“PEDAGOGIK MAHORAT” ILMIY-NAZARIY VA METODIK JURNAL 2021, Maxsus son
112
qoʻllanishi darkor [1]. Futbolda sport zahiralarini tayyorlash, oʻquvchilarning yuqori sport natijalariga
erishishga yoʻnaltirish uchun malakali mutaxassis hamda futbolchini morfologik va funksional holatini yaxshi
baholay oladigan murabbiy kerak. Yuqori mahoratli futbolchilarni tayyorlash jismoniy tayyorgarlikning bir
qator vazifalarini hal qilishni talab qiladi.
Oʻquv mashg’ulotlarida futbolchilarni tayyorlashda turli xil mashqlar qoʻllaniladi:
- oddiy mashqlardan – yugurish, sakrash, kuch mashqlari, qattiq toʻpni urish, toʻpni juftlikka uzatish,
- murakkab mashqlardan: murakkab oʻyin vazifalarini hal qilishga xizmat qiladigan mashqlari, aerobika
va akrobatikani muvofiqlashtirish mashqlari. Ushbu mashqlarning ta’siri har futbolchilar organizmining
funksional tizimlariga, ruhiyatiga va javob reaksiyasiga qarab, shuning bilan birga, mashqlarning ta’sir
kattaligi, ham yoʻnalishi boʻyicha farq qiladi. Futbolda yuklamalar(nagruzka)ni rejalashtirish va nazorat qilish
quyidagi xususiyatlar yordamida amalga oshiriladi. Ularning birinchisi mashqlarning ixtisoslashuvi boʻlib,
unda ularning barchasi ikki guruhga boʻlinadi:
- oʻziga xos (oʻyin) va oʻziga xos boʻlmagan (oʻyin boʻlmagan).
Oʻz navbatida, oʻziga xos (futbol) mashqlar jamoaviy, guruhli va yakka tartibda bajariladi. Ikkinchi
xususiyati – oʻziga xos mashqlar futbolchilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan boʻladi.
Shunday aralash mashqlar borki, bu mashqlar bir vaqtning oʻzida futbolchilarning turli jismoniy sifatlarini
takomillashiga qaratilgan boʻladi. Bu odatda, jamoaviy va guruh mashqlarini bajarishda sodir boʻladi. Tanlab
olingan va yoʻnaltirilgan mashqlar asosan bitta jismoniy sifatni yaxshilash uchun xizmat qiladi. Bunga asosan
nospesifik mashqlar kiradi. Ushbu jismoniy tayyorgarlikning barcha vositalari oʻquv mashg’ulotlari doirasida
futbolchining jismoniy sifatlariga qarab rejalashtiriladi. Ushbu mashqlarning har biri muayyan bir natijaga
qaratilgan boʻladi va bu faoliyatni toʻg’ri boshqarish jismoniy sifatlarning rivojlanishiga ijobiy ta’sirini
koʻrsatmasdan qolmaydi. Musobaqalashuv mashqlari (oʻyinlar) barcha jamoalar uchun futbol qoidalariga
muvofiq amalga oshiriladi va shuning uchun ularning faoliyatini oldindan aniq bashorat qilish mumkin. Koʻp
sonli oʻyinlar bilan siz raqobatbardosh oʻyinlarning jismoniy sifatlarni rivojlantirishga ta’sirini oldindan
taxmin qilishingiz mumkin [2]. Oʻquv mashqlari esa boshqa masala. Ularda yuklamaning kattaligi va
yoʻnalishi (oʻyinchilarning jismoniy sifatiga ta’sir qilish darajasi) bir qator sabablarga, shu jumladan, oʻquv
mashqlarini bajarish uslubiga bog’liq boʻladi. Jismoniy tarbiya amaliyotida 2 ta mashq qilish usuli mavjud:
Do'stlaringiz bilan baham: |