Pedagogik amaliyot hisoboti.
Men Navoiy Davlat Pedagogika Instituti Fizika –matematika fakulteti Informatika o‘qitish metodikasi Ta’lim yo‘nalishi IV bosqich “A” guruh talabasi Keldiyorova Mahliyo 02.11.2020 dan 05.12.2020 gacha bo‘lgan oraliqda Navoiy viloyati Zarafshon shahar 13-AFCHO‘I maktabida pedagogik amaliyotda bo‘ldim. Bu vaqt davomida maktab rahbari va maktab jamoasi bilan tanishdim, maktabning o‘quv moddiy jarayonini o‘rgandim.
Mutaxassislik fani bo‘yicha fanning Davlat ta’lim shartlari bilan to‘la tanishib chiqdim;
Mutaxassisligi bo‘yicha maktab(kollej yoki litsey) namunaviy fan dasturini o‘rganib chiqdim;
Namunaviy fan dasturi asosida ishchi fan dasturlarini tuzdim;
Ishchi fan dasturlari asosida mustaqil kalendar-tematik reja tuzdim;
Kalendar –tematik reja asosida sinf yoki guruh jurnallarini to’ldirishni o‘rgandim;
O‘qituvchining yillik shaxsiy ish rejasini tuzishni o‘rgandim;
O‘qituvchining yillik ma’naviy-ma’rifiy va axloqiy shaxsiy ish rejasini tuzishni o‘rgandim;
O‘qituvchining yillik ota-onalar bilan ishlash rejasini tuzishni o‘rgandim;
O‘qituvchining yillik hisobotini yozishni o‘rgandim;
Maktab(kollej yoki litsey) to‘garak ishi bilan tanishdim va o’rgandim;
Mustaqil ravishda 1 ta ma’naviy tadbir tashkil qildim;
1-2 darsning va tarbiyaviy tadbirning mustaqil pedagogik-psixologik tahlil qildim;
Sinf jamoasining pedagogik-psixologik xususiyatlarini o‘rganib chiqdim;
Guruhda pedagogik-psixologik iqlimni yaratdim;
Mustaqil dars o‘tish jarayonida ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanishni va uni dars jarayonida qo’llashni o‘rgandim;
Amaliyot bo‘yicha hisobot tuzish va pedagogik amaliyot davridagi hujjatlarni rasmiylashtirdim.
Men biriktirilgan maktab psixologi meni maktab psixologining ish hujjatlari bilan tanishtirdi.
Psixolog bilan birgalikda o‘quvchilar bilan davra suhbatlari , sixologik treninglar tashkil qildik.
Bundan tashqari maktabda sinf rahbarlari ishini, maktab o‘qituvchisining o‘quv-tarbiyaviy ishlarini ishlarini o‘rgandim, darslarni kuzatdim.
Men berkitilgan Informatika fani o‘qituvchisi Davronova D.T o‘qituvchining darslarini kuzatdim, metodlarini o‘rgandim. Menga 9-sinf o‘qituvchilarini berkitishdi.
Men 9-sinf o‘quvchilari bilan “Dasturlash tillari” mavzusida ochiq dars tashkillashtirdim.
9-sinf o‘quvchilari bilan birgalikda OITS ga qarshi kurashish kuniga bag’ishlangan tadbir tashkillashtirdim.
05.12.2020 kuni amaliyot davrim tugadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |