Pedagogik faoliyat tavsifnomasi. Talaba tomonidan topshiriqlarni bajarish natijalarini o‘zi baholash asosida tuziladi. Kafedrada qolish uchun alohida varaqqa yoziladi.
Talabalarining pedagogik amaliyot davridagi ishlarini baholash mezonlari
Pedagogik amaliyot davomida talabalarning faoliyatini nazorat qilish va baholash 100 ballik reyting asosida amalga oshiriladi.
O‘quv rejasidagi fanning xususiyatidan kelib chiqib, ballar quyidagicha taqsimlanadi.
“Pedagogika” fanidan – 25 ball
“Psixologiya” fanidan – 10 ball
“Gigiyena” fanidan 5- ball
Mutaxassislik fanidan – 60 ball
Talabalarning ballarda ifodalangan o‘zlashtirishlari quyidagicha baholanadi:
86 – 100 ball – 5 “a’lo”
76-85 ball – 4 “yaxshi”
55-75 ball – 3 “qoniqarli”
Pedagogika fani – 25 ball
1.4-javal
№
|
Bajariladigan ish mazmuni
|
Vazifa soni
|
Bajarish muddati
|
Reyting ballari
|
1
|
Sinf rahbarlarining tarbiyaviy ishlar rejasini o‘rganish, biriktirilgan sinfda tarbiyaviy rejani tuzish
|
1
|
1 hafta
|
2
|
2
|
Tarbiyaviy tadbir ishlanmasini tuzish
|
2
|
Amaliyot davomida
|
3
|
3
|
Tarbiyaviy tadbirlarda qatnashish va uni o‘tkazish
|
-
|
Amaliyot davomida
|
3
|
4
|
Pedagogik va psixologik tavsifnoma 2ta (sinfga va 1ta o‘quvchiga)
|
2
|
Amaliyot davomida
|
3
|
5
|
Matnlarni tuzish (o‘z ixtisosligi bo‘yicha) va ularda tarbiyaviy maqsadni yoritish darajasi
|
-
|
Amaliyot davomida
|
3
|
6
|
Ota-ona bilan suhbat
|
-
|
Amaliyot davomida
|
4
|
7
|
Amaliyotchi kundaligini yuritish
|
1
|
Amaliyot davomida
|
3
|
8
|
Hisobot
|
-
|
Amaliyot davomida
|
2
|
9
|
Tavsifnoma
|
1
|
Amaliyot davomida
|
2
|
Psixologiya fani – 10 ball
№
|
Bajariladigan ish mazmuni
|
Vazifa soni
|
Bajarish muddati
|
Reyting ballari
|
1
|
Maktab bilan tanishish
|
1 kun
|
1 - hafta
|
1
|
2
|
Maktab, kollej psixologi bilan suhbat
|
-
|
1 - hafta
|
1
|
3
|
Pedagogik–psixologik tavsifnoma tayyorlash
|
-
|
Amaliyot davomida
|
2
|
4
|
Talabalarning shaxsiy varaqasini o‘rganish va tuzish
|
-
|
Amaliyot davomida
|
2
|
5
|
Ota-onalar bilan suhbat
|
-
|
Amaliyot davomida
|
2
|
6
|
Yuritilgan hujjatlar
|
-
|
-//-//-//-
|
2
|
Gigiyena fani – 5 ball
№
|
Bajariladigan ish mazmuni
|
Vazifa soni
|
Bajarish muddati
|
Reyting ballari
|
1
|
Maktab, litsey, kasb-hunar kollejlarining sanitar normalari talablariga javob berishi haqida (ishlanma)
|
1
|
Amaliyot davomida
|
5
|
Ixtisoslik bo‘yicha metodist tomonidan qo‘yiladigan ballar quyidagicha
№
|
Bajariladigan ish mazmuni
|
Vazifa soni
|
Bajarish muddati
|
Reyting ballari
|
1
|
Pedagogik amaliyotga bag‘ishlangan yig‘ilishda qatnashish
|
-
|
1 hafta
|
2
|
2
|
Maktab, kollej, litsey ma’muriyati bilan tanishish
|
-
|
1 hafta
|
2
|
3
|
Kalendar-tematik rejani o‘rganish va tuzish
|
1
|
1 hafta
|
2
|
4
|
Ishlanma (konspekt tuzish)
|
-
|
Amaliyot davomida
|
7
|
5
|
Darslarni kuzatish va tahlil qilish
|
-
|
Amaliyot davomida
|
7
|
6
|
Ko‘rgazmali qurollardan foydalanish va tayyorlash
|
-
|
Amaliyot davomida
|
5
|
7
|
Sinfda darslarni o‘tkazish
|
-
|
Amaliyot davomida
|
15
|
8
|
Sinfdan tashqari ishlar (to‘garaklar o‘tkazish, o‘quvchilar bilan ishlash, olimpiadalarga tayyorlash, ixtisoslik bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish)
|
-
|
Amaliyot davomida
|
10
|
9
|
Hujjatlar: kundalik, hisobot, ishlanma, tavsifnoma
|
-
|
Amaliyot davomida
|
10
|
Pedagogik amaliyot jarayonida tarbiyaviy ishlarni o‘rganish, rejalashtirish va tashkil etishga qo‘yiladigan pedagogik talablar
Buyuk ma’rifatparvar Abdulla Avloniy “Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir”,– degan fikri asrimiz boshida millatimiz uchun qanchalar muhim va dolzarb bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi kunda ham shunchalik, balki undan ham ko‘ra muhim va dolzarbdir.
Amaliyotchi talabalar o‘quvchilar bilan sinf yoki guruh rahbari sifatida dars va darsdan tashqari tarbiyaviy ishlar jarayonida quyidagilarga jiddiy e’tibor qaratmog‘i zarur:
Amaliyotchi-talabalarning maktabshunoslik va tarbiya nazariyasi bo‘yicha egallagan bilimlarini mustahkamlash va ularga bu bilimlarni o‘quvchilar bilan olib boriladigan darsdan tashqari tarbiyaviy ishlar amaliyotida tatbiq etishni o‘rgatish.
Amaliyotchi- talabalarda maktab, akademik litsey hamda kollejlarda tarbiyaviy ishlar tizimini har tomonlama o‘rganish, darsdan tashqari turli ko‘rinishdagi tarbiyaviy tadbirlarni kuzatish va tahlil qilish, o‘quv-malakalarini takomillashtirish.
Amaliyotchi-talabalarda o‘quvchilarning yoshi va shaxsiy xususiyatlarini etiborga olgan holda tarbiyaviy vazifalarni aniqlash, ularni hal qilish usullarini to‘g‘ri tanlash va qo‘llay bilish o‘quv-malakalarini tarkib toptirish.
Amaliyotchi-talabalarda darsdan tashqari tarbiyaviy ish turlarini maqsadga muvofiq rejalashtira olish o‘quv malakalarini shakllantirish.
Amaliyotchi-talabalarni sinf rahbari yordamchisi sifatida, sinf rahbari vazifalarini bajarishga, o‘quvchilar bilan alohida – alohida va ommaviy tarzda darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni olib borishga o‘rgatish.
Amaliyotchi -talabalarni tarbiyaviy ishlar sohasidagi ilg‘or pedagogik tajribani o‘rganishga jalb etish va ularda pedagogik faoliyatga ijodiy, ilmiy va amaliy yondashish munosabatlarni, ijtimoiy pedagogik faollikni tarkib toptirish.
Amaliyotchi-talabalarda o‘quvchilarga nisbatan tarbiyachilik kasbiga bo‘lgan mehr-muhabbatni mustahkamlash, milliy aa umuminsoniy tarbiya muammolarini hal etishga imkon beradigan pedagogik qobiliyatni takomillashtirish, o‘quvchi shaxsi va uning tarbiyasiga bo‘lgan intilishlarini kuchaytirish.
Talabalar amaliyot davomida amaliyot o‘tkazilayotgan ta’lim muassasasi direktori, uning o‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha muovini, sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi, bolalar va o‘smirlar uyushmasi murabbiysi, sinf rahbarlari va tarbiyachilar bilan suhbatlashadilar; ta’lim muassasasining yillik tarbiyaviy ishlar rejasi, Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti rejasi, sinf rahbarining tarbiyaviy ishlar rejasi kabi hujjatlarni o‘rganadilar va ularga oid hisobotlarni tahlil qiladilar; maktab o‘quv xonalari, kutubxonasi, kasbga yo‘llash xonasi, muzey va shu kabilar bilan tanishadilar va darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarning quyidagi turlarini bajaradilar:
O‘zbekiston Respublikasining xalq ta’limiga oid meyoriy hujjatlari va tarbiyaning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan ilmiy- nazariy va uslubiy adabiyotlarni o‘rganish.
O‘ziga biriktirilgan sinf o‘quvchilarining shaxsiy hujjatlari, hujjatlar yig‘ma jildini o‘rganish, o‘quvchilar, ularning ota-onalari va o‘qituvchilar bilan suhbatlashish kabi tadqiqiy usullardan foydalanib, o‘quvchilarga ruhiy-pedagogik tavsifnoma tuzish.
Amaliyot davriga mo‘ljallangan tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish.
Sinf rahbari sifatida darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarning quyidagi turlarini bajarish:
sinf majlisi o‘tkazish;
odob-axloq mavzusida munozara uyushtirish;
milliy-ma’naviy va umuminsoniy qadriyatlar mavzusida tadbirlar, (kechalar, anjumanlar) tayyorlash va o‘tkazish;
o‘quvchilar badiiy to‘garagini tashkil etish;
sport musobaqalari yoki kitobxonlar anjumaniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish;
olimlar, yozuvchilar, urush yoki mehnat faxriylari bilan uchrashuvlar tashkil qilishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish;
sinf va maktab devoriy gazetalarini tayyorlashda ko‘maklashish;
ota-onalar majlisiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish;
oila, maktab va mahalla birligini ta’minlash maqsadida maktabga yaqin joylashgan mahallalarning ishlarida qatnashish, aholi o‘rtasida pedagogik targ‘ibot ishlarini olib borish.
Pedagogik amaliyot kundaligida tarbiyaviy faoliyat natijalarini muntazam qayd qilib borish.
Amaliyot yuzasidan tarbiyaviy ishlarning hisobotlarini tayyorlash.
Pedagogik amaliyot yakuniga bag‘ishlab maktab, litsey, kollejda o‘tkaziladigan anjumanlarda faol ishtirok etish[20].
Do'stlaringiz bilan baham: |