PEDAGOGIK FANLARNI O’QITISHDA DIDAKTIK VOSITALARDAN FOYDALANISH
MUNDARIJA
Kirish.
ASOSIY QISM
1.Kasb-hunar ta’limi pedagogikasi va didaktik tushunchalar
2. O’quv - didaktik materiallarning turlari
3. O’quv va didaktik materiallarni tayyorlash
XULOSA
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish
Mustaqil O’zbekiston Respublikasida shakllanayotgan milliy istiqlol g’oyasi Respublika Konstitusiyasida e’tirof etilgan insonparvar, demokratik, huquqiy davlat va jamiyatni barpo etish, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy hamda madaniy rivojlanishning yuqori bosqichlariga ko’tarish, jahon hamjamiyati safidan munosib o’rin egallashga yo’naltirilgan ezgu maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qiladi.
Ushbu masadlarning ijobiy natijaga ega bo’lishi, eng avvalo, yosh avlodga ilmiy bilimlar asoslarini puxta o’rgatish, ularda keng dunyo qarash hamda tafakkur ko’lamini hosil qilish, ma’naviy-ahloqiy sifatlarni shakllantirish borasidagi ta’limiy-tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil etishga bog’liqdir. Zero, yurtning porloq istiqbolini yaratish, uning nomini jahonga keng yoyish, ulug’ ajdodlar tomonidan yaratilgan milliy-madaniy merosni jamiyatga namoyish etish, ularni boyitish, mustaqil Respublikamizning rivojlangan mamlakatlar qatoridan joy egallashini ta’minlash yosh avlodni komil inson hamda malakali mutaxassis qilib tarbiyalashga bog’liqdir.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining sessiyasi (1997yil 29 avgust)da qabul qilingan hamda bugungi kunda g’oyalari amaliyotga keng ko’lamda muvaffaqiyatli tadbiq etilayotgan O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni va «Kadirlar tayyorlash Milliy dasturi» mazmunida barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga yetkazish jarayonining mohiyati to’laqonli ochib berilgandir. Malakali kadrlar tayyorlash jarayonining har bir bosqichi o’zida ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, uni yuqori bosqichlarga ko’tarish, shu bilan birga jahon ta’limi darajasiga ko’tarish borasida muayyan vazifalarni amalga oshirishi lozim. Chunonchi, mazkur jarayonning bosqich (2005 va undan keyingi yillar)da «…ta’lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalarini yanada mustahkamlash, o’quv-tarbiya jarayonini yangi o’quv-uslubiy majmualar, ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan to’liq ta’minlash» kabi dolzarb vazifalar ijobiy hal etilmog’i lozim.
Mazkur vazifalarning muvaffaqiyatli hal etilishda yana bir omilning mavjudligi, ya’ni, uzluksiz ta’lim tizimi xodimlari, pedagog-o’qituvchilarning zamonaviy ta’lim texnologiyalarining mohiyatidan habardorliklari hamda ularni ta’lim jarayonida samarali qo’llay olishlari, ta’lim jarayonini tashkil etishga nisbatan ijodiy yondashuvning qaror topishi, shuningdek, ta’lim jarayonida didaktik vositalardan samarali foydalanishi muhim ahamiyat kasb etadi.
O’qituvchi-pedagoglarning didaktik jarayonni noan’anaviy shakllarda tashkil etish, ta’lim jarayonini mukammal andoza asosida loyixalashga erishish, didaktik jarayonni obyektiv nazorat qilish shakllarini ishlab chiqish hamda o’quv-didaktik vositalardan oqilona foydalana olish ko’nikmalarga ega bo’lish ta’lim oluvchilar tomonidan nazariy bilimlarni puxta, chuqur o’zlashtirilishi, ularda amaliy ko’nikma va malakalarning hosil bo’lishining kafolati bo’la oladi.
Mavzuning dolzarbligi: Bugungi kunga kelib uzluksiz ta’lim sharoitida pedagog kasbi eng ommaviy kasbga aylanib qoldi. Bu esa o’z navbatida pedagogik jarayonga tajribali va iste’dodli pedagoglarni jalb qilishni taqozo etadi. Ushbu dolzarb muammoni hal etishda, ya’ni davlat ta’lim standartlari talablari darajasidagi kadrlarni tayyorlash ishlari «oddiy» pedagoglar tomonidan faqatgina zamonaviy o’qitish texnologiya va o’quv-didaktik hamda vizual vositalarni qo’llab didaktik jarayonni tashkil etish va obyektiv boshqarish orqali ijobiy amalga oshirilishi mumkin.
Tadqiqot obyekti – Pedagogikani o’qitishda foydalaniladigan didaktik materillar va ularning turlari.
Tadqiqot predmeti – ta’lim-tarbiya jarayonida sifatli natijaga erishishga imkon yaratadigan didaktik qoidalar va vositalar
Tadqiqot maqsadi – pedagogika fanini o’qitishda o’quv-didaktik materiallardan foydalanish samaradorlikka erishishning pedagogik jihatlarini o’rganish
Tadqiqot farazi – didaktik jarayonning zamonaviy texnologiyalarini qo’llash o’qitish jarayonini yagona shaklga keltirish va yuqori samaradorlikka erishishga imkoniyat yaratadi. O’quv jarayonini loyihalashning asosiy bosqichi hisoblangan maqsadga erishilganlikni obyektiv nazorat qilish shakl va uslublarini yaratish va uni amalga oshirish kafolatli natijaga erishishni ta’minlaydi, ya’ni:
- o’quvchilarda nazariy materiallarni tasavvur qilib o’rganish imkoniyati yuzaga keladi;
- o’quv materiallarini vizuallashtirish orqali o’quv materialini o’rganish nisbatan motiv yuzaga keltiriladi;
- ta’lim-tarbiyadan kutilgan natijalarga erishish barcha o’qituvchilar uchun yetarli darajada ta’minlanadi.
Qo’yilgan maqsad va farazlarga asoslangan holda tadqiqotning vazifalari quyidagicha belgilandi:
· Kasb-hunar ta’limi pedagogikasi va didaktik tushunchalarni yoritish
· O’quv - didaktik materiallarning turlarini o’rganish
· O’quv va didaktik materiallarni tayyorlash va foydalanish yo’llarini o’rganish.
ASOSIY QISM
1.Kasb-hunar ta’limi pedagogikasi va didaktik tushunchalar
Kasb-hunar ta’limi pedagogikasi -pedagogikaning bir bo’limi bo’lib, u ta’lim psixologiyasi, tarbiya psixologiyasi, sosiologiya va mehnat ta’limi bilan uzviy bog’liqdir. Bugungi kunda unga sanoat, ishlab chiqarish va mehnat pedagogikasining maxsus savollari qarashlidir.
Kasb-hunar ta’limi pedagogikasining bo’limlari juda keng.
Bu bo’limlar umumiy kasb-hunar ta’limi pedagogikasining asoslarini va asosiy savollarini, kasb-hunar maktab ta’limi pedagogikasi, mehnat pedagogikasi, kasb-hunar ta’limi qiyosiy pedagogikasi, hunar yo’nalishi didaktikasi, mutaxassislikni qayta tiklash (reabilitasiya), shuningdek uchinchi dunyo mamlakatlaridagi kasb-hunar ta’limining asosiy masalalarini o’z ichiga qamrab olgan.
Bundan tashqari, ular kasb-hunar tarbiyasining ijtimoiy-psixilogik shart-sharoitlarini, kasb-hunar ta’limi nazariyasini, shuningdek, kasb-hunar ta’limi huquqini ham qamrab olgan.
Ingliz tilida so’zlashuvchi mamlakatlarda «Educational Technology» (ta’lim texnologiyasi) deb nomlanuvchi «kasbiy pedagogikasiga» o’xshash fan mavjud, ammo ularning mazmunida hyech qanday bevosita o’xshashlik yo’q. Bu fanda ham shunday mavzular berilgan: masalan, «audio-vizual vositalar», «o’quv jarayoni», «ta’lim metodlari va strategiyasi», «baholash texnikasi» va boshqalar.
«Ta’lim texnologiyasi» - butun o’qitish va o’qish jarayonini ishlab chiqish, amalga oshirish va baholashning sistematik yo’li bo’lib, u maqsadga erishishga yo’naltirilgan holda, insonlarning o’rganish qobiliyati va insonlar o’rtasidagi muloqot to’g’risidagi tadqiqotlar natijasiga va ta’lim jarayonini yanada samarali tashkillashtirish uchun jonli, jonsiz resurslar bilan shug’ullanishga asoslangan."
(Commission of Instructional Technology (Ta’lim texnikasining komissiyasi), AQSh)
«Didaktika" tushunchasi nimani bildiradi?
«Didaktika» tushunchasi (grekcha «didaskein») «O’qitish va o’qish nazariyasi» degan ma’noni bildiradi.
Didaktika nazariy dars va instruktaj o’tkazishning maqsadi, mazmuni, metod va shart-sharoitlarini belgilaydi.
O’qituvchi va amaliyot o’qituvchisi uchun “didaktika" tushunchasi nimani bildiradi?
Didaktika amaliyot o’qituvchisi va texnika o’qituvchisiga to’g’ri pedagogik munosabat bo’yicha bilimlarni beradi. Keyinchalik esa gap “nimani va nima uchun o’qitish kerak?” va «qaysi tarzda va nimalar yordamida o’qitish kerak?" mavzulari orasidagi munosabat to’g’risida boradi.
Bunda quyidagi savollar asosiy rol o’ynaydi:
· O’qish va o’qitish jarayonida qanday maqsadlarga erishilishi lozim?
· Qanday mazmunlarni o’qitmoq kerak?
· Qanday dastlabki shart-sharoitlarga e’tiborni qaratmoq lozim?
· O’qitish jarayoninning qanday shaklini rejalashtirmoq kerak?
Har qanday sharoitda ham quyidagilarga e’tiborni qaratmoq darkor:
· O’quvchilar qanday bilimlar zahirasiga ega?
· Ta’lim beruvchi shaxslarga qanday talablar qo’yiladi?
«Nima?», «nima uchun?» degan savollarga javob o’qish maqsadlari asosida belgilanadi.
Shunday qilib «nima?» degan savol nazariy va amaliy darslardagi mavzular va mazmunlarni anglatadi. Bunday sharoitda eng asosiysi mazmun hisoblanadi.
«Maxsus didaktika» didaktika va biror aniq yo’nalishdagi maxsus fanning mazmunlari bilan aloqa o’rnatishga harakat qiladi.
Maxsus didaktikada e’tibor o’quv amaliyotining maxsus muammolariga qaratiladi. «Texnik chizmalar» sohasining maxsus didaktikasi «Matematika» sohasining maxsus didaktikasidan ma’lum detallar orqali ajralib turishi kerak.
Didaktikaning metodika bilan o’zaro bog’liqligi
Didaktika va metodika (uslubiyot) bir-biri bilan uzviy bog’liq.
Metodika deganda ilmiy usullar xakidagi fan tushuniladi. Bu fan didaktikaning bir bo’limidir.
Didaktika «nima» va «nima uchun» o’qitish kerak degan savollar bilan shug’ullansa, u bilan uzviy bog’liq holda metodika esa «qaysi tarzda» va «nimalar yordamida» o’qitish masalalari bilan shug’ullanadi. Bunda amaliy usullar tizimi maxsus sohaning mazmuniga bog’liqligini xisobga olish zarur.
Boshqacha qilib aytganda, o’qitish metodikasi – bu turli hil yo’llar va usullar tizimi bo’lib, o’quv-didaktik materiallaridan foydalanib, belgilangan maqsadlarga erishish uchun nazariy dars va instruktaj paytida qo’llaniladi.
Didaktika va metodika bir medalning ikki tomonidir; «Nima uchun va nima». Ya’ni didaktika, «Qaysi tarzda va nimalar yordamida», ya’ni metodikani belgilaydi.
Misol uchun, nazariy dars o’qituvchisi «matematika» darsida boshqacha usullarni qo’llaydi, ustaxonada «Eniga yo’nish» (prodolnaya obtochka) mavzusi bo’yicha instruktaj berayotgan amaliyot o’qituvchisi esa boshqacha usullarni qo’llaydi. Ikkala hol ham nazariy bilimlarni berish jarayonlaridir.
Ya’ni yaqqol ko’rinib turibdiki, ularning maqsad, mazmun, qo’llangan usullari hamda o’quv-didaktik materiallari va qo’llanadigan baholash usullari bir biridan farqlanadi.
Didaktik tamoyillar
Didaktik tamoyillar nazariy dars va instruktaj mazmunlari, usuli va tashkil qilinishiga tegishlidir. Didaktik tamoyillar o’qitish va o’qish jarayonida qoidalar sifatida qo’llanish uchun ishlab chiqilgan. Ularni har doim ham bir biridan aniq ajratib bo’lmaydi.
Quyidagi prinsiplar qandaydir tushunchalar emas, balki o’qitish va o’qish vaziyatlarini samarali tashkil qilish bo’yicha qoidalar bo’lib, kasb-hunar ta’limi amaliyotining tajribasiga asoslangan.
1. Faollik tamoyili
O’quvchi o’zi harakat qilgan paytda eng yaxshi o’rganadi va o’zlashtiradi. Shuning uchun o’quv vaziyati shunday tashkil qilinishi kerakki, o’quvchi bir-necha ish-harakatlar qilishi kerak bo’lsin.
O’quvchilar har bir darsda unumli ravishda faol bo’lishi lozim, chunki o’zi nimanidir qilayotgan paytda o’quvchi bu narsani ongliroq ravishda o’zlashtiradi va bu bilim xotirasida chuqurroq o’rnashib qoladi.
Buning natijasida o’quvchilar bilimlarni yaxshiroq va chuqurroq o’zlashtiradi va eslab qoladi hamda ularning qiziqishi ortadi. Ba’zi bir kvalifikasiyalarga esa, masalan mustaqillik va individual ravishda o’rganish kabi qobiliyatlarga faqat shu tarzda erishish mumkin xolos. Buning uchun, albatta, instruktor yoki o’qituvchi juda yaxshi uslubiy qobiliyatlarga va ko’nikmalarga ega bo’lishi kerak.
2. Nazariya va amaliyotni bir biri bilan bog’lash tamoyili
Nima o’qitilayotgan yoki o’qilayotgan bo’lsa ham, bu narsa albatta amaliyotga taalluqli bo’lishi shart. Bu o’quvchilarning o’qishga ishtiyog’ini kuchaytiradi, chunki ular kasb-hunar amaliyotida haqiqatdan ham qo’llaniladigan bilimlarni o’rganayotganliklarini biladi.
Nazariy bilimlar doim kasb-hunar amaliyoti bilan bog’lanishi lozim. Amaliy ta’lim ham o’z navbatida nazariy bilimlarga asoslangan bo’lishi kerak.
3. Ko’rgazmalilik tamoyili
Mashg’ulot jarayonida o’quvchilarning individual o’rganish-o’zlashtirishini kuchaytirish uchun o’quv materialini o’zlashtirish paytida iloji boricha ko’prok sezgi organlari ishga solinishi kerak. Bilimlarni iloji boricha ko’rgazmali va real hayotga yaqin qilib taqdim qilish - bir tomondan tilning tushunarliligini va ta’lim jarayonida audio-vizual vositalardan foydalanishni talab qilsa, ikkinchi tomondan, u bevosita ish xolatida va real obyektlarda o’qitishni talab qiladi. Dars jarayonida bilimlarni ko’rgazmali berilsa, o’quvchilar bu bilimlarni o’zlashtirishlari osonlashadi va o’quv jarayoni yanada qiziqarli bo’ladi. Real obyektlarda o’qitish doim eng birinchi o’rinda turishi kerak.
4. Tushunarlilik tamoyili
O’quv materialining mazmuni shunday tanlangan va tuzilgan bo’lishi kerakki, o’quvchilar uni o’zlarining avvalgi bilimlari bilan bog’lay olishlari va uni tushunishda qiynalmasligi lozim. Ya’ni o’quv materialining mazmuni, shuningdek o’qituvchi va instruktorning tili va fikrlarini ifodalash usuli o’quvchining bilim saviyasiga mos kelishi lozim, ammo bu o’qituvchi ilmiy tildagi terminlardan foydalanmasligi kerak degani emas. (karang: «Ta’limning asosiy koidalari")
5. Namunalardan foydalanish tamoyili
O’qituvchi yoki instruktor o’quv materialining mazmunini tushuntirish uchun har doim yaxshi namunalarni tanlashga harakat kilishi kerak. Yaxshi model, amaliyotdan tipik misollar, yaxshi hamda yomon maxsulotlar ham kutilgan darajadagi natijaning sifati qanday bo’lishi yoki bo’lmasligini aniq ko’rsatadi.
6. Didaktik reduksiya tamoyili
Berilayotgan bilimlarni o’rgatish uchun bu bilimlar kerakli miqdorgacha qisqartitilishi lozim. O’quv materialining xajmi juda kattaligi sababli, undan aynan kasb-hunar vazifalarini bajarish uchun kerakli qismlar tanlab olinishi kerak.
Kompleks (umumiy) va murakkab topshiriklar doimo didaktik ravishda osonlashtirilishi lozim, lekin ma’nosi o’zgarmasligi shart.
Shuning uchun, agar faqat boshlang’ich bilimlar kerak bo’lsa, o’quv materialini iloji boricha oddiyroq tushuntirishga va nihoyatda ko’p va keng o’quv materiali bilan o’quvchini qiynamaslikka harakat qilish kerak. Tajribali o’kituvchi murakkab narsalarni oson so’zlar bilan tushuntira oladi.
7. Ilmiylik tamoyili
O’quv materiali shunday tanlanishi kerakki, u haqiqiy va ilmiy jixatdan aniq tasdiqlangan yoki ilmiy tadqiqotlar asosida sinalgan bo’lishi kerak, shuningdek, fanning yangi yutuqlari va kashfiyotlarini o’zida aks ettirishi lozim. O’qituvchining taxminiga yoki subyektiv fikriga asoslangan material qo’llanmasligi kerak. O’qituvchi o’rgatgan bilimlar albatta nazariy tasdiqlangan va amalda sinalgan bo’lishi shart.
8. Bilimlarni qo’llash tamoyili
O’qituvchi o’rgatgan bilimlarni o’quvchilar amalda ko’llay bilishlari kerak. Shuning uchun ham bu bilimlar ko’llanarli va amaliy vaziyatda sinalgan bo’lishi zarur. Bunday amaliy vaziyatlar o’qituvchi tomonidan (eksperiment, tajriba… asosida) yaratilishi lozim.
9. Natijalarni mustaxkamlash tamoyili
Kishi ko’rgan, eshitgan yoki qilgan narsalar tez unutilishi mumkin. Shu sababli albatta mashqlar o’tkazish va muammo hamda savollar yechimini topish zarur. O’qishdagi muvaffaqiyat baholanishi va tan olinishi kerak. Bu o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida doimiy o’zaro aloqa bo’lishini talab qiladi, natijalar esa maxsus «Baholash varoqlari»da qayd qilinishi kerak.
Ma’lumki, didaktik prinsiplari bilan bir qatorda o’qitishning asosiy qoidalari ham bor. Ular, umuman olganda, o’qituvchi faoliyatining yo’l-yo’rig’i sifatida xizmat qiladi, alohida olganda esa tushunarlilik prinsipini qo’llab-quvvatlaydi.
O’qitishning asosiy qoidalari:
· Tushunarlidan tushunarsizga
· Yaqindan uzoqqa
· Osondan qiyinga
· Aniqdan mavhumga
· Umumiydan xususiyga
· Umumlashtirilgandan yakkaga
Didaktik xatti-harakatlar
Didaktik xatti-harakatlar deganda, biz o’qituvchining ta’lim jarayonini didaktika va metodika bilimlarini qo’llash orqali tashkillashtirish xatti-harakatlarini tushunamiz.
Ular o’zaro bog’liq va aylanma harakatda amalga oshadigan o’qitish tadbirlari modeliga asoslangan.
Ya’ni ular mashg’ulot jarayonida yoki ish o’rnida o’qituvchi tomonidan muntazam ravishda takrorlanadigan tadbirlarni bildiradi. Ular biror jarayonning barcha elementlarini qamrab oladi, misol uchun aniq bir nazariy darsni yoki instruktajni o’tkazish uchun «Tayyorgarlik ko’rish-O’tkazish-Baholash» kabi harakatlar kerak.
Didaktik xatti-harakatlar quyidagi savollar bilan uzviy bog’langan: 1. Kimlar o’qitadi?
2. Kimlarni o’qitish kerak?
3. O’qitish orkali qanday maqsadlarga erishish kerak?
4. Maqsadlarga erishish uchun qanday mazmunlarni o’qitish kerak?
5. Nazariy yoki amaliy darsda qaysi usullar yordamida o’qitish kerak?
6. Nazariy yoki amaliy dars qanday sharoitda o’tkazish kerak?
7. O’qishni qanday tashkil kilish kerak?
8. Ko’zlangan maqsadga erishishni tekshirish uchun natijalar qanday baholanadi?
Nazariy bilimlarni o’qitish bo’yicha quyidagi didaktik xatti-harakatlarni ko’rsatish mumkin:
1. Nazariy dars yoki instruktajga oid dastlabki shart-sharoitlar va tayyorgarlikni baholash
2. O’quv maqsad va o’quv mazmunlarni belgilash
3. Nazariy dars va instruktaj rejalarini ishlab chiqish
4. O’quv-didaktik materiallarni tayyorlash
5. Nazariy dars va instruktajlarni o’tkazish
6. Nazariy bilimlarni baholash
Didaktik xatti-harakatlar amaliy qobiliyatlar va ko’nikmalarni o’qitish sohasida tegishli bosqichlarga bo’linishi mumkin.
Bu yerda bizga «Mukammal kasbiy harakat modeli» ma’lum. Uning 6 bosqichi esa Germaniya ta’lim tizimida «Yo’naltiruvchi tekst usuli» nomi bilan aytiladi. Bu 6 bosqichni o’quvchilar har bir amaliy ish-harakatni bajarish uchun mustaqil amalga oshirishlari kerak, faqat (kerak bo’lganda) instruktorning rahbarligida:
1. Ma’lumot yig’ish
O’quvchi berilgan ish topshirig’ini taxlil qiladi va kerakli hamma ma’lumotlarni mustaqil ravishda yig’adi.
2. Reja tuzish
O’quvchi mustaqil ravishda barcha kerakli ish bosqichlaridan iborat ish rejasini tuzadi
3. Qaror qabul qilish
O’quvchi o’qituvchi bilan birgalikda ish rejasini amalga oshirish to’g’risida qaror qabul qiladi.
4. Amalga oshirish
O’quvchi ish rejasi asosida ishni mustaqil bajaradi
5. Tekshirish
O’quvchi ish natijasini mustaqil tekshiradi va «Baholash varog’i»ni to’ldiradi.
6. Xulosa chiqarish
O’quvchi va o’qituvchi birgalikda ish jarayonini, shuningdek, ish natijalarini taxlil kiladi va xulosa chiqaradi.
"Faoliyat sohasi" tushunchasi:
Amaliyot o’qituvchisi va nazariya o’qituvchining turli hil vazifalaridan tipik vazifalalarini ajratish mumkin. Ular ta’limga oid faoliyat bilan o’zaro bog’liq.
O’zaro bog’liq bilimlar, strategiya, texnika va tadbirlardan iborat bunday tuzilishni (strukturani) biz «faoliyat sohasi» deb nomlaymiz.
Ammo buni o’qituvchi yoki instruktorning yuqorida ko’rsatilgan didaktik xatti-harakatlar bilan adashtirish mumkin emas, chunki didaktik xatti-harakatlar aynan nazariy dars yoki instruktajlarning sikli bilan bog’liqdir. Faoliyat sohasi ko’proq narsani o’z ichiga oladi.
Faoliyat sohalarini belgilashdan maqsad - o’qituvchi va amaliyot o’qituvchining turli hil vazifalaridan tipik vazifalarini ajratish va ta’riflash. Bunday faoliyat sohasi turli vazifalar miqdorini o’z ichiga olishi mumkin, ya’ni u keng ham tor ham bo’lishi mumkin.
Albatta, faoliyat sohasi o’z ichiga didaktik xatti-harakatlarni qamrab olgan, lekin bu harakatlar uning faqat bir qismini tashkil qiladi.
Seminarning keyingi bo’limlarda o’quv materiali faoliyat sohalarga bo’lingan. Biz faoliyat sohalarini keng ko’lamli qilib tuzdik va ulardan mazmunlarni tuzish asosi sifatida foydalandik.
Nega deganda, bu shakl bilimlarni amaliyotga yakin ravishda o’kitishni osonlashtiradi. Shuningdek, faoliyat sohalari esa o’z navbatida yanada bo’linib, o’qituvchi va instruktorning topshiriklarini aniq belgilash imkoniyatini yaratadi.
2. O’QUV - DIDAKTIK MATERIALLARNING TURLARI
O’quv - didaktik materallar (yoki o’quv vositalari) deganda, o’qitilishi va o’rganilishi lozim bo’lgan bilimlarni beruvchi har qanday axborot tashuvchilarni tushunamiz. Ular axborot olish va axborotni qayta ishlash uchun ishlatiladi.
Nazariy darslarda ular asosan matnli vizual vositalardan, misol uchun o’quv kitoblari va kartotekalardan tashkil topadi.
Amaliy mashg’ulotlarda ular kurs materiallari, qo’llanma kitoblar, jadvalar, ekspluatasiya bo’yicha qo’llanmalar kabilardan tashkil topgan bo’lishi mumkin.
Bunday o’quv va didaktik materiallarga qo’shimcha tarzda tasviriy-vizual vositalardan (fotosuratlar, rasmlar, chizmalar, grafiklar...) dan ham foydalaniladi. Ular umumiy va keng qamrovli tasavvurni vujudga keltirishni osonlashtiradi.
Воситалар укув-дидактик
материаллар сифатида
Мехнат сохасида
ишлатиладиган
оригинал
нарсалар
Нарсали
(предметли),
текстли,
тасвирли ёки
аудио-визуал
воситалари
текстли-визуал
воситалар
Маълумот олиш ва маълумотларни
ќайта ишлаш:
· Махсус адабиёт
· Ўқув-дидактик материаллар, тарқатмалар
· Ўқув дастурлари
· Имтиҳон ва назорат вароқлари
· Ташкилий формулярлар
тасвирли-визуал
воситалар
Умумий ёки масштабли тасаввурни
вужудга келтириш
· Фотосуратлар ва тасвирлар
· Эскиз, чизма ва схемалар
· Рамзий тасвирлар, режа-жадваллар, символлар
· Диаграмма ва графиклар
аудио-визуал
воситалар
Жараёнлар ва ишлаш механизмлари тўғрисида
ҳақиқий тасаввурларни вужудга келтириш
· видеофильмлар
· фильмлар
· диа-товушли маҳсулотлар
· компакт дисклар (CD-Rom)
Ўқув мақсадлари жиҳатидан
визуаллаштириш воситаларининг
функцияси ва турлари
Ovoz va tovushli (audio), shuningdek, tasviriy tasavvurlarni shakllantiradigan audio-vizual vositalar jarayenlar va funksiyalar to’g’risidagi keng kamrovli real tasavvurlarni vujudga keltiradi.
Predmet vositalari buning aksi o’larok tasvir va matnlarni yozib olish va saqlash imkonini beradi. Ular doska, flipchart, kodoskop (proyektor) kabilardir.
Ish sohasiga tegishli asl narsalar, ya’ni mahsulotlar, asboblar va boshqalar dars yoki instruktaj paytida didaktik funksiyaga ega bo’lsa, o’quv vositasi sifatida qo’llanilishi mumkin.
Ushbu vositalardan foydalanishda ularni muayyan maqsad, mo’ljallangan guruh, maxsus soha va usullarga mos holda tanlash muhim o’rin tutadi. Va nihoyat amaliyot ukituvchisi o’quv va ko’rgazmali vositalarni ishlata olishni va ulardan maqsadga muvofik va oqilona tarzda foydalanishni bilishi kerak. Texnik vositalardan foydalanayotganda yuzaga keladigan texnik muammolarni hal qila oladigan bo’lishi lozim.
O’quv va didaktik materiallarni ishlatishda albatta ularning mavjudligi katta rol uynaydi. Amaliyot o’qituvchisi, shuningdek, KHTBYu o’qituvchisi o’z maxsus sohasi uchun qanday materiallar, qanday yangiliklar borligiga, shuningdek, qaysi maxsus sohalarda uning o’zi yangiliklar qilishi kerakligi yuzasidan umumiy tushunchaga ega bo’lishi lozim. Ko’pincha o’qituvchilar doska tasvirlari, flipchart tasvirlari va proyektor slaydlari kabi vizual vositalarni o’zlari ishlab chiqadilar.
Quyida o’quv va didaktik materiallarni tayyorlash va rivojlantirish uchun ko’rsatmalar beriladi.
Tayyorgarlik natijasida amaliyot o’qituvchisi, shuningdek, KHTBYu o’qituvchisi o’z maxsus sohasini to’liq qamrab oluvchi o’quv va didaktik materiallarga ega bo’ladi.
Buning uchun u ruyxat tuzib borishi kerak.
3. O’quv va didaktik materiallarni tayyorlash
Dars va instruktaj uchun manba materiali sifatida ishlatadigan vositalarimizni quyidagicha farqlaymiz:
O’quv materiallari - ular amaliyot o’qituvchilari tomonidan darsni ko’rgazmali tarzda o’tkazish va bilim berish uchun qo’llaniladi
Didaktik materiallar - ular o’quvchilar tomonidan o’rganish uchun qo’llaniladi va amaliyot o’qituvchisi tomonidan tayyorlanadi.
Ko’pincha o’quv materiallari bir paytning o’zida didaktik materiallar hamdir. Ular ham o’qitish, ham o’rganish uchun ishlatiladi.
O’quv va didaktik materiallarni tayyorlash deganda, amaliyot o’qituvchisi tomonidan ularning tanlanishi va dars yoki instruktaj maqsadiga moslashtirilishi anglashiladi.
Nashr qilingan vositalar yo’q bo’lsa, u holda ularni amaliyot o’qituvchisining o’zi tayyorlashiga to’g’ri keladi - shunday bo’lsada, amaliyot o’qituvchisi „o’quv va didaktik materiallarning yaratuvchisi“ emasligini inobatga olishimiz kerak, chunki u o’zining ta’lim berish borasidagi kundalik burchini bajarishi lozim. Lekin o’quv va didaktik materiallarsiz u, baribir, yordamga muhtoj bo’lib qoladi.
Amaliyot o’qituvchisi tomonidan tayyorlanadigan
o’quv va didaktik materiallar turlari
Ushbu materiallarni rivojlantirish uchun amaliyot o’qituvchisi chegaralangan vaqt va texnik imkoniyatlarni inobatga olgan holda e’tiborini quyidagilarga qaratishi lozim:
· Ish varaqalari, tarqatmalar (bosilgan matnlar nusxalari), slaydlar, doska tasvirlari uchun eskizlar
· Yozma topshiriqlar, yozma va og’zaki testlar uchun so’rov qog’ozlari
· Baholash varag’i, nazorat qag’ozi
· ish rejalari, tashkiliy xujjatlar
Amaliyot o’qituvchisiga o’quv va didaktik materiallarning asosan qanday turlari kerak?
Nazariy bilim berishda, ya’ni nazariy darslar paytida amaliy ko’rsatmalar berilgan quyidagi vositalar ishlatiladi:
Turi
Ishlatish uchun ko’rsatmalar
O’quv kitoblari
Kitobning muayyan betlarini belgilab, dars rejasiga kiritilsin
Tarqatma materiallar
O’quv kitoblaridan yoki boshka manbalardan saylanma nusxalar tayyorlansin va ko’paytirilsin, formulyarlar tayyorlansin
Doska tasvirlari
Mavzu va grafiklarga eskizlar tayyorlash, ularni to’plash uchun maxsus papka ochish
Slaydlar
ular nusxalash apparatida yoki kompyuterda tayyorlansin va maxsus papkada to’plansin
Modellar
ustaxonadagi har bir predmet yaroqli - ham yaxshi, ham yomon ish mahsulotlari ko’rsatilishi lozim.
Amaliy mashg’ulotlar, amaliy ish jarayonlari paytida amaliy ko’rsatmalar bilan to’ldirilgan quyidagi vositalardan foydalaniladi:
Turi
Ishlatish uchun ko’rsatmalar
Texnik chizmalar
buning uchun asl nusxalar papkalarda to’plansin va slaydlarga mahkamlansin
Ekspluatasiya ko’rsatmalari
nusxalardan tarqatmalar va slaydlar tayyorlash uchun ishlatiladi
Ish rejalari va boshqa fomulyarlar
faqat nusxalar ishlatilsin, asl nusxalari toza saqlansin
Modellar, real asboblar va mahsulotlar
yaxshi va yomon mahsulotlar kutilgan sifatga nisbatan yuzaga kelgan farqni ko’rsatib berishi mumkin
O’quv va didaktik materiallar amaliyot o’qituvchisi tomonidan qanday qilib tayyorlanishi mumkin?
O’quv va didaktik materiallar umuman olganda tijorat firmalari tomonidan ishlab chiqiladi.
Deyarli har bir kasb sohasi uchun kamida bitta o’quv kitobi yaratilgan. Hattoki, ham milliy, ham xalqaro bozorda amaliy kurslar uchun bir qancha kurs materiallari mavjud. Amaliyot o’qituvchisi vazifasi birinchi galda kutubxonalarda istalgan materiallar borligini tekshirishdan iboratdir.
Agar manbalar mavjud bo’lsa...
Agar o’quv va didaktik materiallar mavjud bo’lsa, u holda amaliyot o’qituvchisi ushbu mavjud mavzularning rejalashtirilgan maqsadlari va mazmunlariga mos kelish-kelmasligini tekshirishi kerak.
Moslashtirish paytida quyidagi savollarga e’tibor qaratish lozim:
1. Manbalarda mauayyan mehnat sohasi uchun dalillar, tushunchalar, tamoyillar va usullar kabi mazmunlar bormi?
2. Manbalar „o’zlashtirilishi shart bo’lgan bilimlar“ va „o’zlashtirilishi mumkin bo’lgan bilimlar“ darajalaridagi mazmunlarga egami yoki yo’qmi?
3. Materiallar bilim berishga qaratilganmi yoki ko’nikmalar hosil qilishga mo’ljallanganmi?
Ushbu mulohazalardan keyin amaliyot o’qituvchisi materialning dars uchun yoki instruktaj uchun mosligini belgilaydi. Materiallar (kurrikulumda ko’rsatilgan) maqsadlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratishi lozimligi muhim ahamiyat kasb etadi.
Agar hyech qanday manbalar bo’lmasa...
Umuman olganda bunday holatlar sodir bo’lmaydi. Agar haqiqatdan ham hyech qanday materiallar mavjud bo’lmasa - balki o’quv kitoblari bordir - amaliyot o’qituvchisi ushbu manbalar asosida materiallarni o’zi ishlab chiqishi kerak bo’ladi.
Bosqichlar:
1. Kurrikulumdagi maqsadlar tahlil qilinadi
2. Maqsadlar asosida kelib chiqadigan mavzularni bilim turlariga qarab tartibga solinadi, ular quyidagilar: dalillar, tushunchalar, tamoyillar va usullar
3. Bilim berish (nazariy dars) va ko’nikmalar hosil qilish (instruktaj va mashqlar)ni ajratish lozim bo’ladi. Bunda doimo „o’zlashtirilishi shart bo’lgan bilimlar“ va „o’zlashtirilishi mumkin bo’lgan bilimlar“ darajalari inobatga olinsin.
4. Har bir mavzu uchun kamida bittadan ish varag’i va keyinchalik grafik va tasvirlar, shuningdek, qo’shimcha matnlar ishlab chiqiladi. Shu tarzda qadamba-qadam kurs papkasidagi materiallar ortib boradi.
5. Fotoapparat yordamida olingan ustaxonadagi ish jarayonlari tasvirlangan suratlar asosida rasmlar manbasini tuzish va ularni kurs papkasiga ilova qilish mumkin.
Umuman olganda, rasmlar kabi matn va grafiklarni ham kombinasiyalash mumkin.
Agar kompyuter mavjud bo’lsa:
...u holda o’quv va didaktik materiallar deyarli professional darajada ishlab chiqilishi mumkin.
Matnni yuqorida keltirilgan 4 bosqichni inobatga olgan holda ko’lyozma shaklida tayyorlash kerak. Matn tayyor bo’lgach, uni mantni qayta ishlovchi dastur, misol uchun Word for Windows dasturi orqali kompyuterga kiritish mumkin.
Grafiklarni kiritish uchun Power Point for Windows grafik dasturidan foydalaniladi. Ikkala dastur birga matn va grafik kombinasiyasini amalga oshirishga yordam beradi. (Ushbu seminar xujjatlari mana shu usulda tuzilgan)
Matnli ish varag’lari bilan birga illyustrasiyalar, grafiklar va fotosuratlar ham kerak bo’ladi. Ularni boshqa manbalardan fotonusxa olish orqali yoki „Scanner“ usuli yordamida kompyuterga kiritish mumkin.
Kasb-hunar ta’limi pedagogikasi -pedagogikaning bir bo’limi bo’lib, u ta’lim psixologiyasi, tarbiya psixologiyasi, sosiologiya va mehnat ta’limi bilan uzviy bog’liqdir. Bugungi kunda unga sanoat, ishlab chiqarish va mehnat pedagogikasining maxsus savollari qarashlidir.Kasb-hunar ta’limi pedagogikasining bo’limlari juda keng. Bu bo’limlar umumiy kasb-hunar ta’limi pedagogikasining asoslarini va asosiy savollarini, kasb-hunar maktab ta’limi pedagogikasi, mehnat pedagogikasi, kasb-hunar ta’limi qiyosiy pedagogikasi, hunar yo’nalishi didaktikasi, mutaxassislikni qayta tiklash (reabilitasiya), shuningdek uchinchi dunyo mamlakatlaridagi kasb-hunar ta’limining asosiy masalalarini o’z ichiga qamrab olgan. Bundan tashqari, ular kasb-hunar tarbiyasining ijtimoiy-psixilogik shart-sharoitlarini, kasb-hunar ta’limi nazariyasini, shuningdek, kasb-hunar ta’limi huquqini ham qamrab olgan.Ingliz tilida so’zlashuvchi mamlakatlarda «Educational Technology» (ta’lim texnologiyasi) deb nomlanuvchi «kasbiy pedagogikasiga» o’xshash fan mavjud, ammo ularning mazmunida hyech qanday bevosita o’xshashlik yo’q. Bu fanda ham shunday mavzular berilgan: masalan, «audio-vizual vositalar», «o’quv jarayoni», «ta’lim metodlari va strategiyasi», «baholash texnikasi» va boshqalar.
«Ta’lim texnologiyasi» - butun o’qitish va o’qish jarayonini ishlab chiqish, amalga oshirish va baholashning sistematik yo’li bo’lib, u maqsadga erishishga yo’naltirilgan holda, insonlarning o’rganish qobiliyati va insonlar o’rtasidagi muloqot to’g’risidagi tadqiqotlar natijasiga va ta’lim jarayonini yanada samarali tashkillashtirish uchun jonli, jonsiz resurslar bilan shug’ullanishga asoslangan."
«Didaktika" tushunchasi nimani bildiradi?
«Didaktika» tushunchasi (grekcha «didaskein») «O’qitish va o’qish nazariyasi» degan ma’noni bildiradi. Didaktika nazariy dars va instruktaj o’tkazishning maqsadi, mazmuni, metod va shart-sharoitlarini belgilaydi.
Didaktik material o'quv jarayonlarida ishlatiladigan material bo'lgani uchun, o'qitish va o'qitish o'rtasidagi munosabatlar haqiqatan ham o'z samarasini berishi uchun juda muhimdir. Didaktik material sifatida xizmat qiladigan har bir narsa o'qituvchi qo'llashni rejalashtirgan metodika uchun tegishli shart-sharoitlarni yaratishga imkon beradi.
Bu o'qituvchi o'z sinfida qo'yilgan maqsadlarga erishish uchun tegishli muhitni yaratishda ma'lum darajada o'zlashtirishi mumkin bo'lgan eng to'g'ri usuldir.
Didaktik material o'quv jarayonini engillashtiradi, o'qituvchi va talabalar o'rtasida aloqalarni o'rnatadi va taraqqiyotni his qilish uchun uyushgan tarkibga ega tuzilishga imkon beradi. Shuning uchun u har qanday o'quv jarayoni uchun muhim manbaga aylanadi.
43. Didaktik materiallar bu…
a) Pedagog tomonidan har bir darsga alohida tayyorlangan bo’lib, u dars mazmunini to’la ifodalash va o’quvchi-talabalar dars mazmuniga yaxshi tushunib yetishlari uchun xizmat qiladi
b) Muayyan o’quv predmeti mazmunini o’quv dasturida kursatilgan xajmda, didaktik talablarga muvofiq ravishda batafsil bayon qilib beradigan manba hisoblanadi
c) Asosan, tajribali pedagoglar tomonidan yozilib, faqat o’qituvchi va pedagoglarga qo’shimcha o’quv quroli bo’lib xizmat qiladi
d) Bizgacha saqlanib kelayotgan yoki ilmiy asosda qayta tiklangan burungi mehnat qurollari, qurol-yarog’lar, zeb-ziynat buyumlari, uy-ro’zg’or anjomlari, turar joylar, qo’rg’onlar, maqbaralar, qadimgi shahar xarobalari va boshqalar kiradi.
O’quv va didaktik materiallarni tayyorlash
Nazariy va amaliy mashg’ulotlar uchun manba sifatida ishlatiladigan vositalarimiz quyidagicha farqlanadi:
Ko’pincha o’quv materiallari bir paytning o’zida didaktik materiallar sifatida, ya’ni o’qitish, o’rganish uchun ishlatiladi.
O’quv materiallari - Amaliyot o’qituvchilari tomonidan darsni ko’rgazmali va bilim berish uchun qo’llaniladi
Didaktik materiallari - Talabalarning o’rganishi uchun o’qituvchi tomonidan tayyorlanadi
O’quv va didaktik materiallarni tayyorlash deganda, o’qituvchi tomonidan ularning tanlanishi va nazariy yoki amaliy mashg’ulotlar maqsadiga moslashtirilishi tushuniladi.
Agar tayyor vositalar yo’q bo’lsa, u holda bu vositalarni o’qituvchining o’zi tayyorlashiga to’g’ri keladi.
Didaktik materiallar tayyorlash. Nazariy va amaliy mashg‘ulotlar uchun manba sifatida ishlatiladigan vositalarni tayyorlash ham metodik ishlarga kiradi. o‘quv va didaktik materiallarni tayyorlash deganda, o‘qituvchi tomonidan ularning tanlanishi va nazariy yoki amaliy mashg‘ulotlar maqsadiga moslashtirilishi tushuniladi. Agar tayyor vositalar yo‘q bo‘lsa, u holda bu vositalarni o‘qituvchining o‘zi tayyorlashiga to‘g‘ri keladi.
O‘quv va didaktik materiallarni tayyorlashda mehnat ta’limi o‘qituvchisi chegaralangan vaqt va texnik imkoniyatlarni inobatga olgan holda e’tiborini quyidagilarga qaratishi lozim:
-ish varaqalari, tarqatmalar (bosilgan matnlar nusxalari), slaydlar, doska tasvirlari uchun eskizlar;
-yozma topshiriqlar, yozma va og‘zaki testlar uchun so‘rov qog‘ozlari;
- baholash varag‘i, nazorat qog‘ozi;
- ish rejalari, tashkiliy hujjatlar.
o‘qituvchi uchun materiallar nafaqat sohaga tegishli ma’lumotlarni, balki tashkiliy ishlar, usul va natijalarni baholash borasidagi ma’lumotlarni ham o‘z ichiga oladi. O‘quvchilar uchun materiallar esa qoida bo‘yicha faqatgina sohaga tegishli jihatlarni o‘z ichiga oladi.
Didaktik materiallar o‘quvchilarga mo‘ljallangan bo‘lsa, o‘qitish materiallardan farq qilishi mumkin. Masalan: topshiriqlar varaqlari, savolnomalar, yo‘naltiruvchi usul savollari va muayyan tarqatma materiallar.
Tarqatma materiallar tayyorlash bo‘yicha eng yangi usullardan biri bu matnlarni ranglar bilan ajratish sanaladi:
-oq qog‘ozlar: mazmuniy jihatlar borasida matnlar (o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun)
-yashil qog‘ozlar: o‘quvchilarga topshiriqlar
-qizil qog‘ozlar: o‘qituvchining metodik hujjatlari va topshiriqlarning javob varaqalari.
Ranglarni kodlash ham hujjatlardan foydalanishni engilllashtiradi. SHuningdek, bugungi kunda kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda turli o‘quv didaktik materiallar tayyorlash uchun keng imkoniyatlar mavjud.
3.Metodik ishlarni boshqarish tizimi. O‘quv-tarbiyaviy jarayonni boshqarish pedagogik jamoa faoliyatini tashkillashtirish orqali amalga oshiriladi. SHu sababli o‘quv muassasida metodik ishlarni boshqarishning asosiy ob’ekti pedagogik jamoa hisoblanadi.
Umumta’lim maktabidagi metodik ishlarning aniq shakllarini maktab pedagogik kengashi belgilaydi. Maktab rahbari (direktor) metodik ishlarga umumiy rahbarlik qiladi. U «Metodik ishning rejasi»ni tasdiqlaydi, pedagogik kengash ishiga rahbarlik qiladi, instruktiv-uslubiy majlislar o‘tkazadi, o‘qituvchilar o‘tkazadigan mashg‘ulotlarni tahlil qiladi, alohida o‘qituvchilarning metodik ishlariga rahbarlik qiladi, yuqori organlar oldida o‘zi rahbarlik qilayotgan maktabdagi metodik ishlarning ahvoli to‘g‘risida hisobot beradi.
Direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari umuman maktabdagi metodik ishlarning, shuningdek fan uyushmalarida olib boriladigan metodik ishlarning tashkilotchisi hisoblanadi.
Sinf rahbarlari bilan olib boriladigan metodik ishlarni direktorning o‘quv-tarbiyaviy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, umumta’lim o‘qituvchilari bilan olib boriladigan metodik ishlarga esa ilmiy bo‘lim mudiri rahbarlik qiladi.
Umumta’lim maktabida o‘qituvchilarning metodik ishlari jamoaviy ishlar bilan birga olib boriladi. Jamoaviy metodik ishlardan eng muhimi fanlar bo‘yicha tashkil etiladigan metod birlashmalardir. Metod birlashmalarda ko‘riladigan masalalar quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
1) yangi o‘quv dasturi, darslik, qo‘llanma va uslubiy ishlanmalarni o‘rganish;
2) metodik yo‘riqnoma va buyruqlarni o‘rganish, ularni amalga oshirish yuzasidan tadbirlar ishlab chiqish;
3) o‘quv-ishlab chiqarish ishlarini, o‘quv-texnik hujjatlarini, turli ishlar uchun vaqt me’yorlarini, o‘quvchilarning ish o‘rinlarini tashkil etish va jihozlash masalalarini muhokama qilish;
4) o‘quv dasturi mavzularini o‘rganish metodlarini muhokama qilish, tekshirish ishlarini va malakalarini belgilashni tashkil etish;
5) ochiq darslar o‘tkazish va natijalarini muhokama qilish;
6) o‘qituvchilarning sinflaridagi tarbiyaviy ishlari, darsdan tashqari ishlarini bajarish metodikasi;
7) o‘qituvchining ta’lim-tarbiya ishlariga doir tajribalari, o‘quvchilar bilan fan va texnika yutuqlarini, ilg‘or mehnat qoidalarini o‘rganish kabi masalalar to‘g‘risidagi axborotlari.
Pedagogik kengashumumta’lim maktabida ta’lim-tarbiya jarayonining jamoaviy rahbaridir. Bu kengash o‘quv-uslubiy va tashkiliy-xo‘jalik ishlariga rahbarlik qilishda direktorga yordam beradi; kengash o‘z ishini direktor rahbarligida olib boradi. Pedagogik kengash quyidagi masalalar bilan shug‘llanadi:
1) maktabning yarim yillik, o‘quv ishlarining yakunlarini, shuningdek, malaka imtixonlari natijalarini muhokama qiladi;
2) o‘qituvchilarning malakasini oshirish, qayta tayyorlash tadbirlarini belgilaydi, o‘qituvchilarning o‘z ish tajribasi haqidagi ma’ruzalarini eshitadi;
3) o‘quv guruhlarida darslarning o‘zlashtirilishi, darsga qatnashish, usta va o‘qituvchilarning o‘quvchilar bilan olib boradigan tarbiyaviy ishlariga doir masalalarni ko‘radi;
4) o‘quv reja va dasturlarining bajarilishi va boshqa shu kabi masalalarni ko‘radi.
o‘qituvchilarning texnik va pedagogik malakalarini oshirishning jamoaviy shakllari seminar-trening, pedagogik o‘qishlar va boshqa shakllari bo‘lishi mumkin.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi pedagogikasi tahlili bo‘yicha, mazkur ta'lim-
tarbiya jarayonida ishchi va o‘rta pog‘onadagi mutaxassislarni tayyorlashdan tashqari,
o‘quvchilarga nafaqat barcha aniq, tabiat va gumanitar fanlardan so‘nggi majmua
ko‘rinishida bilimlarni berish va oliy o‘quv yurtiga (ixtiyoriy ravishda) tayyorlash,
bolaning aniq bo‘lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlarini rivojlanitirish hamda
mehnatga (yigitlarni harbiy xizmatga ham) tayyorlashdir. 15-18 yoshda o‘quvchilarda
diqqat yanada kuchayadi, atrof-muhit voqyea va xodisalarni tanqidiy idrok qilish,
mantiqiy fikrlash qobiliyati o‘sadi, ichki kechinmalarni tahlillash kuchayadi. Litsey va
kollej o‘quvchi shaxsining tarkib topishida uning o‘rta maxsus va kasb-xunar
egallashida muhim ahamiyatga ega. Bu o‘quvchi o‘quv predmetlarni o‘rganib, hayot,
mehnat, ijtimoiy faoliyatda ularning kerakligini tasavvur etadi. Mantiqiy muloqot fikr
yuritish o‘sishi, o‘zi aytgan fikrni tushuntirib, tahlil va umumlashtirib berishga talab
uyg‘otadi. Falsafiy dunyoqarashi tarkib topadi. Shu payt jismoniy o‘sish suyak
qotishi, mushaklar kattalashishi, bug‘inlar mustahkamlanishi bilan tavsiflanadi. Bu
yoshda nafaqat o‘g‘il yo qiz bolalar ichida, balki ular orasida ham do‘stlik his
tuyg‘ulari mustahkam va chuqur bo‘ladi, umrbod saqlanib qolishi va muhabbatga
aylanishi mumkin.
Pedagogika tarbiyaning mohiyatini va shaxsni har tomonlama taraqqiy ettirishda tarbiyaning rolini yoritib beradi,tarbiyaning maqsadi, mazmuni, metodlari, uni tashkil etishdagi shakllar o‘rtasidagi bog‘lanishlarni ko‘rsatadi.Shuningdek, pedagogika o‘z taraqqiyoti davomida ta’lim va tarbiya sohasidagi tajribalarni umumlashtiradi,tarbiyaning kelgusidagi rivojlanish istiqbollari, yo‘llarini yoritib beradi,tarbiyaviy ishning shakllarini ko‘rsatadi.Pedagogika tarbiya maqsadini jamiyat talablariga va bolaning yosh xususiyatlariga qarab mazmunan o‘zgarib borishini o‘rgatish bilan birga tarbiyaning tarkibiy qismlari,ular o‘rtasidagi mustahkam aloqa va bog‘lanishlarni ochib beradi.Pedagogika fani tarbiyalovchilar va tarbiyalanuvchilarning faoliyatini ham o‘rganadi.Shuningdek, u tarbiyaviy muassasalardagi xodimlarga, oa-onalarga yoshlarni tarbiya qilish, o‘qitishdagi mahoratini yanada takomillashtrish yo‘lida amaliy tavsiyalar beradi.
Pedagogikaning fan sifatida taraqiy etish jarayoniga turli pedagog olimlar tomonidan turlicha fikrlar beriladi.
Pedagogika kontekstlik ma’nosiga ega bo‘lib o‘rganuvchining turli xil faoliyatlarida o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi. Amerikalik pedagog olim Bernstein fikriga ko‘ra pedagogika bir insonning ongli faoliyati boshqa bir insonni o‘rganishini ta’minlaydi. Uning fikricha pedagogika shaxsning yangi jihatlarini kashf qilish, fikrlarni bog‘lash, bilim, amaliyot va shaxs fikrini ta’minlovchi vosita xisoblanadi.Shu bilan birga u o‘qituvchining tashkilotchiligi,boshqaruvchanligi, talaba fikrini tahlil qila olishi va talabaga nisbatan o‘qituvchi masxuliyatini ko‘rsatuvchi xisoblanadi.
Ta’lim o‘z mohiyatiga ko‘ra umumiy va maxsus kabi turlarga ajratiladi. Umumiy ta’lim har bir shaxsning kamol topishi hamda u tomonidan hayotiy faoliyatni tashkil eta olishi uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni berishga yo‘naltiriladi. Umumiy ta’lim asosida o‘zlashtirilgan ma’lumotlar kelgusida shaxsning kasbiy tayyorgarligini ta’minlashga imkon beruvchi maxsus ta’lim olishi uchun asos bo‘ladi. Maxsus ta’lim – o‘zida mutaxassislik xususiyatlarini namoyon qilib, shaxsga muayyan kasbiy faoliyatni tashkil etish borasida nazariy bilimlarni berish asosida amaliy ko‘nikma hamda malakalarni shakllantirishga xizmat qiladi.
Ta’lim, shuningdek, darajasi hamda hajmiga ko‘ra boshlang‘ich, o‘rta va oliy ta’lim kabi turlarga ham bo‘linadi. Kasb ta’limi (kasbiy ta’lim O‘zbekiston Respublikasida barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tayyorlashga yo‘naltirilgan uzluksiz ta’limning muhim bo‘lagi sanaladi.
Tarbiya nazariyasi – pedagogikaning asosiy, muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, u jamiyat va oilaning barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tayyorlash muammolarini o‘rganadi.
Tarbiya - barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tayyorlash yo‘lida amalga oshirilayotgan pedagogik faoliyat jarayoni bo‘lib, ushbu tushuncha negizida odatda aqliy, axloqiy, jismoniy, mehnat, estetik, iqtisodiy, huquqiy, ekologik va jinsiy tarbiya kabi yo‘nalishlarda tashkil etilgan pedagogik faoliyat mohiyati, shaxsda tarbiyalangan muayyan sifatlar hamda shakllangan dunyoharash aks etadi.
Pedagogika fanining vazifalari. Pedagogika fani shaxsni shakllantirish borasidagi ijtimoiy buyurtmani bajarish asosida jamiyat taraqqiyotini ta’minlashga alohida hissa qo‘shadi. Pedagogika fani maqsadi va vazifalarining belgilanishida ijtimoiy munosabatlar mazmuni, davlat va jamiyat qurilishi, uning hayotida yetakchi o‘rin tutuvchi g‘oyalar mohiyatini muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun o‘quv jarayonini Prezident I.A.Karimovning ushbu fikrlari bilan ko‘rsatib o‘tamiz «… o‘quv jarayoniga yangi axborot va pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish bolalarimizni komil insonlar etib tarbiyalashda jonbozlik ko‘rsatadigan o‘qituvchi va domlalarga e’tiborimizni yanada oshirish, qisqacha aytganda ta’lim-tarbiya tizimini sifat jihatidan butunlay yangi bosqichga ko‘tarish diqqatimiz markazida bo‘lishi darkor».
Ta’lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ta’lim tizimini isloh qilish, davlat va nodavlat ta’lim muassasalari hamda ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida, raqobat muhitini shakllantirish negizida ta’lim tizimini yagona o‘quv, ilmiy-ishlab chiqarish majmui sifatida izchil rivojlantirishni ta’minlash;
- ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirayotgan demokratik huquqiy davlat qurilishi jarayonlariga moslashtirish;
- kadrlar tayyorlash tizimi muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash pedagogik faoliyatining nufuzi va ijtimoiy maqomini ko‘tarish;
- kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish;
- ta’lim oluvchilarni ma’naviy axloqiy tarbiyalashning va ma’rifiy ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etish;
- ta’lim va kadrlar tayyorlash, ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish va akkreditatsiya qilish sifatiga baho berishning xolis tizimini joriy qilish;
- yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda ta’limning talab qilinadigan darajasi va sifatini, kadrlar tayyorlash tizimining amalda faoliyat ko‘rsatishi va barqaror rivojlanishining kafolatlarini, ustuvorligini ta’minlovchi normativ, moddiy-texnika va axborot bazasini yaratish;
- ta’lim, fan, ishlab chiqarish samarali integratsiyalashuvini ta’minlash, tayyorlanayotgan kadrlarning miqdori va sifatiga nisbatan davlatning talablarini, shuningdek, nodavlat tuzilmalari, korxonalar va tashkilotlarning buyurtmalarini shakllantirishning mexanizmlarini ishlab chiqish;
- uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimiga byudjetdan tashqari mablag‘lar, shu jumladan, chet el investitsiyalari jalb etishning real mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
- kadrlar tayyorlash sohasida o‘zaro manfaatli xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
Milliy dasturning maqsad va vazifalari bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Har bir bosqichda muayyan vazifalarning hal etilishi nazarda tutiladi. Ushbu vazifalar quyidagilardan iboratdir:
Birinchi bosqich (1997-2001 yillar) mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy, kadrlar jihatidan, ilmiy-uslubiy, moliyaviy shart-sharoitlarni yaratish.
Ikkinchi bosqich (2001-2005 yillar) - Milliy dasturni to‘liq ro‘yobga chiqarish, mehnat bozorining rivojlanishi va real ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda unga aniqliklar kiritish. Bu bosqichda, shuningdek, ta’lim muassasalarini maxsus tayyorlangan malakali pedagog kadrlar bilan to‘ldirish ta’minlanadi, ularning faoliyatida raqobatga asoslangan muhit vujudga keltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |