2021 .Y. (123_bet).
G’oziev E. “tafakkur psixologiyasi “ 1999.Y. (84_bet).
Kan Kalik “учителю о педогогическом обхенне” 1987 (97 bet)
G’ziyev E “ muomala psixologiyasi” T. 2001 (46 bet).
Maxsudova M “oilaviy munosabatlar psixologiyasi “(uslubiy qo’llanma) 2003 (230 bet).
Davlatshin M.G. “Umumiy psixologiy “ 2002 (89 bet).
Do'stlaringiz bilan baham: |