Innovatsion texnologiyalardan foydalanishda o’qituvchiga quyidagi bilimlarni bilish taqozo etiladi: - AKT bo’yicha bilim, ko’nikma va malakaga ega bo’lish; -YaPT (yangi pedagogik texnologiya) bo’yicha xorijiy tajribalardan boxabar bo’lish; - Ta’lim jarayonini tashkil etishda didaktik o’yinlardan, interfaol usullardan foydalanish mahorati; -Ilg’or pedagogik texnologiya bo’yicha bilimlarni o’zlashtirib borish; -Bilimlarni ko’nikma va malakalarga aylantirish texnologiyasi shakllangan bo’lishi; -Dars jarayonida harakatli o’yinlardan unumli foydalana bilishi; -Imkoni bo’lsa darsni internet tarmog’iga bog’lab o’ta bilishi; -O’z ustida tinmay ishlashi, har soxaga oid yangiliklarni kuzatib borishi va boshqalar. - Innovatsion jarayonda o'qituvchining pozitsiyasi qanday? Albatta, pedagogik faoliyat asosan ijodiy faoliyatdir. Har qanday ijodiy faoliyat samarali faoliyat, ya'ni yangisini yaratishga, obyektiv ravishda yangi yoki subyektiv ravishda yangi natijaga erishishga qaratilgan faoliyat sifatida qaraladi. O'qituvchi innovatsion jarayonda muallif, dasturchi, tadqiqotchi, foydalanuvchi, yangi pedagogik texnologiyalar, nazariyalar, tushunchalarni targ'ib qiluvchi sifatida harakat qilishi mumkin. Ta'limdagi innovatsion jarayonlar to'g'risidagi bilimlar, bu bilimlarni o'z faoliyatini baholashda qo'llash qobiliyati o'qituvchiga pedagogik ijodda, kasbiy va pedagogik madaniyatni o'zlashtirishda, o'zini takomillashtirishda keng imkoniyatlarni namoyon etish uchun asos yaratadi.
- Ta’limda innovatsion texnologiya XX asrning oxirlarida deyarli barcha rivojlangan mamlakatlarda tez tarqalib, nufuzli YUNESKO tashkiloti tomonidan ham tan olindi va qo’llab- quvvatlandi. Hozirda ko’pgina mamalakatlarda muvoffaqiyatli qo’llanilib kelinmoqda. Ko’pgina mamlakatlar innovatsion texnologiyadan foydalanib, ta`lim-tarbiya tizimini rivojlantirishda, o’quvchilar o’zlashtirishini oshirishda sezilarli yutuqlarga erishdilar.
Xulosa - Innovatsion texnologiyalardan asosiy maqsad o’qituvchi va o’quvchi mushtarakligiga erishish, o’quvchilarni fanga qiziqtirish, ta’limga bo’lgan munosabatni o’zgartirish, o’rganilgan bilimlarni ijtimoiy sharoitlarda qo’llay olish ko’nikmasiga ega bo’lish, AKT va didaktik materiallarni mavzu bilan uyg’unlashtirish kabilarni keltirish mumkin.
- Xulosa qilib aytganda, innovatsion texnologiya – bu ilmiy izlanishlar, ishlanmalar yaratish, tajriba – sinov ishlari olib borish yoki boshqa fan-texnika yutuqlaridan foydalangan holda o’quvchilarga yangi bilim berishdan iboratdir.
E’tiboringiz uchun rahmat! Bajardi: Oribxonova Durdona BT 101-guruh talabasi
Do'stlaringiz bilan baham: |