“Oq terakmi, ko’k terak?...” o’yini.
O’yinchilar ikki guruhga bo’linib, maydonchaning ikki tomonida bir qatorda tizilib, qo’l
ushlashib turadilar.
O’qituvchining ishorasi bilan guruhlardan biri ikkinchisiga qarab: “Oq terakmi, ko’k terak,
bizdan sizga kim kerak?”-deb murojaat qiladi. Ikkinchi guruhdagilar: “Sizdan bizga Xalil kerak”,
deydi. Nomi aytib chaqirilgan o’yinchi yugurib kelib, nomini aytib chaqirgan guruh o’yinchilari hosil
qilib turgan zanjirni uzishga harakat qiladi. Agar zanjirni uza olsa, shu guruhdagi bir o’yinchini olib
o’z guruhiga qaytadi. Bordi-yu, zanjirni uza olmasa, shu yerda qolaveradi va o’yinni shu guruhda
davom ettiradi. Guruhdan birining o’yinchilari ikkinchisining o’yinchilaridan 5-6 kishiga ortib ketsa,
o’yin tugatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |