1.3. Pedagogik amaliyotni o„tkazuvchi talaba-amaliyotchilarga
ESLATMA
1. Pedagogik amaliyotga oldindan tayyorgarlik ko„riladi. Talaba-
amaliyotchilar davlat ta‟lim standartlarini, o„quv dasturini, darslik va uslubiy
adabiyotlarni, zarur didaktik materiallarni, ko„rgazmali va texnik vositalarni
avvaldan tayyorlaydi, ularni o„rganadi.
2. Pedagogik amaliyotning 1-haftasida har bir talaba amaliyotchi o„zlari
amaliyot o„taydigan maktab, fan xonalari, o„qituvchilar va o„quvchilar bilan
yaqindan tanishib olishlari kerak.
3. Pedagogik amaliyotning 1-haftasida o„qituvchilarning o„qish va tarbiya
ishlari bo„yicha tuzgan mavzuviy-taqvimiy ish rejalari bilan tanishishi, amaliyot
uchun mustaqil shaxsiy ish rejasini tuzib olishi lozim.
4. Amaliyotchilar sinf rahbarining barcha vazifalarini kuzatib, natijalarini,
kuzatganlarini kundalik va tahlil daftariga to„liq yozib boradi va tahlil qiladi.
5. Birinchi haftada o„qituvchi va sinf rahbarlarining o„qitish-tarbiyalash
tajribalarini o„rganib, ikkinchi haftadagi darslarga, tarbiyaviy ishlarga puxta
tayyorlanadi, dars va tarbiya rejalari bir necha kun oldin yoziladi va fan
o„qituvchisi, sinf rahbariga ko„rsatib maslahatlar oladi.
6. Maktab (AL, KHK) bilan tanishish vaqtida talaba-amaliyotchilar maktab
(AL, KHK) ning taqvimiy rejasini yozib oladi va uni har tomonlama o„rganadi.
O„qituvchilarning, sinf rahbarlarining, ”Kamolot” ijtimoiy yoshlar harakatining ish
rejalarini yozib oladi va har tomonlama chuqur tahlil qiladi.
7. Maktabdagi dars jadvali bilan tanishib, o„zlariga tegishli dars jadvallarini
yozib oladi, dars jadvallarida ko„rsatilgan darslar amaliyotchi tomonidan o„z
vaqtida o„tkaziladi.
8. Pedagogik amaliyot davrida amaliyotchilar sinfdan tashqari ishlarni, odob-
ahloq, tarbiya haqida hikoyalar, bolalar va o„smirlar, yoshlar tashkiloti majlislarini
o„tkazish va sayohatlar tashkil qilishda ishtirok etadi.
9. Ota-onalar bilan alohida munosabatda bo„ladi (maktabga taklif qiladi,
majlislar o„tkazadi, uylariga borib suhbatlashadi) ota-onalar majlisini o„tkazadi. Bu
majlisda amaliyotchi o„zi ma‟ruza o„qiydi.
10. Amaliyot yakunida estetik jihatdan go„zal, tashqi bezak va mukammal
mazmunga ega hisobotni amaliyot tugamasdan 2-3 kun oldin uslubiyot rahbariga
topshiradi.
11. Amaliyot natijasi bo„yicha o„tkaziladigan konferensiyada tashkil
qilinadigan ko„rgazmaga o„zlari tayyorlagan ko„rgazmali qurollar, devoriy
gazetalar, qo„l mehnatlari va hakozalar bilan ishtirok etadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |