Tuzuvchilar:
|
M.Sarimsaqov
|
Farg’ona Politexnika instituti, Geodeziya, kartografiya va kadastr kafedrasi dotsenti, qishloq xo’jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
|
|
|
B.Shoyqulov
|
Pedagogik innovatsiyalar, professional ta`lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malaka oshirish institut kafedra mudiri t.f.n.
|
|
Taqrizchilar:
|
O.Ishchanov
|
O’zbekiston Respublikasi Suv xo’jaligi vazirligining ta’lim muassasalari bilan ishlash sektori bosh mutaxassisi
|
|
B. Burxonjonov
|
Shveytsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligining “O’zbekistonda suv resurslarini boshqarish” milliy loyihasi koordinatori
|
1. O’quv dasturi umumiy talablari
Dastur nomi
|
Suv tejamkor sug‘orish texnologiyasi
|
Ajratilgan soat
|
80
|
Mavzular soni
|
17
|
Dasturning maqsadi
|
Suv tejovchi sug’orish tizimlarini o’ratish, ulardan samarali foydalanish, joriy xizmat ko’rsatish kompetentsiyalarini shaqllantirish
|
O’zlashtirish (o’qitish) natijalari
|
1.O’z sohasi ma’lumotlarni erkin ayta oladi
2.Qishloq xo’jaligi ekin turlari ekin maydonlari uchun maqbul sug’orish tizimlari tanlash;
3.Suv tejovchi sug’orish tizimi elementlari, asbob uskunalari bilan tanishish;
4.Suv tejovchi sug’orish tizimlarini o’rnatish usullarini o’rganish;
5.Suv tejovchi sug’orish tizimlari va ulardan foydalanib sug’orishni tashkil etish;
6.Suv tejovchi sug’orish tizimlarni o’rnatishdagi soliq va boshqa imtiyozlardan foydalanish;
7.Suv tejamkor sug’orish tizimlariga joriy xizmat ko’rsatish talablari.
|
Bilimlar
|
sug‘orish tarmoqlarida bo‘ladigan suv isrofgarchiligini kamaytirish;
suvdan foydalanishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish;
sug‘orishda ekinlarni hisobiy sug‘orish me’yorlari va mavsumiy suv sarflarini aniqlash;
xo‘jalikni suvdan foydalanish rejasiga muvofiq suv taqsimlashni amalga oshirish;
qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish rejimini tartibga solish va ulardan foydalanishni yaxshilash;
sug‘orishni yaxshi tekislangan yiriklashtirilgan maydonlarda tashkil etish, noinjenerlik tipidagi sug‘orish tizimlarini qayta qurish;
maydon birligiga to‘g‘ri keluvchi sug‘orish tarmoqlarining solishtirma uzunligi bo‘yicha loyihalash ishlarini amalga oshirish;
dalani doimiy suv bilan ta’minlanishini yo‘lga qo‘yish;
suv tejamkor sug‘orish tizimlarini qurishda texnika, yong‘in, mehnat xavfsizligini ta’minlash;
tizimning quvur va asosiy qismlarini uzuluksiz ishlashini ta’minlash, ularga zarur texnik xizmat ko‘rsatish;
ishdan chiqqan, yaroqsiz holatga kelgan qismlarni almashtirish kabi ishlarni o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash. Suv tejovchi sug’orish tizimlariga texnik xizmat ko’rsatishda mehnat, texnika, yong’in va ekologik xavfsizlik talablari
|
Ko’nikmalar
|
axborot yig‘ish saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish usullarini egallagan bo‘lishi, o‘z kasbi faoliyatida mustaqil asoslangan qarorlar qabul qili olishi;
tegishli ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha raqobatbardosh umumkasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lishi;
sog‘lom turmush tarzi va unga amal qilish zaruriyati to‘g‘risida imliy tasavvur hamda e’tiqodga, o‘zini jismoniy chiniqtirish uquv va ko‘nikmalariga ega bo‘lishi lozim.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |