MAVZU: QATTIQ DISKNI O‘RNATISH VA SOZLASH. CMOS-SETUPDA QATTIQ DISKLARNING PARAME-TRLARINI
AVTOMATIK VA QO‘LDA SOZLASH
Reja:
Qattiq disklardagi jamlagichlarning asosiy komponentlari va ko‘rsatkichlari.
Diagnostik dasturlar
Diskni defragmentatsiyalash
Qattiq disklardagi jamlagichlarning ko‘plab har xil turlari mavjud, lekin deyarli ularning hammasi bir xil asosiy bog‘lamalardan tashkil topgan. Bu bog‘lamalarning konstruksiyasi, shuningdek, qo‘llanilayotgan materiallar sifati turli xil bo‘lishi mumkin, lekin ularning asosiy ishchi tavsiflari va ishlash tamoyillari bir xil.
Qattiq disklardagi jamlagichlar tipik konstruksiyasining asosiy elementlariga quyidagilar kiradi:
disklar;
o‘qish/yozish moslamalari;
kallak uzatmasi mexanizmi;
disk uzatmasi dvigateli;
boshqaruv sxemali bosma plata;
razyom va kabellar;
konfiguratsiya elementlari.
Odatda, disklar uzatmasi dvigateli, kallaklar va kallaklar uzatmasi mexanizmi HAD (head disk assembly – disklar va kallaklar bloki) deb nomlangan germetik g‘ilofda joylashadi. Bu blok yagona bog‘lamadek qaralib, uni hech qachon ochishmaydi. HAD blokiga kirmaydigan boshqa bog‘lamalar (bosma plata, old panel, konfiguratsiya elementlari va montaj detallari) yechiladigan hisoblanadi. Qattiq disk ko‘rsatkichini umumiy ko‘rsatkichlarga, ichki tashkiliy ko‘rsatkichlarga, tezlik va unumdorlik ko‘rsatkichlariga ajratish mumkin.
Umumiy ko‘rsatkichlarga quyidagi ko‘rsatkichlar kiradi:
Formatlangan sig‘im (formatted capacity) Gigabayt (Megabayt) o‘lchanadi va saqlangan foydali axborotning hajmini, ya’ni barcha foydalaniladigan sektorlarning ma’lumotlar maydoni yig‘indisini ifodalaydi.
Formatlangan va formatlanmagan sig‘imlarning o‘zaro nisbati trek formati (sektor o‘lchami) bilan aniqlanadi. Amalda faqat disk sektorining standart o‘lchami (512 bayt) uchun ko‘rsatiladigan formatlangan sig‘im qiziqtiradi, ba’zida esa foydalaniladigan sektorlar soni ko‘rsatiladi.
Keng qo‘llanilgan qattiq disklar uchun bir necha yillar oldin 3600 ayl/min qiymati standart bo‘lgan; hozir odatiy tezlik 4500 va 5400 ayl/min, yanada yuqorisi esa 7200 ayl/min hisoblanadi. Unumdorligi juda muhim bo‘lgan joylarda 10000 va 15000 ayl/min tezlikdagi disklardan foydalaniladi.
Interfeys (interface) jamlagichning ulanish usulini ifodalaydi.
Joylashtirilgan kontrollerli jamlagichlar uchun ATA va SSSI
(parallel va ketma-ket) interfeyslar tarqalgan, tashqi qurilmalar uchun USB, firewire va fibre channel shinalaridan hamda LPT-portga ulanishdan foydalaniladi.
Ichki tashkiliy ko‘rsatkichlarga quyidagilar kiradi:
Jismoniy disklar soni yoki ma’lumotlarni saqlash uchun foydalaniladigan ishchi yuzalari (data surface). Balandligi katta bo‘lmagan zamonaviy jamlagichlar o‘qish/yozish moslamasi blokini engillashtirish uchun kam sonli (1–3) disklarga ega.
O‘qish/yozish jismoniy kallaklarining soni (read/ write head) ishchi yuzalar soni bilan mos keladi. O‘qish/yozish moslamasi va ishchi yuzalar soni ikkilangan disklar sonidan ham kam bo‘lishi mumkin. Silindrlarning jismoniy soni dastlabki vinchesterlar uchun bir necha yuzdan o‘n minggacha ortdi. Sektor o‘lchami (bytes per sector) odatda 512 baytni tashkil etadi.
Trekdagi sektorlar soni (bytes per sector) chetdagi zonalardan taShKil topgan.
Servobelgining joylashuvi. Ular belgilangan yuzada joylashgan bo‘lishi mumkin, ishchi yuzaga o‘rnatiladi yoki joylashuvning gibrid variantiga ega.
Tezlik va unumdorlik quyidagi ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi:
Qo‘shni trekga o‘tish vaqti (track-to-track sek) millisekundlarda o‘lchanadi va holatga o‘tish tizimi tezligini tavsiflaydi. Zamonaviy qattiq disklar uchun o‘tish vaqti 0,5–2 ms ga teng. Yozish uchun o‘tish vaqti o‘qish uchun belgilangan o‘tish vaqtdan bir necha marotaba kattadir (yanada aniq holatga o‘tishda yozish maqsadga muvofiq). Qidiruvning o‘rtacha vaqti (average seek time) tasodifiy silindrga murojaatlar seriyasi bo‘yicha
aniqlanadi. 10000 ayl/min (10K deb belgilanadi) tezlikli vinchesterlar uchun qidiruv vaqti o‘tishning uzoqliligiga bog‘liq holda 0,3 ms (qo‘shni trekga) dan 12 ms (u chekkasidan bu chekkasigacha) gacha tashkil etadi.
Jamlagichning hajmi qancha katta bo‘lsa, shuncha kam qidiruv vaqtiga erishish murakkab bo‘ladi: ko‘p sonli o‘qish/yozish moslamalarini tez ko‘chirish qiyinroq; silindrlarning ko‘p sonli bo‘lishi yo kallaklarni ko‘chirish uzunligini kattalashtiradi, yoki holatga o‘tish aniqligiga bo‘lgan talablarni oshiradi.
Diagnostik dasturlar o’z ishini bajarishi uchun ish vaktidagi kompyuterni tekshirishi lozim.
Piter Norton uz faoliyatini uchirilgan fayllarni tiklaydigan utilitlardan boshladi va uz imperiyasini yaratdi. Vaqt o’tishi bilan juda ko’p har xil utilitlar va kompyuter diagnostika qiladigan uskunalar yaratildi, lekin Symante kompaniyasining Norton Utilites utilitalar to’plami eng yaxshilaridan biri deb hisoblanadi.
Bu to’plamda Norton Disk Doctor va Norton System Doctor utilitlari asosiy deb xisoblanadi va kattik disk, xamda butun tizim ishini tekshiradi. System Watch dasturi Windows tizim resurslarini nazorat qiladi va kelib chiqadigan muammolar to’g’risida ogohlantiradi.
Shu to’plamga tegishli yana bir utilit - bu Norton Uninstall Deluxe dasturi. Uning vazifasi - Windows tizimida kerak bo’lmagan dasturlarni olib tashlash. Norton CrashGuard Deluxe dasturi esa, kompyuter ishidagi nosozliklarni bartaraf etadi hamda tizim fayllarni va parametrlarni tekshiradi.
Utilit to’plamlaridan yana biri Cyber Media kompaniyasi yaratgan McAfee Utilities to’plamidir.
Nazorat savollari:
Qattiq disklardagi jamlagichlarning asosiy komponentlari va ko‘rsatkichlari?
Diagnostik dasturlar haqida ma`limot bering?
Diskni defragmentatsiyalash jarayonini tushintring?
Do'stlaringiz bilan baham: |