Pedagogik dasturiy vositalar



Download 2,04 Mb.
bet32/49
Sana08.02.2022
Hajmi2,04 Mb.
#435482
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   49
Bog'liq
o\'quv qo\'llanma

Nazorat savollari:



  1. Taʻlimda elektron resurslardan qanday maqsadda foydalaniladi?

  2. Elektron resurslari turlarini sanab bering.

  3. Kompyuter trenajer dasturlari tushunchasiga izoh bering.

  4. Kompyuter trenajer dasturlarini amaliy mashgʻulotlarda qoʻllash metodikasini ishlab chiqing.



        1. Fan predmeti nazariy materiallarini oʻqitishni taʻminlovchi elektron taʻlim resurslarini yaratish prinsipi


Rivojlangan mamlakatlarda soʻnggi yigirma yilda axborot faoliyatining koʻp qismi bozor infratuzilmasining asosiy elementlaridan boʻlib bozor munosabatlari tarkibiga singib ketgan. Axborot kommunikatsiya texnologiyalarining bozor infratuzilmasi sifatida shakllanishi 50-yillarning ikkinchi yarmidan boshlandi. Hozirgi kunda bozorning ushbu tarmogʻi har bir mamlakat milliy iqtisodining asosiy negizi boʻlib hisoblanmoqda. Chunki global iqtisodiyotni tarkib toptirish uchun zamonaviy axborot komunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasi talab etilmoqda. Ishbilarmonlik faoliyatining maqul muhitini shakllantirishda zarur boʻlgan turli axborot, taxliliy materiallar va ularni tezkor usulda olish axborot-komunikatsiya texnologiyalarining rivojlanib borayotganligi evaziga erishilmoqda.


Mamlakatimizda axborotlashgan jamiyat qurish yoʻlidagi asosiy masalalardan boʻlib axborot maydonining barcha tarkibiy qismlarini rivojlantirish va undagi boshqaruv subʻektlari faoliyatini ragʻbatlantirishga qaratilgan davlat axborot siyosatini ishlab chiqish hisoblanadi. Axborot- kommunikatsiyal texnologiyalari bozorini shakllantirishning obʻektiv zaruriyatidan kelib chiqqan holda, milliy iqtisodning deyarli barcha tarmoqlari manfaatlariga taʻsir etuvchi keng miqyosdagi iqdtisodiy, huquqiy va siyosiy yechimlarni hal qilishni talab qiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
«Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish toʻgʻrisida»gi Farmoni eʻlon qilindi. Unda «...Real iqtisodiyot tarmoqlarida, boshqaruv, biznes, fan va taʻlim sohalarida kompyuter va axborot texnologiyalarini keng joriy etish, aholi turli qatlamlarining zamonaviy kompyuter va axborot tizimlaridan keng bahramand boʻlishlari uchun shart-sharoitlar yaratish...» kabi vazifalar belgilab qoʻyilgan.
Respublikamiz kutubxona, oliy taʻlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va vazirliklari katta miqdordagi axborot resurslariga ega. Biroq, ushbu manbalarga integratsiyalashgan holda kirish usuli hali yoʻlga qoʻyilmagan. Chunki, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning yangi darajasiga oʻtish, jahon axborot maxsulotlari va xizmatlariga chiqish yuqorida keltirilgan manbalarga turli aholi guruxlarining tez suratda kirib borishini tashkil qilish muammo boʻlib turibdi. Respublikamizda axborotlar sohasining rivojlanishiga boshqa omillar ham taʻsir koʻrsatmoqda, jumladan: jamiyatni axborotlashtirishning past darajadaligi, axborot texnologiyalari rivojlanishi uchun zarur resurslarning yetarli darajada emasligi, hisoblash texnikasi va aloqa vositalarining yetarli darajada rivojlanmaganligi, EHM lokal va hudud tarmoqlarini qoʻllash va rivojlantirish borasidagi qoloqlik, texnologiya; maʻlumotlar va bilimlar bazalarining sust qoʻllanilishidir.
Xozirgi kunda jahon taʻlim xizmatlari axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalariga tayangan holda yoʻlga qoʻyilmoqda. Bu borada elektron darslik va oʻquv qoʻllanmalar katta oʻrinni egallamoqda.
Elektron darsliklarni loyihalashtirish, ishlab chiqish va oʻquv jarayonida keng foydalanish dolzarb masalalarga aylanmoqda, chunki ular ommaviy ravishda taʻlim sohasida qoʻllanila boshlandi. Oxirgi vaqtlarda elektron oʻquv nashrlarning turli xillari yaratilib, ular oʻz tarkibiga oddiy gipermatn darslikdan tortib masofaviy oʻqitishning kompleks tizimlarini qamrab olmoqda.
Elektron darsliklarni quyidagi turlarga ajratish mumkin:

  • Matnning elektron versiyasi;

  • Kitobning gipermatnli elektron versiyasi;



darslik;

•Animatsiya, ovoz, grafik, jadval, rasm, gipermatnli va test tizimlari

mavjud darsliklar.
Ushbu sohaning yangiligi va oʻquv-uslubiy taʻminotning yoʻqligi ishlab chiqilayotgan elektron darsliklarning sifat darajasiga jiddiy taʻsir koʻrsatmoqda. Bundan tashqari, darsliklarni yaratishning yagona standartlari va dasturiy vositalarining yoʻqligi turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan elektron darsliklarni oʻquv jarayonida samarali qoʻllashga toʻsqinlik qilyapti deyish mumkin.
Shuning uchun ham yaratilayotgan elektron darsliklarning baholash mezonlarini belgilab olish lozim. Avvalambor, elektron darsliklar oʻtilayotgan mashgʻulotlar sifatini yuksaltirishiga qanday taʻsir koʻrsatishini bilish kerak. Elektron darsliklarning anʻanaviy usullarga nisbatan quyidagi afzalliklarini keltirish mumkin:

          1. Oʻquv axborotlarining taqdim etilish shakli;

          2. Kerakli axborotlarni qidirish imkoniyati;

          3. Olingan bilimlar darajasini nazorat qilish usullarining mavjudligi;

          4. Professor- oʻqituvchi bilan teskari alokaning mavjudligi.

Shundan kelib chiqib, elektron darsliklarni yaratishning quyidagi tamoyillarini keltirish mumkin:

    • Multimedia-maʻlumotlari (matn, grafik, audio, video, animatsiya) asosida axborotlarni takdim etish;

    • Qidirish va yoʻllash imkoniyatlarini kiritish;

    • Olingan bilimlar darajasini nazorat qilishning obʻyektiv tizimini kiritish;

    • Tarmoq texnologiyalari asosida professor-oʻqituvchi va talabaning oʻzaro interaktiv va teskari aloqasining yoʻlga qoʻyilishi.

Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish