Ob’ektlarni ekranda tasvirlashni tashkil etishga esa quyidagi talablarni qo‘yish mumkin:
a) ma’lumotlarni ekranda tasvirlashni tashkil etishda turli kodlashtirish va ortiqcha qisqartirishlardan cheklanish;
b) kompyuter bilan bog‘liq atamalarni ekranda kamroq ishlatish;
v) ma’lumotlarni ekranda tasvirlashda unga pedagogik ishlov bergan holda muhim qismini (boshqa rangda, invers holatida) ajratib ko‘rsatish, alohida oynada ko‘rsatish;
g) savol-javobli xabarlarni ekranning yuqori qismi yoki o‘rtasida, izohlarni esa ekranning yuqori yoki quyi qismiga ajratib chiqarish;
d) asosiy va yordamchi ma’lumotlar, izohlarni bir-biridan turli vositalar yordamida ajratib ko‘rsatish;
e) ma’lumotlarni tasvirlashda grafik ekran holatidan, kompyuterning grafik imkoniyatidan yetarlicha keng foydalanish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |