MOJARO - Konfliktni vujudga kelishidagi birinchi shakl -mojarodir. Mojaro konfliktning asosi hisoblanib, uni negizida ikki tomon uchun to‘qnashuvni keltirib chiqaruvchi omillar mavjud bo‘ladi.
NOROZILIK - Ikkinchi shakli — norozilik bo‘lib, bir-biridan norozilik natijasida kelib chiquvchi noxush kayfiyatni so‘z yoki hatti-harakat bilan bildirish natijasida konflikt yuzaga keladi. Lekin norozilik hamma vaqt ham konfliktni vujudga keltirmaydi.
KELISHMOVCHILIK - Konfliktni vujudga keltiruvchi uchinchi shakl — kelishmovchilik bo‘lib, fikr va qarashlarni to‘g‘ri kelmasligi natijasida shaxsiy fikrga qarshi da’voning mavjudligidir. Ikkinchi tomonning fikr va qarashlariga aks ta’sir natijasida ham konfliktni vujudga keltiruvchi omillar vujudga keladi.
Konflikt rivojlanishining asosiy pog‘onalari - Konfliktni vujudga kelishida va uni hal etishda konstruktiv yondashuv ziddiyatni ijobiy yangi pog‘onaga olib chiqadi va to‘g‘ri yechimga olib keladi.
- Ziddiyatni hal etishda destruktiv yondashuv esa konfliktni yanada chuqurlashtirib uni boshi berk ko‘chaga olib kiradi.
- Shunga qaramasdan konfliktning dastlabki bosqichi uchun dekonstruktiv yondashuv xos bo‘lib, konfliktning davomiyligining ma’lum davrida konstruktiv yondashuv talab etiladi va konfliktni hal etish ijobiy bosqichga o‘tadi.
Shunga ko‘ra konfliktni vujudga kelishi va uni yechimining quyidagi pog`onasi namoyon bo‘ladi:
Konflikt yechimi
Konfliktning yechimini topish - konflikt vaziyatni yo‘qotish hamda u yuzaga keltirgan munosabatlarni to‘g‘ri yo‘lga soluvchi bilimlar va ko‘nikmalar majmuidan iboratdir. - Konfliktning yechimini topish - konflikt vaziyatni yo‘qotish hamda u yuzaga keltirgan munosabatlarni to‘g‘ri yo‘lga soluvchi bilimlar va ko‘nikmalar majmuidan iboratdir.
Konfliktologiyaning sotsiologiya, pedagogika va psixologiya fanlar bilan o‘zaro aloqasi - Konfliktlar - tabiiy hodisa. Konflikt - oddiy hol. Chunki konflikt har birimizning turmushimiz va tirikligimizga xos bo‘lgan, hayotimizga tegishli narsa.
- Ammo ko‘pchilik ongida an’anaviy mavjud bo‘lgan fikrga ko‘ra, konflikt bu - oddiy hol emas, u ziddiyatli hol, undan o‘zini muhofaza qilish kerak, undan o‘zini tortish zarur, konfliktdan “qochish” kerak. Insonlararo, oilalar ichida bo‘layotgan konfliktlardan o‘zini tortishni bizga bolaligimizdan o‘rgatib kelishadi. Konflikt oldida, konfliktdan qo‘rqish hollari ko‘pchilikni tashkil qiladi. Bizni bolaligimizdan konfliktli vaziyatlardan o‘zimizni tortishga, “janjalkash” bo‘lmaslikka, nizolarni keltirib chiqargan va unda qatnashgan odamlardan o‘zimizni tortib yurishga o‘rgatishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |