Pedagogik mahorat haqida tushuncha docx



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana07.07.2022
Hajmi1,86 Mb.
#753033
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Pedagogik mahorat haqida tushuncha.docx

Insonparvarlik - 
insonning qadri erkinligi baxt-
saodati teng huquqliligi to‘g‘risida insoniylikning
barcha tamoyillarini yuzaga chiqarish uchun shart-
sharoitlar yaratib berish haqida g‘amxo‘rlik qilishni
ifodalovchi tushuncha. Pedagoglarning individual
psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda o‘z
imkoniyatlaridan 
to‘g‘ri 
foydalanish; 
oldindan
aniqlanayotgan 
vaziyatlarga 
nisbatan 
to‘g‘ri
munosabatda bo‘lish, o‘zgalar muvoffaqiyatini oqilona
baholash, moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishda
adolatlilik.
Samimiylik-
atrofdagi kishilar bilan munosabatda
sofdillik, vijdonlilik ifodalanadigan shaxsiy sifat
Vatanni sevish
- ona yurtiga, ota-onasiga va yoru
do‘stlariga sadoqatli bo‘lish va e’tiqod qilish; mustaqil
respublikamiz konstitutsiyasi va qonunlari, davlatimiz
ramzlari, 
milliy 
urf-odatlar 
va 
umuminsoniy
qadriyatlarga sodiqlik;
Fidoiylik. 
Tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish,
muhofaza qilish, ota-bobolarimiz qoldirgan madaniy
meroslarni to‘plash, o‘rganish,
Pedagogning kasbiy pedagogik tayyorgarligi
shartli ravishda quyidagi yo‘nalishlarda olib
boriladi:
pedagogning shaxsiy fazilatlar bo‘yicha tayyorgarligi;
pedagogning ruhiy - psixologik tayyorgarligi;
3)pedagogning ijtimoiy-pedagogik va 
ilmiy-
nazariy 
jihatdan tayyorgarligi;
4) pedagogning maxsus va ixtisoslikka oid uslubiy
bilimlarni egallab borishi;
Pedagog faoliyatida pedagogik 
qobiliyat
va uning
o‘ziga xos xususiyatlari.
Pedagog eng avvalo, mulohazali, bosiq, har qanday
pedagogik vaziyatni to‘g‘ri baholay oladigan hamda
mavjud ziddiyatlarni bartaraf etishning uddasidan
chiqa olishi kerak. Muloqot jarayonida pedagogning
so‘zlaridan suhbatdoshiga nisbatan xayrixohlik,
samimiylik, do‘stona munosabat, yaxshi kayfiyat
sezilib 
tursin. 
Hozirgi 
sharoitda 
jamiyatning
pedagoglik kasbiga nisbatan qo‘yayotgan talablari kun
sayin ortib bormokda va bu talablarni amalda to‘g‘ri
tashkil qilish vazifasi pedagogga bog‘liq. Ijodiy
faoliyat olib boruvchi pedagog faqatgina ta’lim
oluvchilarni muvaffaqiyatli o‘qitish va tarbiyalash,
ilg‘or pedagoglar ish tajribalarini o‘rganish bilangina
cheklanib qolmasdan, tadqiqotchilik ko‘nikma va
malakalariga ham ega bo‘lishi zarur. Hozirgi zamon
pedagogi fan va texnika taraqqiyotining eng so‘nggi
yutuqlaridan foydalanishi, o‘z kasbiy faoliyatida yangi
pedagogik texnologiyalarni unumli qo‘llay olishi
taqozo etiladi.
Qobiliyat–shaxsning 
individual-psixologik
xususiyati bo‘lib, muayyan faoliyat yuzasidan layoqati
va ishni muvaffaqiyatli amalga oshirish subyektiv
shart–sharoitini ifodalovchi individual psixik sifatlar
yig‘indisiga aytiladi, zarur bo‘lgan bilim, malaka va
ko‘nikmalarni egallash dinamikasidagi farqlarni
aniqlaydi. Qobiliyatlar individual-psixologik xususiyat
bo‘lgani sababli, shaxsning boshqa sifatlari va
xususiyatlariga, ya’ni aql sifatlariga, xotira va xarakter
xususiyatlariga, 
his-tuyg‘ulariga 
qaramaqarshi
qo‘yilmaydi, balki ular bilan bir qatorga qo‘yilishi
kerak. Qobiliyatni inson tug‘ma, tabiat in’omi sifatida
tayyor holida olmaydi, balki hayotiy faoliyati
davomida shakllantiradi.
Govard Gardner qobiliyatlarni intellektlar to‘plami
deb atadi va uning yettita jihatini ajratib ko‘rsatdi. Biz
intellektning ushbu jihatlaridan oltitasini pedagog
pedagogik 
mahoratini 
takomillashtirish 
nuqtai
nazaridan tahlil qilishimiz mumkin. Psixolog olim
Olga 
Matveyeva 
ushbu 
jihatlarni 
psixologik
texnologiya bilan kuchaytirib modifikatsiyalaydi va
pedagogning kasbiy faoliyatida muhim ahamiyat kasb
etishini ta’kidlab, quyidagi qobiliyatlarni ko‘rsatib
o‘tadi:
• 
Muloqot qilish (kommunikativ) qobiliyati:
Pedagogning dars va darsdan tashqari jarayonlarda
guruhda ijobiy ruhiy iqlim yarata olishi.
• 
Voqealarni oldindan ko‘ra olish qobiliyati: ushbu
qobiliyat turi har bir pedagogning sergakligida, ta’lim
oluvchilarning ruhiyatini, ichki dunyosini ko‘ra
olishida namoyon bo‘ladi. Shunda pedagog kim
nimaga qodir ekanligini oldindan bashorat qila oladi.
• 
Eshitish va his qilish qobiliyati: Bunday
qobiliyatga ega bo‘lgan insonlar musiqani sevishadi,
ohangni yaxshi his qilishadi, deklamatsiya asosida
yaxshi o‘qishadi, eshitgan narsasini xotirada saqlaydi,
ayniqsa she’r va qo‘shiqlarni sevib tinglaydi.
• 
Kinestetik (teri-muskul) qobiliyat: pedagogining
o‘z hatti harakatlarini muvofiqlashtirish qobiliyati,
harakat ohangini his qilib yo‘naltiradi, vaqtni, harakat
sur’atini his qilish, maishiy qulayliklarni yarata olish,
hayot marhamatlaridan rohatlanish.
• 
Mantiqiy qobiliyat: mulohaza yuritishni,
raqamlarni, matematikani, murakkab masalalarni
sevish, sababiyat va natijalarni tushunish malakasi,
voqelikda asosiyni ikkinchi darajalisidan ajrata olish;
• 
Shaxsning ichki qobiliyati: o‘z-o‘zini bilish,
tushunish va his qilish qobiliyati. Erkin shaxsda
qo‘rquv yoki noerkinlik tuyg‘usi kamdan-kam holda
bo‘ladi.
Qobiliyat pedagogning individual imkoniyatlarini
xarakterlaydi. Bir xil sharoitda qobiliyatli pedagoglar
o‘z faoliyatlarida ham qobiliyati past kishilarga
qaraganda ko‘proq yutuqlarga erishadilar. Qobiliyat
shaxsning ham umumiy, ham maxsus rivojlanishida
tezroq siljib borishini, uning ijrochilik va ijodkorlik
faoliyatlarida eng yuqori natijalarga erishishini
ta’minlaydi.
Qobiliyatli kishi mutaxassislikni tez egallay oladi
va yuqori mahoratga erishadi hamda ishlab chiqarish,
fan yoki madaniyatga yangilik kirita oladi. Qobiliyat
bilimdan farq qiladi.
Bilim
– bu ilmiy mutolaa natijasidir, qobiliyat esa
insonning 
psixologik 
va 
fiziologik 
tuzilishi
xususiyatidir. Qobiliyat bilim olish uchun zaruriy
shart-sharoit bo‘lib, shu bilan birga, u ma’lum darajada
bilim olish mahsulidir. Umumiy va maxsus bilimlarni
o‘zlashtirish, shuningdek, kasbiy mahoratni egallash
jarayonida qobiliyat mukammallashib va rivojlanib
boradi. Qobiliyatga yaqinroq turadigan tushunchalar
ko‘nikma va malakalardir.

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish