Pedagogik kompetentlikni shakllantirishda masofaviy o’qitish texnologiyalari



Download 21,37 Kb.
bet1/2
Sana14.01.2022
Hajmi21,37 Kb.
#364074
  1   2
Bog'liq
Pedagogik kompetentlikni shakllantirishda masofaviy o


Pedagogik kompetentlikni shakllantirishda masofaviy o’qitish texnologiyalari

Reja


1.Masofaviy o’qitish texnologiyalari

2.pedagogik kompetentlikni shakllantirishda masofaviy o’qitish texnologiyalari



Tayanch tushunchalar:

Kompetentlik, kasbiy kompetentlik, kasbiy kompetentlik sifatlari, mahorat, pedagogik mahorat, pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari, pedagogik bilimdonlik, pedagogik refleksiya, pedagogik odob, pedagogik odobning asosiy shakllari, pedagogik obro’, pedagogik qobiliyat, pedagogik qobiliyat turlari, pedagogik muloqot madaniyati, pedagogik muloqot turlari, pedagogik muloqot uslublari, pedagogik hamdardlik, pedagogik relaksatsiya, pedagogik nazokat (takt), pedagogik tajriba, nizo, pedagogik nizo, pedagogik nizo turlari, pedagogik nizolarni halqilish yo’llari.

Talabalarga bilim berish, ularning kasbiy kompetentligini shakllantirish texnologiyasi asosida didaktik jarayonni bir butun holda loyihalash yotadi. Ta’lim sohasiga «loyihalash» tushunchasiningskiritiliShi bir qator metodologik muammolarni hal qilish bilan bog’liq, jumladan, fan atamalarining kengayishiga bo’lgan zarurat, ayrim an’anaviy kategoriyalar haqidagi tasavvurlarning qayta ko’rilishi, ularning bir-birlari bilan o’zaro munosabatlarining zarurligi va h.k. Pedagogik loyihalash pedagogning kasbiy faoliyat turi ekani shaxsan N.V.Borisova, V.P.Bespalьko, G.A.Lebedeva, V.M.Monaxov, V.I.Orlov va boshqalar tomonidan tadqiq qilingan. Mashhur mualliflar ishlarining tahlili loyihalash masalalari berilgan fenomenini aniqlashga nisbatan uning mazmundor to’ldirilishi kam o’rganilganicha qolayotganligi haqida xulosa chiqarish imkonini beradi.

Shuni ta’kidlash kerakki, qator psixologik-pedagogikishlar «rejalashtirish», «oldindan aytish», «konstruktsiyalash» loyihalashni nazarda tutadi. Loyihalashning bunday aniqlangan tushunchalari bilan bir qatorda uning to’la va aniq ta’rifini keltirishga zarurat tug’iladi.

Ilmiy psixologik-pedagogik, metodikada abiyotlarda loyihalashning quyidagi variantlardagi ta’rifi uchraydi.

N.V.Borisova loyihalash – bu ta’lim berish jarayonlarini ishlab chiqish va amalga oshirishga qaratilgan faoliyat deb ta’kidlaydi. Keltirilgan ta’rifga asosan, pedagogik loyihalash ta’lim jarayoni sharoitlarida amalga oshiriladigan va uning samarali ishlashiga va rivojlaniShiga yo’naltirilgan faoliyatdan iborat. Oliy ta’lim muassasasi o’qituvchisining bunday faoliyati dolzarb muammoni hal etish ehtiyoji bilan asoslangan va ijodiy xarakterga ega. Uning natijasi pedagogik ob’ekt modeli bo’lib, u tizimli xossalarga ega, pedagogik kashfiyotga asoslanadi, chunki uning asosida muammoni yangicha hal etish usuli yotadi va foydalanishning mumkin bo’lgan variantlarini nazarda tutadi.

Harqanday pedagogik ta’lim amaliyotda har doim ham to’la amalga oshirilavermaydi. Pedagog loyihalashtirgan ba’zi jarayon-lar, hodisalar tasodifiy omillarning ta’sir etishi natijasida uning nazoratidan chiqib ketishi mumkin. Shu sababli uning joriy etilishini ta’minlaydigan barcha elementlari, konstruktiv bo’g’inlari va shartlarini sub’ektlari sifatida individual xususiyatlarining ko’p omilligiga asosan sanab chiqish va tavsiflash haddan tashqari qiyin bo’ladi. Masalan, o’quv mashg’ulotida talabalar motivatsiya darajasining yetarli emasligi ularning qiziqishlariga, ehtiyojlariga mos o’qitish shakllari va metodlarini qo’llash hamda o’quv materialini taqdim etishdagi ishlari bilan to’g’rilanishi mumkin.

Bashoratlash (prognoz) loyihalashtirishdan bir qator muhim farqlarga ega. Bu, eng avvalo, loyihalashtirish bilan parallel ravishda amalga oshiriladigan ob’ektning rivojlanish istiqbollarini tizimli tadqiq qilishdir. Bashoratlashning bosh maqsadi bo’lajak ob’ektning xarakteristikalarini tavsiflash, loyihalashtirishning bosh maqsadi esa uni qurishdir. Birinchisining natijasi bo’lajak ob’ektni abstrakt tasvirlash, ikkinchisining natijasi esa uning batafsil qurilishidir. Bashorat borliqqa muvofiqlikka, loyiha esa belgilangan maqsadga muvofiqlikka asoslanib baholanadi.

Ayrim manbalarda loyihalashtirish va rejalashtirish tushunchalarining turlicha talqin etilgan. Rejalashtirish o’qituvchini loyihalashtirishishining hamma bosqichlarda foydalaniladigan katta bo’lmagan qismidir. Loyihani amalga oshirilishida rejaning qayd etilish shaklidir. Loyihada ob’ektning qurilishi, ko’rinishi, elementlari, rejada esa uning bir holatdan boshqa holatga o’tishi bo’yicha ko’rsatma tasvirlanadi. Bundan tashqari, V.V.KraevskiyvaI.Ya.Lernerqaydetganlaridek, «Loyiha – o’qituvchining o’z bo’lajak faoliyati haqidagi tasavvuridir. Bunday tasavvur elementlarining hammasi ham rejaga kiritilaver-masligi mumkin va shunday bo’lishi ham kerak. Axborotning bir qismi uning pedagogik ongida qoladi. Loyihalashtirish pirovard natijada o’z aksini rejada topadi» [44].

Bunda oliy ta’lim muassasasi o’qituvchisining o’quv faoliya-tini loyihalashtirish mantig’I eng umumiy ko’rinishda quyidagicha ifodalanishi mumkin:

– o’qitishning didaktik maqsadlarini aniqlash, kutilayotgan didaktik natijani o’lchanadigan parametrlarda tavsiflash;

– o’qitish mazmunini mutaxassisning bo’lajak kasbiy faoliyati doirasida asoslash;

– o’quv materiali mazmunining strukturasini, uning axborot sig’imi va shuningdek, uning elementlari orasidagi ma’naviy bog’lanishlarni aniqlash;

– o’qitishning jarayoniy tomonini ishlab chiqish: talabalar o’zlashtirishlari lozim bo’lgan kasbiy tajribani bilish va uni amaliy vazifalar tizimi ko’rinishida ifodalash;

– bu tajribani o’zlashtirishning maxsus didaktik tomonlarini, yakka tartibli (individual) va jamoaviy o’quv faoliyatining maqbul metodlari, shakllari va vositalarini izlash;

– talabalar bilan sub’ekt-sub’ekt munosabatlari darajasida o’zlashtirilayotgan tajribani yangi faoliyat sohalariga ko’chiriSh maqsadida pedagogik o’zaro ta’sirni tashkil etish mantig’ini aniqlash;

– o’quv dasturini o’zlashtirish sifatini nazorat qilish.

Demak, yuqorida keltirilgan har bir bosqich boshqalaridan hal etilayotgan vazifalari va olinayotgan natijasi bilan farq qiladi. Bu loyihalashtirish jarayoni mantig’iga muvofiqdir va kafolatlangan natijaga erishishni ta’minlaydi.

Aytilgan fikrlardan kelib chiqadiki, pedagogik loyiha peda-gogning amallari ketma-ketligi sifatida yuqorida ko’rsatilgan tartibda mutaxassislarni tayyorlashning dolzarb muammosini hal etish imkonini beradi va oliy ta’lim muassasasining ta’lim amaliyotida ommaviy foydalanish uchun qulaydir. Masofaviy o’qitish uslubi asosida talaba-yoshlarni o’qitish hozirgi kunning eng rivojlanib borayotgan yo’nalishlaridan bo’lib, o’qituvchi bilan tinglovchilar ma’lum bir masofada joylashgan holda ta’lim berish tizimidir. O’qituvchi va tinglovchining ma’lum bir masofada joylashganligi, o’qituvchini dars jarayonida kompьyuterlar, sputnik aloqasi, kabelь televideniesi kabi vositalar asosida o’quvishlarini tashkil qilishini talab qiladi. Zamonaviy kompьyuter texnologiyalarining tez rivojlanib borishi, ayniqsa, axborotlarni uzatish kanallarining rivojlanishi telekommunikatsiya sohasiga o’ziga xos tarixiy o’zgarishlar kiritmoqda.

Masofaviy o’qitish quyidagi texnologiyalarni o’z ichiga oladi:

Interaktiv texnologiyalar:

audio konferentsiyalar;

video konferentsiyalar;

ish stolidagi video konferentsiyalar;

elektron konferentsiyalar;

ovozk ommunikatsiyalari;

ikki tomonlama sputnik aloqa;

virtual borliq.

Nointeraktiv texnologiyalar:

bosib chiqarilgan materiallar;

audiokassetalar;

videokassetalar;

bir tomonlama sputnik aloqa;

televizion va radio ko’rsatuvlari;

disketa va CD-ROMlar.

Masofaviy o’qitishning mavjud zaxiralari quyidagi jadvalda yaqqol ko’rsatilgan.

Avvalombor, masofaviy o’qitish uslubi asosida, jo’g’rofiy jihatdan uzog’da joylashgan maktablar va akademik ta’lim uchun mo’ljallangan edi. Lekin, zamonaviy axborotlar va telekommunikatsion texnologiyalarining rivojlanishi tabiiy ta’lim-tarbiya jarayonini uzoq masofadan turib amalga oshirishga yo’l ochib berdi. Masofaviy o’qitishning uslubi asosida Xalqaro Kengashining tahlillari shuni ko’rsatmoqdaki, hozirgi kunda jahonda 10 milliondan ortiq talabalar shu uslub asosida ta’lim olishmoqda.

Bugungi kunda taraqqiyot juda tez rivojlanmoqda va juda te zo’zgarmoqda .

Deyarli har daqiqada sayyoramizning turliburchaklarida o’zgarishlar, yangiliklar va kutilmagan voqealar hodisalar sodir bo’lmoqda. Har bir kunimiz informatsiya oqimi ostida kechmoqda. Ta’lim tizimida masofadan o’qitish uslubi shakllari qo’llanilmoqda. Masofadan o’qitish uslubi-bu sirtqi o’qishning yangi shaklidir . Masofadan o’qitish bu mustaqil masofadan dars o’qishdir. Mustaqil o’qitish insonning mustaqil fikrlash, xolatni baholash, xulosa va bashorat qilish qobiliyatlarini shakllantiradi.

Masofadan o’qitishning yana bir afzalliklari shundaki, unda o’quvchi o’ziga qulay vaqtda va xattoki ishdan ajralmagan xolda o’qishi mumkin. . Aynan shu afzalliklari tufayli bu uslub dunyoda kundan-kunga keng tarqalmoqda. Ko’pgina yirik korxonalar mutaxassislari malakani oshirish yoki qayta tayyorlash uchun shu uslubdan foydalanib, yiliga millionlab dollarlarni tejamoqdalar.

Masofadan o’qitishning yana bir afzallik tomoni unda o’qish muddatini tinglovichlar va o’quvchilar o’zlari belgilaydilar, ya’ni ular ixtiyoriy paytda o’qishni boshlaydi, materiallarni o’qituvchi nazoratida o’zlashtiradi. O’zlashtirish topshiriqlarini, testlarni bajarishiga qarab aniqlanadi. Tinglovchilar va o’quvchilar berilgan vazifani qanchalik tez o’zlashtirsa, shunchalik tez kursni va o’qishni tugatadi va guvoxnoma oladi. Programmani o’zlashtira olmasa, unga mustaqil ishlab, o’qishni davom ettirishga imkoniyat beriladi .

Masofadan o’qitish tashkiliy iqtisodiy afzalliklarga ham ega. Masofadan o’qitish uchun tinglovchilar uchun auditoriyalar, yotoqxonalar zarur emas. Masofadan o’qitishda moliyaviy xarajatlar asosan o’quv uslubiy materiallar tayyorlash uchun, maxsus auditoriyalar uchun sarflanadi. Bu xarajatlarning asosiy qismi bu jarayonni tashkil etish bosqichida sarflanadi. Keyinchalik moliyaviy xarajatlar kamayadi. SHuning uchun tinglovchilar sonining oshishi bilan o’qish narxi ham pasayadi. Masofadan o’qitishda asosiy e’tiborni o’quv uslubiy materiallarni tayyorlashga qaratish darkor. CHunki o’quv uslubiy materiallarning sifati, masofadan o’qitish sifatining eng asosiy omillaridan biridir. O’quv uslubiy material qanchalik tushunarli va batafsil bo’lsa, shunchalik u o’quvchiga foydali bo`ladi. Ya’ni material uslubiy jixatdan puxta bo’lmog’I zarur.

Masofadan o’qitish nima?

Masofadan o’qitish bu Internet tarmog’I orqali sizga qulay bo’lgan vaqtda o’qishdir. Masofadan o’qitishning tarkibiy belgilari: o’qituvchi, o’quvchi, kommunikatsiyadir.

Masofadan o’qitishning uslubiy materiallari quyidagilardir:

Darslik


Audio va video darsliklar

Onlayn darslar (Internet saxifa )

Elektron kutubxonalar

Testlar


Multimedia, elektron darsliklar

Masofadan o’qitishda virtual kutubxonalar sputnik orqali video konferentsiyalar, darslar, Internet yordamida muloqat va informatsiya olish imkoniyatlari paydo bo’ladi. Bu esa o’quvchi uchun maxsus o’qish doirasini beradi.

Masofadan o’qitish qanday amalga oshiriladi. Dunyoda ko’pgina Universitetlarda va o’quv markazlarida bu usul mavjud. Kerakli manzilni Internetdan topishingiz mumkin .

Manzilga kirib bu o’qish tinglovchisi bo’lish uchun maxsus shaklni to’ldirishingiz zarur. Odatda avval kursning va o’qish tartibi tavsifi bilan tanishib chiqish mumkin. Keyin shakldagi satrlarni to’ldirib, kredit kartochkangiz raqamini kiritishingiz zarur.

O’qish tartibi quyidagicha: o’qituvchi kurs bilan tanishtiradi va topshiriqlar beradi. Siz ko’rsatilgan manbalar bilan ishlab topshiriqlarni bajarasiz va o’qituvchiga yuborasiz. O’qituvchi uni tekshirib, javobini sizga qaytaradi. Zarur xoldasizga ko’rsatmalar beradi. SHu tartibda kurs mavzulari o’rganib chiqiladi. Muzokara asosan electron pochta orqali yuboriladi . Telefon tarmog’idan ham ba’zan foydalaniladi. Bosma o’quv materiallari pochta orqali yuboriladi. O’quv jarayonida tinglovchilar darsliklardan, electron forumlardan, video konferentsiyalardan foydalanadi.

Bunda o’qish individual shaklda olib boriladi va o’qituvchi o’quvchining qobiliyati va xususiyatlarini xisobga olgan xolda o’qitadi. Bu individuallik o’quvchida qiziqish uyg’otadi va uni o’qishda aktivlikka rag’batlantiradi. Respublikamiz Oliy va O’rta Maxsus bilim yurtlarida masofadan uqitishni tatbiq etishga jiddiy e’tibor berilmoqda. Masofadan uqitish uslubi xaqi dabatafsil www.dl.uz saxifada tanishishingiz mumkin .

1. Masofaviy o’qitishning afzalliklari.

Distantuslubining quyidagi afzalliklari mavjuddir:

a) o’qitishning ijodiy muhiti. Mavjud ko’pgi nauslublar asosida o’qituvchi ilm tolibini o’qitadi, o’quvchi esa faqat berilgan materialni o’qiydi. Taklif qilinayotgan distant metodi asosida esa o’quvchilarning o’zlari kompyuterlar asosida axborotlar bankidan kerak bo’lgan ma’lumotlarni qidirib topadi va albatta o’zlarining tajribalarini boshqalar bilan elektron tarmoqlar asosida almashadi. Bu esa o’quvchilarni boshqalar bilan yaxshi muloqotda bo’lishini ta’minlaydi va o’z o’rnida bunday mehnat ta’lim olishni rag’batlantiradi.

b) mustaqil ta’lim olishning imkoniyati borligi. Distant uslubi asosida ta’lim berish – boshlang’ich, o’rta, universitet, sirtqi-kechki va malaka oshirish bosqichlarini o’z ichiga oladi. Tayyorgarligi har xil darajadagi talabalar o’zlarining shaxsiy dars jadvallari asosida ishlashlari mumkin va o’zining darajasidagi talabalar bilan muloqotda bo’lishi mumkin.

v) ish joyidagi katta o’zgarishlar. Distant uslubi asosida ta’lim berish turi millionlab insonlarga, hammadan ham ishlab chiqarishdan ajralmasdan ta’lim olayotganlar uchun, qulay sharoit yaratib beradi. Bunday uslub asosida o’qitish kadrlarni tayyorlashda judayam katta rol o’ynamoqda, ya’ni jo’g’rofiy va moliyaviy qiyinchiliklarsiz o’zining ishlab turgan o’rnida ilm olishi mumkindir.

g) o’qitish va ta’lim olishning yangi va unumli vositasi. Statistik ma’lumotlar shuni ko’rsatmoqdaki, distant uslubi asosida ta’lim berish, ishlab chiqarishdan ajralgan holda o’qish kabi unumlidir. Bundan tashqari, distant uslubi asosida ta’lim olish universitet tomonidan qo’yilgan chegaradan ham chetga chiqib ketadi. Bunday asosda ta’lim olayotgan talabalar yoki o’quvchilarning boshqalardan ustunligi – ularning eng yaxshi, sifatli materiallar va o’qituvchilar bilan ta’minlanishidir. Ta’lim berish va boshqarish uslubiyotiga asoslangan holda, o’qituvchi auditoriyada o’qitish shartlaridan holi bo’lishi kerakdir.

Masofaviy o’qitishda internet tarmog’ining roli.

Distant uslubi asosida o’qitishning o’quv qoidalaridan kelib chiqsak, talabalar internet to’ri orqali jahon bo’yicha sayyohat qilishlari mumkin. Shu bilan birga, ta’lim berish uslubining o’zgarishi bilan uning shakllari ham o’zgarishi shartdir.

Hozirgi kunda to’g’ridan-to’g’ri internet tarmog’iga kirish xizmati distant uslubi asosida ta’lim berish uchun elektron pochtalar, kompyuter konferentsiyalari va ma’lumotlarning elektron bazasida foydalaniladi. Axborotlashgan tezkor kanalning rivojlanishi yangi gipermedia tizimini berib, u o’z ichida internet tarmog’iga kirishning uchta asosiy xizmatini mujassamlashtiradi va foydalanuvchining interfeysini (muloqoti) yanada takomillashtirishga yordam beradi. Masalan, maltikast texnologiyalarining, konferentsiya vositalarining va multimedia kompyuterlarining mavjudligi internet tarmog’I orqali video konferentsiyalarni yo’lga qo’yishga imkoniyat berdi. Shunday qilib, bunday gigant axborotlashgan tarmoq, o’quvchilarning distant uslubi asosida zamonaviy bilim olishlari uchun vaqti yoki qayerda turganligiga qaramasdan keng sharoit yaratib beradi.

Internetning ikkita asosiy funktsiyasi bor. Buning birinchisi informatsion funktsiya bo`lsa , ikkinchisi esa kommunikatsion funktsiyadir .

Internetning informatsion funktsiyasi birinchi navbatda tarmoq foydalanuvchilariga talab etilayotgan axborotlarni tezkorlik bilan yetkazib berish bo’lsa, ikkinchidan u axborotlarni keng ommaga, jaxon miqyosidagini xoyatda tez sur’atda e’lon qilish ( nashr qilish ) imkoniyati mavjudligi bilan ifodalanadi . Internetning yuqori sifatlar bilan rivojlanishi ommaviy axborot faoliyatida va nashrchiligida keng imkoniyatlar ochib berdi . Masalan , internet yordamida N’yuYorkdagi yoki Frantsiyadagi eng sunggi xabarlarni Toshkentga yetkazib berish , gazeta va o’quv darsliklarni tayyorlash , nashr qilish , hamda ularni keng o’quvchilar ommasiga tarqatish, xozirgi mavjud usullardan bir necha o`n barobar arzon,tez va samaradorliroq bo’ladi .

Internetning kommunikatsion funktsiyasi foydalanuvchilarning masofadan turib o’zaro muloqat qilish imkoniyatini yaratib berilishi bilan ifodalanadi. Bunga misol tariqasida internet elektron pochtasi, internet-telefon va real vaqt oraligidagi bevosita xabar almashish, Chat – konferentsiya yordamida amalga oshirilayotgan muloqatlarni keltirishimiz mumkin. Bundan tashqari internetning kommunikatsion funktsiyasi uning foydalanuvchilariga video muloqat qilish , video konferentsiyalar uyushtirish , bir shahardan turib ikkinchi shahar ko’chalarini ( masofadagi Web – kameralar yordamida) tamosha qilish va muzeylarga tashrif buyurish, hamda tabiat manzaralaridan roxatlanish imkoniyatlarini beradi .

Vizualizatsiya (ko’rsatish, tasvirlash shakli) shakli bu – sub’ektiv hodisa, har bir odam o’zining shaxsiy obrazini yaratishga qodir. Ko’rsatiladigan obrazlarning eng asosiy unsurlari – nuqta, chiziq, shakl, yo’nalish, ohang, rang, qurilishi, hajmi, masshtab, harakatlardan iborat. Ma’lum bir o’quv fanida qo’llanilgan belgilar dinamik kasb etishi, muntazamlik kasb etishi lozim. Mashg’ulotlarning kirish qismida alohida dars o’tkazilib, ta’lim sohasini rivojlantirishda ana shu sub’ektlardan foydalanish, o’quv materiallari belgi va jadval usuliga qo’yilishi haqida, ularni qanday qo’llash to’g’risida tushunchalar beriladi. Dastlabki ma’ruzalar tushunchalar sifatida berilib, ular keyingi ma’ru-zalar uchun asosiy ustun bo’lib xizmat qilishi ko’zda tutiladi.

Multimedia darslik o’zida ko’pgina ma’lumotlarni mujassamlash bilan birga, bu ma’lumotlarni ekranda namoyish etadi, hamda ovoz yordamida izoxlaydi . Multimedia darslikning xususiyati u voqea va ma’lumotlarni yakqol aks ettiradi . Ya’ni multimedia voqea va ma’lumotlarni xayotiylashtiradi . Bu matn , video tasvir , multiplikatsiya , ovoz va musiqa yordamida amalga oshiriladi .

Elektron kutubxonalardan foydalanish

Elektron kutubxona internetning ajoyib imkoniyatlaridan biridir. Bukutubxonaning elektron shaklidir. Kutubxona deganda odatda ko’z oldimizga kitoblar turgan uzundan-uzoq kitob javonli katta xonalar keladi . Elektron kutubxonada ma’lumotlari elektron ko’rinishda bo’ladi va kompyuterda joylashadi . Bu kutubxonadan foydalanish juda qulay. Siz dunyoning ixtiyoriy nuqtasidan elektron kutubxona ma’lumotlaridan foydalana olishingiz mumkin. Yana bir qulay tomoni zarur ma’lumot nusxasini ko’chirib olishingiz mumkin. Elektron kutubxonadan foydalanishingiz uchun kompyuter , modem va Internet bo’lishi yetarli.

Faraz qilaylik elektron kutubxonadan foydalanmoqchisiz. .Biror ma’lumot bilan tanishmoqchisiz . Kompyuter va Internet yordamida ma’lumotni bir daqiqada topish mumkin . Ma’lumot dunyoning ixtiyoriy nuqtasidan bir pasda ekranda tasvirlanadi . Buning uchun siz kompyuterning tugmachasini bosishingiz va elektron kutubxonaga kirishingiz yetarlidir . Bir necha daqiqada ma’lumot ko’z oldingizda namoyon bo’ladi. Bu mo`’jizani virtuallik deb ataladi. Unga faqat kompyuter va maxsus tarmoq orqali erishish mumkin. Bir necha yil avval bir maqolani topishga bir necha oy vaqt sarflash zarur edi. Bugun buning uchun boshqa shaharga borish va vaqt sarflash zarurati tug’ilmaydi. Elektron kutubxonalarni turlicha nomlashadi :

Elektron kutubxona

Virtual kutubxona

e-kutubxona

e- librari

digital librari

Virtual kutubxona o`zi nima ? Oxirgi paytda virtual dunyo , virtual olam , virtual do’st kabi so’zlar paydo bo’ladi. Virtual kutubxona bu odatdagi kutubxonaning abstract ko’rinishidir .

Bu kutubxona kitbolari, jurnallari va ro’znomalari kitob javonlarda emas , balki kompyuter xotirasiga joylashgan bo’ladi. Bu kompyuter maxsus qurilmalarida raqamli formatda saqlanadigan ma’lumotlarning to’plamidir. Bu: bosma, audio, video va multimedia ma’lumotlaridir. Ma’lumotlar xajmiga qarab serverlar bitta yoki tarmoq bilan bog’langan bir necha kompyuterlardan iborat bo’ladi. Elektron kutubxonada kutubxonachi bo’lmaydi, Shuning uchun zarur kitob yoki ma’lumotni kompyuter javonlaridan Siz uzingiz qidirasiz.

Elektron kutubxona odatdagi kutubxonadan bir qancha qulayliklarga ega :

Joyning tejamlanishi , ya’ni kitoblarni saqlash uchun maxsus joining zarurati yo`qligi .

Nodir asar va ma’lumotlarni saqlash va ulardan foydalana olish imkoniyatining mavjudligi.

Foydalanishning qulayligi va yengilligi.

qidiriShtizimlariningmavjudligi.

Ma’lumotlar xajmining cheklanmaganligi .

Ma’lumotning audio , video va kompyuter grafikasi yordamida sifatli va yaxshiroq aks ettirish mumkinligi .

Vaqtning tejalishi va cheklanmaganligi , ya’ni undan 24 soat mobaynida foydalanishingiz mumkin.

Qo`shimcha xizmatlarning mavjudligi .

Demak , electron kutubxonada - bu turli ma’lumotlar jamlangan Internet saxifasidir. Bu saxifani kutubxonalardagi maxsus mutaxasislari ma’lumotlarni muntazam ravishda kompyuterga kiritadi va yig’adi. Ya’ni ma’lumotlar doimo yangilanib turiladi va kutubxona xajmi kengayib boradi .

Kutubxona bilan qanday ishlash mumkin. Buning uchun kutubxona adresini adres maydoniga yozishingiz zarur. Odatdagi kutubxona singari electron kutubxona ma’lumotlari yoki alfavit bo’yicha tartiblanadi. SHuning uchun zarur ma’lumotni shu tartibda toppish mumkin. Virtual kutubxona xaqida batafsil ma’lumot bilan http.G’.G’.vlibrary.freenet.uz.sahifasida tanishishingiz mumkin .

Xozirgi kunda electron kutubxonalar son-sanoqsiz. Kutubxonalar ,universitetlar, ba’zi tashkilotlar o’z electron kutubxonalariga ega.



Download 21,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish