Pedagogik kuzatish



Download 35,06 Kb.
bet6/9
Sana25.03.2022
Hajmi35,06 Kb.
#509808
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Pedagogik kuzatish

Aristotel (mil. av. 384-322 yy.) – qadimgi Yunonistonda o‘ziga xos falsafiy-pedagogik ta’limot yaratgan mashhur mutafakkir. Uning oila tarbiyasi bilan bog‘liq fikrlari, ayniqsa, diqqatga sazovor. Allomaning fikricha, jamiyatni davlatdan ajratib bo‘lmaydi. Aristotel jamiyat a’zolarini quyidagi uch toifaga ajratadi:


  1. boylar;

  2. o‘rta hollar;

  3. kambag‘allar.


Faylasuf boy hamda kambag‘allar toifasini xush ko‘rmaydi. Zero, uning fikricha, jamiyatdagi barcha noxushliklar, siyosiy beqarorlik, turli tahdidlar aynan shu toifa kishilarining xatti-harakatlari evaziga yuzaga keladi. Aholining eng ideal toifasi – o‘rta hol kishilar sanaladi. Ular tufayli jamiyat rivoj topadi, yurtda tinchlik o‘rnatiladi, vaziyat barqarorlashadi.


O‘z asarlarida oila va oilaviy munosabatlar masalasiga to‘xtalib o‘tar ekan, faylasuf oila muhitida shaxsda tarkib topadigan ezgu fazilatlarni ham uch guruhga ajratadi. Ular:

  1. dianoetikaga asoslangan (intellektual) fazilatlar (ular, asosan, ta’lim-tarbiya jarayonida uning natijasi sifatida shakllanadi);


  2. aqlga asoslangan fazilatlar;


  3. axloqiy irodaga asoslangan fazilatlar (ular urf-odatlar ta’sirida shakllanadi).


Insonning baxt-saodati haqida fikr-yuritib, mutafakkir uni umrning kuch-g‘ayrati, energiyasi deya ta’riflaydi. Har qanday shaxs ezgu fazilatlar hamda bu bilan bog‘liq ravishda baxt-saodat sohibi bo‘la olmaydi. Ezgu fazilatlarni o‘zida namoyon qila olgan insongina baxtli, saodatli bo‘lishni da’vo qila oladi.


Allomaning fikriga ko‘ra, ezgulik ijtimoiy sub’ektlarning tabiatiga xos degan fikr noto‘g‘ridir. Tabiat ularga faqatgina ezgu fazilatlarga ega bo‘lish imkonini beradi. Ularning sohibiga aylanish esa kishilarning o‘ziga, ularning xohish-irodasiga, faolligiga bog‘liq.
Aristotel tarbiya maqsadini inson ruhiyatining rivojlanishi bilan bog‘liq holda belgilaydi. Allomaning yondashuviga ko‘ra, aql va irodaning rivojlanishi shaxs rivojining yuqori darajasidir. Shu sababli Aristotel bolalarni tarbiyalashda tabiiylik, tabiat bilan o‘zaro uyg‘unlik, jismoniy kamolot, axloqiy еtuklik va aqliy salohiyatni, qolaversa, ularning yosh xususiyatlarini inobatga olish zarurligini uqtiradi.
Xalqning hafta davomiyligini еtti kunga bo‘lishiga tayangan holda oila tarbiyasi davrini yigirma bir yil deb belgilaydi. Bu davrni quyidagi uch bosqichga ajratadi:
1-bosqich – tug‘ilgandan boshlab еtti yoshgacha;
2-bosqich – еtti yoshdan o‘n to‘rt yoshgacha;
3-bosqich – o‘n to‘rt yoshdan yigirma bir yoshgacha.
E’tiborli jihati shundaki, alloma oila tarbiyasini tashkil etishda har bir yosh bosqichi negizida tarbiya maqsadini aniq belgilashni, mazmunini shakllantirishni hamda metodlarni tanlash oqiolna yondashuv ekanligini qayd etadi.
Aristotel birinchi bosqichda bolalarning tarbiyasida oila muhim o‘rin egallashiga alohida e’tibor qaratadi. Shaxs hayoti davomida nimalarni o‘rganishi zarur bo‘lsa, go‘dakligidan boshlab o‘shalarni o‘rgatish kerakligi to‘g‘risidagi g‘oya allomaning oila tarbiyasiga doir qarashlari asosini belgilab beradi.
Allomaning fikricha, bolalarning axloqiy tarbiyasi axloqiy mazmundagi xatti-harakatlarni mashq qilish (harakatlarni tez-tez ixtiyoriy takrorlash)ga asoslanadi. Bolalarning axloqiy tarbiyasida asosiy mas’uliyat ota-onalarning zimmasida ekanligini ta’kidlar ekan, Aristotel ularning o‘zlari ham axloq borasida farzandlarga o‘rnak, ibrat bo‘lishga chaqiradi.



Download 35,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish