Bog'liq pedagogik amaliyotda qo\'yiladigan metodik talablar
Tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha amaliyotchi-talabalarga qo‘yiladigan ilmiy- metodik talablar Tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha amaliyotchi-talabalarga qo‘yiladigan ilmiy- metodik talablar quyidagilar:
Talabalar har kuni belgilangan ta’lim muassasasida kamida 6 soat ishlashi va rejalashtirilgan tarbiyaviy ishlarni bajarishlari shart.
Talabalar pedagogik amaliyotning birinchi haftasida tarbiyaviy faoliyatning quyidagi turlarini bajarishlari lozim:
- amaliyot o‘tkazilayotgan ta’lim muassasasi faoliyati bilan tanishadi;
Mazkur ta’lim muassasasidagi tarbiyaviy ishlar tizimini, sinf rahbarining tarbiyaviy ishlar rejasini o‘rganadi; o‘z sinfida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar jadvali bilan tanishadi; o‘quvchilar bilan o‘tkaziladigan darsdan tashqari mashg‘ulotlar mavzusini aniqlaydi; ta’lim muassasasi faoliyati bilan tanishgandan keyin o‘zining shaxsiy ish rejasini tuzadi.
- o‘ziga biriktirilgan sinf o‘quvchilari bilan suhbatlashadi, ularning shaxsiy hujjatlar yig‘majildi bilan tanishadi, bolalarning odob-axloqi, xulq-atvori, o‘qish sharoiti, ayrim fanlardan o‘zlashtirishi va sinf jamoasidagi o‘zaro munosabatlarni o‘rganadi; psixologiya va maktab gigiyenasidan berilgan topshiriqlarni bajarish uchun hujjatlar to‘playdi;
-amaliyotchi o‘z sinfida o‘tkazilayotgan turli xil tarbiyaviy tadbirlarni kuzatadi va tahlil qiladi.
Talabalar pedagogik amaliyotning keyingi haftalarida shaxsiy ish rejasida ko‘zda tutilgan darsdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarni amalga oshiradilar.
3. Amaliyotchi- talabalar pedagogik amaliyotda tarbiyaviy ishlarni o‘rganish, tashkil etish va o‘tkazish dasturida belgilangan ishlarning barcha turlarini bajaradi. Har bir talaba tarbiyaviy tadbirga puxta tayyorgarlik ko‘radi va uning ishlanmasini (rejasi va matnini) mashg‘ulot o‘tkazilishidan 3 kun oldin sinf rahbari va pedagogika kafedrasi yo‘riqchi-o‘qituvchisiga ko‘rsatib tasdiqlatadi. Talaba amaliyot jarayonida o‘zini bilimdon va madaniyatli mutaxassis sifatida namoyon qilishi, tashkilotchilik, intizomlilik, mehnatsevarlik, xushmuomalalik fazilatlariga ega ekanligini ko‘rsatishi lozim.
4. Amaliyotchi-talaba bitta tarbiyaviy tadbirni sinov tariqasida rejalashtiradi va o‘tkazadi. Tadbir rejasi va matni pedagogika kafedrasi yo‘riqchi-o‘qituvchisi tomonidan albatta tasdiqlangan bo‘lishi va butun guruh talabalari va pedagogik jamoa ishtirokida muhokama qilingan bo‘lishi kerak. Aks holda o‘tkazilgan tarbiyaviy tadbir sinovdan o‘tdi deb hisoblanmaydi.
5. Amaliyotchi-talaba amaliyot davomida pedagogika kafedrasi yo‘riqchi-o‘qituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi shart.
6. Amaliyotchi-talaba amaliyot jarayonida o‘zi bajargan barcha xildagi tarbiyaviy ishlarni o‘z kundaligiga qayd etib boradi. Kundalikning yo‘qligi yoki yonida bo‘lmasligi intizomsizlik sifatida baholanadi.