Tayyorgarlikning beshinchi bosqich - Metodik bosqich bo‘lg‘usi mutaxassisga «qanday va qaysi vositalar bilan o‘quv materiallarini o‘quvchiga yetkazish kerak?» degan savolga javob berishi zarur. Bu bosqichda ular o‘zlarining grafika bo‘yicha bilimlari asosida va kompyuterning audio imkoniyatlarini bilgan holda, qaysi vaziyatlarda axborotlarni qanday uzatish maqsadga muvofiqligini aniq bilishlari shart
4-Mavzu: Pedagogik dasturiy vositalar yartishga qo’yiladigan talablar.
Reja:
PDVlarni yaratish bosqichlari va ularga qo‘yiladigan talablar
Didaktik talablar.
Pedagogik dasturiy vositalar yaratishda o‘quvchilarning psixofiziologik hususiyatlarini hisobga olish.
«IHTA kursini o‘qitish uslubiyatini takomillashtirishdagi muhim yo‘nalishlardan biri bu yangi o‘quv predmeti bo‘yicha yaxlit o‘quv-uslubiy majmua (O‘MK)ni yaratish hisoblanadi. IHTA kursi bo‘yicha O‘MKning alohida xususiyati shundaki, u o‘z ichiga faqat darslik va uslubiy qo‘llanmalar, o‘qish uchun kitoblar tizimini emas, shuningdek, PDVlarni qo‘llash bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalarni va nihoyat, PDVlarning o‘zini ham qamrab oladi», deb yozadi A.A.Kuznetsov o‘zining «O‘rta maktabda informatikani o‘qitish uslubiy tizimining rivojlanishi» mavzusidagi ma’ruza shaklidagi doktorlik dissertatsiyasida O‘quv-uslubiy majmua tarkibiga tegishli bo‘lgan PDVlarni yaratishdagi eng muhim masalalardan biri kompyuter bilan ishlayotgan o‘quvchining o‘zini his qilishi masalasi. Kompyuterli mashg‘ulotlarning o‘quvchi organizmiga ta’sirini o‘rganishga qaratilgan qator tadqiqotlar olib borilgan.
Ko‘pgina tadqiqotlarda PDVlarga qo‘yiladigan metodologik, didaktik, psixologik, texnik, fiziologik-gigienik talablar ko‘rsatib o‘tilgan.
Bizning tadqiqotimiz PDVlarni ta’lim jarayonida qo‘llash bilan mazkur talablarning qay darajada o‘rinli ekanligini o‘rganish va ularni to‘ldirishga ham qaratildi.
A.S.Lesnevskiy PDVlarga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqishda, birinchidan, didaktika prinsiplari mazmunidan; ikkinchidan, kompyuterning didaktik funksiyalaridan; uchinchidan, dastur vositasi tuzilishidan kelib chiqib yondashgan.
Tadqiqotlarda kompyuterli faoliyatning o‘sayotgan organizmga ta’siri va bu faoliyatni o‘quvchini charchatmagan holda tashkil qilishning eng maqbul sharoitlari o‘rganilgan. Tadqiqotlar xulosasi mashg‘ulotlarni kompyuter yordamida tashkil qilish mumkinligini, biroq bunda belgilangan gigienik talablarga amal qilish lozimligini ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |