Pedagogik faoliyatda muloqot


O`qituvchining o`quvchilar bilan muloqot olib borish yullari



Download 76 Kb.
bet3/4
Sana23.11.2022
Hajmi76 Kb.
#870838
1   2   3   4
Bog'liq
Pedagogik faoliyatda muloqot

O`qituvchining o`quvchilar bilan muloqot olib borish yullari. O`qituvchining ish faoliyati davomida o`quvchilar bilan muomala – munosabatlari katta urin egallaydi. Bu jarayonda bola insoniyat tuplagan bilimlarni, muomala qilish tajribalarini egallab oladi. O`qituvchi esa pedagogik jarayonda asosiy shaxs bo`lib xizmat kiladi, unga yosh avlodni o`qitish va tarbiyalash vazifasi yuklatilgan. Shuning uchun ham o`qituvchiga bolaning muomalasiga, axloqiga, xulqiga nisbatan aloxida, katta talablar kuyilgan.
O`qituvchi xayotga endigina kadam kuyayotgan bolalar bilan doimo muloqotda bo`ladi. Bolalar o`qitish va tarbiyalash jarayonida umuminsoniy va milliy urf – odat mezonlarini o`zlashtiradilar. O`quvchi muomala odobini, muloqot olib borish yulini asosan o`qituvchi timsolida anglab oladilar. Muallim bola uchun bir umr ideal, ibrat, namuna bo`lib qoladi.
Afsuski, hamma muallimlar ham bolalar nazarida shunday bo`lib kolmaydi. O`zining ko`pol muomalasi bilan o`quvchini ukishdan sovitib, dilini ranjitadigan o`qituvchilar ham axyon – axyonda uchrab turadi, albatta. Xayotda, amaliyotda bunga ko`plab misollar topiladi. Bunday o`qituvchilar bolalar orasida obru orttira olmaydilar.
O`qituvchi bilan o`quvchi o`rtasidagi muloqotni tartibga soluvchi talablardan biri bolaning xulqini, muomalasini, bola bajargan ishini odilona to`g`ri baholashdir. Xulqi, muomasida esa bolaning biror kishi yoki narsaga munosabati ham ifodalanadi.
Pedagogik faoliyatda sinfdan va maktabdan tashkari ishlar o`qituvchi bilan o`quvchi o`rtasidagi muloqotning muxim soxalaridan biri xisoblanadi. Sinfdan va maktabdan tashkari ishlarning turi nixoyatda ko`p bo`lib, o`qituvchi tomonidan muloqot jarayonida u ishlarni xususiyati va bajarish jarayoni, natijasi haqida tulik tushuntirishiga bog`liqdir.
Muloqotlar jarayonida o`qituvchi ayrim talablarga rioya qilishiga to`g`ri keladi:
O`z ishi jarayonida o`qituvchi har bir o`quvchining kadr – kimmatini inson sifatida xurmat qilishi, o`quvchiga nisbatan ishonch;
Bolaga mehribon, gamxur bo`lishi, shodligiga ham, tashvishlariga ham sherik bo`lish;
Bolalar bilan har qanday muloqot jarayonida aloxida yondoshish, pedagogik taktni saklash.
O`qituvchi faoliyatida sharkona umuminsoniy kadriyatlardan foydalanish. Muallimlik kasbi shunday sharafli, ishonchli va olijanob kasblardan bo`lganligi uchun ham Milliy dasturdan, ta‘lim to`g`risidagi Qonundan kelib chikadigan vazifalarni maktab o`quvchilari, o`quv yurtlarining pedagog xodimlari, professor o`qituvchilari bajaradilar. Shuning uchun ham «Qonun»da pedagog xodimlar o`zlarining kasb – kor sha‘ni va kadr – kimmatlarini ximoya qilishlari : odob – axloq koidalariga rioya etishlari, bola, o`quvchi va talaba, o`qituvchi – o`quvchi shaxsning kadr – kimmatini xurmatlashlari; ularni mexnatga, qonunlarga, ota – onalar va xotin – kizlarga, ma‘naviy – tarixiy, madaniy – milliy va umuminsoniy kadriyatlarga xurmat ruhida atrof – muxitga extiyotkorlik bilan munosabatda bo`lish ruhida tarbiyalashlari, o`zlarining butun faoliyatlari va shaxsiy namunalari bilan umuminsoniy axloq koidalariga, xakikat, adolat, vatanparvarlik, yaxshilik va bashqa xayrli xislatlarga nisbatan xurmatni qaror toptirishlari; usib – ulgayib kelayotgan avlodni bir – birini tushunish, xalqlar o`rtasida, shuningdek barcha elatlar, millatlar va diniy guruhlar o`rtasida tinchlik, axil – inoklik ruhida tarbiyalashlari lozim.
O`zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A.Karimovning deyarli barcha asarlarida, so`zlagan nutklarida o`zbek xalqining ko`p asrlik ma‘naviy – milliy, madaniy kadriyatlarni, uning odob – axloqini belgilab beruvchi Ko`r‘oni Karim, Xadisi Shariflar, Imom al Buxoriy, Imom at – Termiziy, Baxouddin Nakshband, az – Zamaxshariy, Najmiddin Kubro, Axmad Yassaviy, Sufi Olloyor, Sulaymon Bakirgoniy kabi mutafakkirlarning bebaxo merosini, Al Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Al Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Maxmud Koshgariy, Yusuf Xos Xojib, Axmaj Yugnakiy, Mirzo Ulugbek, Amir Temur, Bobur, Alisher Navoiy, Kamoliddin Bexzod kabi allomalarning jaxon fani va madaniyatiga kushgan ulug va bebaxo xissalarini o`rganish, shu asosda yosh avlodni tarbiyalash zarurligi ta‘kidlanadi.
Prezidentning ta‘kidlashicha, yoshlarni umuminsoniy kadriyatlar asosida tarbiyalashda islom ta‘limotining ahamiyati katta. Islom dini -- bu ota – bobolarimiz dini, biz uchun ham iymon, ham diyonat, ham ma‘rifatdir.
Tarixga nazar tashlar ekanmiz, odamlarni o`z – o`zini idora etishga, yaxshi xislatlarni ko`paytirib, yomonlardan xalos bo`lishga chorlagan. Har bir insonga, oila, jamoa, xalqka raxnamo bo`lgan. Kishilarni ogir sinovlarga bardosh berishga, yorug kunlarga intilib yashashga da‘vat qilgan, ishontirgan. Bunday da‘vat o`z navbatida odamlarga kuch – kuvvt bagishlagan, irodasini mustaxkam qilgan, bir – biriga mehr – oqibatini oshirgan. «Demak, din xalq ma‘naviyatining yuksalishiga katta xissa kushib kelgan ekan. Bugungi davlatchiligimiz haqida so`z yuritganda, rejalar to`zganda dinni eng avvalo, ham milliy, ham umuminsoniy kadriyat sifatida e‘tiborga tutishimiz lozim. (I.A.Karimov. O`zbekiston siyosiy – ijtimoiy va iktisodiy istikbolining asosiy tamoyillari. «Xalq so`zi» gazetasi. 1995 yil. 24 fevral). Hamma gap ana shu umuminsoniy va milliy kadriyatlarni uygunlashtirib xayotga tadbik etishda.
Islom ta‘limoti utmishda yaratilgan barcha iloxiy bilimlarning, insoniy tajriba va fazilatlarni umuminsoniy kadriyat sifatida o`zida mujassamlashtirdi. Ko`r‘oni Karim va Xadisu Sharifda bayon etilgan kishilarni yaxshilikka undovchi goyalar, insoniyat madaniyati xazinasiga kushilgan ulkan xissa ekanligi jaxon mikyosida allakachon tan olingan.
Islom ta‘limotida yoshlar barkamol inson bo`lib yetishishlari, ayol va erkak turmushda, jamiyatda o`z mavkelarini, vazifalarini bilib, pokiza xayot kechirishlari lozimligi ta‘kidlanadi. Erkaklarda gurur, ayollarda sharm – xayo, kizlarda iffat, bolalarda mehr – oqibat, xalol bilan haromning farqiga borish kabi fazilatlarni tarbiyalash islom ilmining mazmunini tashkil etadi.
Shuningdek, Xadislarda yomon xulq, razolat, kibr – xavo, adovat, xasad, xiyonat, yolgonchilik, munofiklik, poraxurlik, bo`zuklik kabi illatlar koralanadi.
«Pedagogik mahorat» fanimizning 3 – mavzusida «O`qituvchi irodasi, sabr – tokati, o`z – o`zini idora qilish, xis – tuygularini, kayfiyatini bashqara olish, rostguylik» kabi talablar mavjud. Bu talablarni bajarishda xuddi ana shu islom ta‘limotidan foydalanish kul keladi.
Islom ta‘limotida yaxshilik qilish insonning tabiiy exsoni bo`lib, Ollox insonga o`z ne‘matlarini exson qilganidek, inson ham bashqalarga yaxshilik qilish, saxovatli bo`lish kerakligi ta‘kidlanadi. Yoki sabr – tokatli bo`lish yuksak axloqiy fazilat sifatida uluglanadi. Sabr hamma fazilatlarning onasi, har bir fazilatning asosidir. Bu fazilat qiyinchiliklarni yuqotish yulida uchraydigan har narsaga chidamlilik, insonlardan kelayotgan aziyatni yuqotish kabilarga bardoshli bo`lish fazilatidir.
Maktabda, oliy o`quv yurtlarida ham har bir o`qituvchi xayotida ko`plab karama – karshiliklar, kelishmovchiliklar bo`lib turadi. Ana shunday vaziyatlarda ham o`qituvchi islom ta‘limotlaridan javob topadi.
Insonga xos olijanob professional sifatlardan biri kechirimli bo`lishdir. Bu sifat keng qalbli, birovlarning adovati va aziyatiga chiday oladigan kishilarda bo`ladi. Insonlar ko`pincha xato kiladilar va xatolarning kechirilishiga muxtojlik sezadilar. «Yomonlikni yaxshilik bilan kaytaringlar» deyiladi Rayd‘ surasining 22 oyatida. Yoki rostguylik jamiyatning barqarorligi va kishilar o`rtasidagi ishonchni ta‘minlaydigan eng muxim sifatdir.
Kishilar o`rtasidagi munosabatlarda ko`pgina muammolar uylamasdan, extiyotsizlik bilan aytilgan ko`pol so`zdan kelib chikadi. O`qituvchining chiroyli so`zi esa yaxshi muomala, mehr – oqibat kalitidir. O`qituvchi shirinso`zligi va xushmuomalaligi shartlaridan biri ovozni baland ham, past ham kilmay, me‘yorida gapirishdir. Shirinso`zlik va go`zal munosabat xech kachon, xech kaerda sotilmaydi. Bunga erishmoklikning birgina yuli bor, bu ham bo`lsa, tinimsiz shirinso`zni mashk qilishdir. Bu esa tinimsiz kitob ukish va axborotlarni tinglashdir, ko`p eshitish va taxlid qilishdir. Muomala o`qituvchining kimligini ko`rsatuvchi ko`zgudir.
Pedagogik mahorat fani o`qituvchisining maksadlaridan biri – komil insonni o`qitish va tarbiyalash natijasidir. Komil inson goyasi -- ham milliy, ham umumbashariy moxiyat va kadriyatga ega bo`lgan goyadir. Odamzodga xos eng yuksak ma‘naviy va jismoniy barkamollikni mujassam etgan, uni hamisha ezgulikka undaydigan olijanob goyadir.
O`qituvchiga ishonib topshirilgan bu vazifa nafaqat aloxida shaxslarni, balki butun – butun xalqlarni yuksak tarakkiyot sari yetaklagan, ularning ma‘rifat va madaniyat soxasida tengsiz yutuklarga ilxomlantirgan.
Komil insonni tarbiyalash goyasi azal – azaldan xalqimizning ezgu – orzusi, uning ma‘naviyatining o`zviy bir kismi bo`lib kelgan. Barkamol inson haqidagi yuksak, umuminsoniy goyalar Abu Nasr Forobiy va Alisher Navoiy kabi mutafakkirlarimizning asarlarida, ayniksa teran ifoda etilgan.
Xazrat Navoiyning «Kamol et kasbim, olam uyidin Senga farz ulmagay gamnok chikmok. Jaxondin notamom utmak biaynix. Erur hammomdin nopok chikmok», degan fikrlari har bir inson komillikni o`ziga shior kilib olishi zarurligini anglatadi.
Erkin fukarolik jamiyatini ma‘naviy barkamol, ezgu goyalar xayotiy e‘tikodi bo`lgan insonlargina bunyod eta oladi.
Shuning uchun ham yangilanayotgan jamiyatimizda kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida ta‘lim – tarbiya dasturini tubdan islox qilish, ta‘lim – tarbiya jarayoniga milliy, umuminsoniy kadriyatlardan unumli foydalanish, o`qituvchi faoliyatidagi ana shu ulugvor maksadni amalga oshirish yulidagi muxim kadamlardir.
Muomala - axborot jarayonidir. Pedagog bevosita

shaxslarga muomalada, o'z tarbiyalanuvchilari,


umuman, jamoa haqida, undagi ichki jarayonlar


haqida goyat xilma-xil axborotga ega bo'ladi va xokazo. Pedagog ham o'z navbatida muomala jarayonida o'z tarbiyalanuvchilariga maqsadga qaratilgan axborotni ma'lum qiladi.


Pedagog muomala vositasi orqali qanday axborot olishini qarab chiqar ekanmiz, o'quvchining shaxsi haqidagi axborotning muhimligini alohida ta'kidlab o'tish kerak. Muomala shaxsni goyat xilma-xil sharoit va ko'rinishlarda o'rgatishga imkon beradi. Pedagog o'quvchilar bilan muomala qilar ekan, juda mayda qismlarni ham anglab olishga qodir bo'ladi. Bular sirtdan qaraganda unchalik ahamiyatli bo'lmasada, shaxsda sodir bo'layotgan, uni tushunish uchun juda muhim bo'lgan zarur ichki jarayonlar ko'rinishlarining alomatlari bo'lishi ham mumkin, bunda pedagog shaxsi katta rol o'ynaydi. Ayni bir xil hodisaning turli kishilar tomonidan talqini, uning o'tmishdagi tajribasiga bogliqligi bilan izohlanadi. Bu tajribaning uch jihati bor: umumiy hayotiy tajriba, pedagogik faoliyat tajribasi va muayyan jamoa bilan, o'quvchilar bilan muomalada bo'lish tajribasi.
Nihoyat, pedagogniig o'quvchilar bilan kundalik muomalasi shunga olib keladiki, u o'quvchilarning xatti-harakatlaridagi chuqur ma'no va xaqiqiy sababni turli vaziyatlarda payqab oladi, buning uchun namuna sifatida u o'zi tez-tez qayd qilgan dalillardan va o'quvchilarning xulq-atvor usullaridan foydalanadi. O'qituvchining o'quvchilar bilan muomalasi tarbiyani boshqarish vositasi sifatida qaralib, birlashtiruvchi, o'rnini to'ldiruvchi vazifasini ham bajaradi. Muomala o'zaro munosabatlar doirasida sodir bo'ladi. Boshqarish vositasi bo'lgan muomala o'quvchilarning faoliyatiga hamrohlik qiladi nihoyat, boshqarish vositasi bo'lgan muomala faoliyatidan keyin boradi.
Muomala - axloq ko'rki sanaladi. Har bir kishining qanday dunyoqarashga egaligi, bilimliligi uning muomalasidan ma'lum bo'ladi. Muomala - insonlar o'rtasidagi o'zaro aloqa vositalaridir. Muomalada asosiy vosita til hisoblanadi. Shuning uchun ham til - aloqa quroli deyiladi. Insonning tili shirin, muomalasi madaniyatli bo'lsa, qisqa vaqt ichida xalq orasida obro'-e'tibor topadi. So'zga chechanlik, hech qachon kishiga obro' keltirmaydi. Shuning uchun ham o'tmishda yashab o'tgan mutafakkirlarimiz tilga, so'zga hurmat bilan yondashishlarini uqtirib o'tganlar. Ulug bobomiz Alisher Navoiy muomala madadiyati, xushmuomalalik, tilning ahamiyati to'grisida, shirinso'zlik haqida purhikmat fikrlar bayon qilganki, bugungi kunimiz uchun ham o'z ahamiyatini yo'qotgan emas. «Til shirinligi ko'ngilga yoqimlidir, muloyimligi esa - foydali. Shirin so'z sof kongillar uchun asal kabi totlidir», - deydi Alisher Navoiy. Pedagog bolalarga bilim berish uchun bir qatorda ular nutqining rivojlanishiga ham alohida ahamiyat beradi va bunda u turli pedagogik usullardan foydalanadi.
Bolalar nutqini o'stirishda pedagog so'zi muhim ahamiyatga ega: bir tomondan, uning nutqi bolani o'qitish va tafakkurini rivojlashirishning muhim omili bo'lib hisoblanadi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki pedagogning nutqi obrazli, chiroyli, jarangdor, namunali bo'lmogi, bola diqqatini oziga tortmogi lozim. Zotan nutq pedagogning o'z mutaxassisligiga qay darajada loyiq ekanligini ifodalaydigai o'lchov, ko'rsatkich hisoblanadi. Shuning uchun nutq ustida ishlash, nutq madaniyatini takomillashtirib borish har bir pedagogning eng asosiy ijtimoiy burchi va mas'uliyati hisoblanadi. Ta'lim-tarbiya ichida nutqning ta'sir kuchi nihoyatda kattadir. Oqituvchining nutqi o'quvchilarning o'zlarini tuta bilishlariga, xulk-atvori va fikr yuritishlariga ham ta'sir etuvchi kuchli vositadir. O'qituvchining nutqida uning hissi, intilishlari, iroda va etiqodi aks etadi. U nutq yordami bilan o'quvchilarda xursandchilik, ruhlanish, muhabbat, sadoqat, gazablanish, nafratlanish hislarini tugdiradi. Xalq bilan birga turish, birga yashash muosharat deb ataladi.
Odamlarning bir-birlari bilan bo'lgan munosabatlarining gozalligi, muloyimligiga «Muosharat odobi» deyiladi. Insonning eng ulug, lekin murakkab va mashaqqatli faoliyatlaridan biri odamlar orasida, ya'ni jamiyatda o'z o'rnini topib yashashidir. Bu faoliyatning murakkabligi shundaki, ko'pchilikka qo'shilish, ular bilan ahil bo'lib yashash uchun iisonda shunga yarasha muomala va munosabat bo'lishi kerak. Muomala va munosabati ko'pchilikning didiga to'gri kelmaydigan, qo'pol va dilozor odamni ko'pchilik yoqtirmaydi. Insonlar xushfe'l, shirinsuxan, mard, muomalasi shirin kishilarni dildan yoqtirishadi va hurmat-e'tibor qilishadi. Insonlar orasida munosib o'rin topish, inoq, ittifoq bolib yashash shartlaridan biri odamning kamtarligidir. Kamtarin inson hech qachon o'zining yutugi bilan, boy-badavlatligi bilan, ilm-hunari bilan maqtanmaydi, hamma vaqt kamgap, sodda bo'ladi. Ammo insondagi kamtarlik samimiy bo'lmogi zarur.
So'z iison qalbini ilitadi, so'z inson qalbini jarohatlaydi. «Tig yarasi ketar, so'z yarati ketmas» degan xalq maqoli bekorga aytilgan emas. Chunki so'zlash qudrati benihoya katta. Inson o'z so'ziga, tiliga nihoyatda ehtiyotkor bo'lmogi lozim.
Ayrim yoshlarimizda so'zga, tilga etibor ancha sust. Eng avvalo, yoshlarga muomala madaniyatini, kattalar oldida mahmadonalik qilmaslikni, kattalar gapini bo'lmaslikni, yoshi uluglarga gap qaytarmaslikni o'rgatishimiz zarur.
Muomala madaniyati hamma joyda kerak. Ish joyida, transportda, uyda shuning uchun ham biz kim bilan qanday muomala qilishni bilishimiz kerak. Insonning qanchalik bilimli, aql-zakovatli ekanligi muomala orqali namoyon bo'ladi.
Odamlar butun ichki dunyosini, maqsadini, muomala va munosabatlarini bir-birlariga so'z yordamida etkazadi, amalga oshiradi. Shu tufayli so'zlashuv munosabatlari nihoyatda go'zal va muloyim bo'lishini hayot taqozo etadi. So'zga boy, shirinsuxan kishilarning muomalalari yoqimli, ishi ham yurishgan bo'ladi. Bundaylarni odamlar yoqtiradi, hurmat qiladi. So'zlashuv xam o'ziga xos san'atdir. Bu san'atni mukammal o'rganish har bir iisonga zarur. Shu bilan birga, ona tilini mukammal o'rganmoq har bir insonning muqaddas burchidir. Tilni bilgach uni ishlata bilish san'atini egallamoq inson uchun zarurdir.
Shirinsuhanlik va go'zal nutq hech qachon, hech qaerda sotilmaydi. Bunga erishmoqlikning birgina yo'li bor, bu ham bo'lsa tinimsiz shirin so'zlashishni mashq qilmoqlikdir. Buni esa asosan ko'p kitob o'qish yo'li bilan amalga oshiriladi. Muomala insonning kimligini ko'rsatuvchi yuzidir.
Oqitish jarayonida oquvchilar va oqituvchi ortasida 2 xil emosional muloqot turlari sodir boladi:
a) salbiy his-tuygulara asoslangan muloqot;
b) ijobiy his-tuygularga asoslangan muloqot.
Pedagogik takt oqituvchiga bolalar bilan ijobiy emosional muloqotda bolishga yordam beradi. Psixologik talablariga rioya qilgan oqituvchi ozida muloqotning demokratik usulini ishlab chiqadi va haqiqiy muloqot madaniyatini egallaydi, madaniy aloqaga erishadi. Pedagogik takt oqituvchiga bolalar bilan muloqot jarayonida har qanday nizolardan xoli bolishga va ozaro munosabatlarni togri shakllantirishga yordam beradi.
Takt sozi «toqnashish» ma'nosini bildiradi. Takt - bu odamlarning ozaro munosabatini tartibga keltiruvchi axloqiy kategoriyadir. Xushmuomala nutq insonni hurmat qilishni talab qiladi. Pedagogik takt oqituvchining prfessional sifati, uning pedagogik mahoratining bir qismidir. Pedagogik takt oquvchilarga nisbatan togri munosabatni tanlash yollaridan biridir. Oqituvchining usuli va metodlaridan optimal tadbiq qilinishi kerak. Haddan tashqari talabchanlik itoatsizlikka, muruvvatlilik qopollikka olib kelishi mumkin. Oqituvchi oquvchilarni hurmat qilib, ozining bolalarga nisbatan bolgan hurmatini korsata olishi kerak. Hurmatning paydo bolishi bilan bolalarda oz qadr-qimmatini his qilish shakllanadi. Bolalarning yoshi osishi bilan oqituvchining ularga nisbatan bolgan diqqat-e'tibori, gamxorligi, muruvvatlilik hislari ozgarib boradi. Kichik yoshdagi bolalarga nisbatan, oqituvchi ularni bagriga bosishi, boshini silashi, erkalashi mumkin. Katta yoshdagi bolalarga nisbatan oqituvchi bu holatni faqat ayrim hollarda qollashi mumkin. Ospirinlarga nisbatan esa vazminlik va munosabatning soddaligi muhimdir.
Pedagogik takt oqituvchining vazmin xulqida namoyon boladi ya'ni chidamlilik, ozini tuta olishda. U oquvchiga nisbatan ishonchni belgilaydi. Oqituvchining oquvchilarga nisbatan bolgan ishonchi ularni ishlashga ragbatlantirish kerak. Oqituvchining madaniy aloqasi, takti, uning oquvchilar bilan bolgan ozro munosabatining turli formalarida - darsda, darsdan tashqari ishlarda, dam olishda namoyon boladi.
Oqituvchining takti darsning hamma etaplarida kerakdir. Ayniqsa, oqituvchi oquvchilarning xulqini va bilimini baholayotganida unga katta ahamiyat berishi kerak. Takt oqituvchining javobini eshita olishda ifodalanadi. Hamma oquvchilar ularning javoblarini qunt va hurmat bilan eshita oladigan oqituvchiga javob berishni yaxshi koradilar. Ularning javoblarini jilmayish, imo-ishora bilan ma'qullash juda muhimdir. Oquvchilarning javoblarini baholash momenti ham juda katta ahamiyatga ega.
Oqituvchi oquvchilar oldida aktyor singari oz rolini ijro eta olishi kerak ya'ni, turli xil vaziyatlardan chiqa olishi kerak. Darsdan tashqari vaqtda esa - erkin, dilkash, samimiy bolishi kerak.
Muloqot jarayonidagi taktikani togri tanlay olish rolli vazyaitlarni qollay bilishga bogliqdir. Rolli vaziyatlarning 4 turi mavjud:
1. «Yuqoridan yondashish» vaziyatida oqituvchi ozining mustaqilligini, mas'uliyatni his eta olishni korsatadi.
2. «Quyidan yondashish» vaziyatida oziga, oz kuchiga ishonmagan oqituvchi shaxsi namoyon boladi.
3. «Yondan yondashish» vaziyatida esa xushmuomala, ozini tuta oladigan, vaziyatni tushuna oladigan, atrofdagilarning qiziqishini tushuna oladigan va javobgarlikni oquvchilar bilan birgalikda teng his qiladigan oqituvchi shaxsi namoyon boladi.
«Quyidan yondashish» vaziyati oqituvchilarda mustaqillik tuygusining namoyon bolishiga moljallangan. «Yuqoridan yondashish» vaziyatida tarbiyalanuvchi ozini har doim boladay his qiladi. Maslan: bu vaziyatdan bolalar bogchasida foydalanamiz.
Demak, oqituvchi oquvchilar bilan hamkorlikda ishlashi, pedagogik taktning talablariga rioya qilishi va muloqot taktikasini egallangan bolishi kerak.
Pedagogik takt mahorat bilan birgalikda hosil boladi. U - oqituvchining ma'naviy etukligining, uning oz ustida ishlab, orttirgan maxsus bilimlar va mahoratining natijasidir. Eng muhimi oqituvchi bolalarning yosh psixologiyasini va individual xislatlarini bilishi kerak. Shu bilan birga oqituvchining axloq asoslari va normalarini, bolalarning xatti-harakatlarida ma'naviy tomonni kora bilishi ham juda muhimdir. Oqituvchi ziddiyatli vaziyatdan chiqishi uchun quyidagi qoidalarni hisobga olishi kerak:
avvalambor, oqituvchi ziddiyatni bartaraf etishi kerak;
oz xatti-harakati bilan sherigiga ta'sir qila olishi kerak (oquvchiga, hamkasbiga);
suhbatdoshining xatti-harakati, yuz bergan vaziyatni tushunmasdan turib xulosa chiqarishga shoshilmasligi kerak;
oquvchi bilan bogliqlikni iloji boricha avvalroq anglab olish muhimdir;
xulosa togri chiqarilganligiga hammani ishontira olishi kerak.



Download 76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish