Tashkiliy qism: Salomlashish. Davomat. Dunyo yangiliklari.
O’tilganni so’rash: Savol-javob.
Frank qirolligi qachon tashkil topdi?
Ispaniya qaysi yarim orolda joylashgan?
Buyuk Karl davrida u kimga tegishli bo’lgan?
Saks qabilalari haqida nimalarni eslab qoldingiz?
Franklar davlatida boshqaruv qanday bo’lgan?
Sizningcha, V-IX asrlar davomida Yevropa xalqlari hayotida qanday o’zgarishlar sodir bo’ldi?
“Roland haqida qo’shiq” dostoni kimga bag’ishlab yozilgan.
Yangi mavzu: Franklar imperiyasi 843-yilda uchga bo’linib ketganida, dastlab ularning hammasini Buyuk Karlning avlodlari boshqargan. Lekin 919-yili Sharqiy Frank qirolligida mahalliy zodagonlar Saksoniya gersogi Genrixni qirollikka sayladilar. Genrix I uzoqni ko’zlab, aql bilan ish boshlab mamlakatni kuchaytirish yo’lini tutadi. Uning o’g’li Otton I davrida kuchli nemis otliq qo’shini vujudga keldi. 962-yilda o’z qo’shini bilan Rimga kelgan Otton I ga papa Ioann XII imperatorlik tojini kiydiradi. Shu tariqa yangi imperiya — Muqaddas Rim imperiyasi vujudga keladi. Zamondoshlari “Dunyo mo’jizasi” deb nomlagan Otton I ning nabirasi Otton III Rimni ulkan davlatning poytaxtiga aylantirish orzusida bo’lgan.
Vengerlar bilan kurash. Genrix I ning o‘g‘li Otton I (937–973) davrida kuchli nemis otliq qo‘shini vujudga kel di. Uning aso sini og‘ir qurollangan ritsarlar otliq qo‘-
shini tashkil etgan. Burglarga tayangan yangi otliq qo‘shin ko‘magida Otton I vengerlar bilan hal qiluv chi jangga shaylanadi. 955-yilda Bavariya ning Lex daryosi bo‘yida bo‘lib o‘tgan og‘ir jang da vengerlar mag‘lub etiladi. Shundan so‘ng ularning Germaniyaga bosqinlari to‘xtaydi.Yangi imperiya. O‘zidan avval hech kim yenga olmagan dushmanni mag‘lub etgan Otton I o‘zini Yevropadagi eng kuchli qirol deb hisoblay boshlaydi. Ushbu g‘alaba unda Buyuk Karl singari Rimda imperatorlik tojini kiyish hamda imperator unvonini olish istagini uyg‘otadi. 962-yilda o‘z qo‘shini bilan
Rimga kelgan Otton I ga papa Ioann XII imperatorlik tojini kiydiradi. Yangi imperiya – Muqaddas Rim imperiyasi nomini oladi. Uning tarkibiga Germaniya yerlaridan tashqari Italiyaning shimoliy hududlari ham kirgan, lekin bu yerdagi shaharlar german imperatorlariga hech qachon to‘liq bo‘ysunmagan. Shunga qaramasdan, har bir german qiroli taxtga kel ganidan so‘ng o‘z qo‘shini bilan Alp tog‘lari orqali Italiya ga yurish qilib, Rimda imperatorlik tojini kiyardi.
German imperatorlari o‘z davlatlarini qa dimgi Rimning davomchisi deb hisoblaganlar. Zamondoshlari «dunyo mo’jizasi» deb nomlagan Otton I ning nabirasi Otton III Rimni ulkan davlatning poytaxtiga aylantirish orzusida bo‘lgan. U butun xristian dunyosi Rim impera tori hukmida birlashishi lozim deb hisoblagan. Tabiiyki, butun dunyo xristian imperiyasi haqidagi orzularning amalga oshishi mushkul ish edi. Shunga qaramasdan, german monarxlari o‘z davlatlarini Rim impe riya si, keyinroq Muqaddas Rim imperiyasi deb atashda davom etadilar. Bu davlat uzoq asrlar davomida hukm surgan.