Amaliyot davrida biriktirilgan 7-sinfda o’tilgan Informatika va AT darslariga dars ishlanmalari
ADU Axborot texnologiyalari va kompyuter injiniring fakulteti Informatika o’qitish metodikasi yo’nalishi 4-bosqich 2-guruh talabasi Dehqonov Javohirning pedagogik amaliyot davrida Shahrihon tumani XT bo’limiga qarashli 18- umumiy o’rta ta’lim maktabning 7-sinfda Informatika va AT fanidan hisobot darsi ishlanmalari
“Tekshirildi” Maktabning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari T.Sulaymonova ______________________ (imzo, sana) 25-Mavzu: Internetda ishlashni ta’minlovchi dasturlar.
Darsningmaqsadi: Internetda ishlashni ta`minlovchi dasturlar haqida o`quvchilara tushuncha berish.
Darsning ta’limiy vazifasi: o‘quvchilarga Internetda ishlashni ta`minlovchi dasturlar haqida tushunchalar berish nazariy topshiriqlar orqali bilim berish va ko’nikmalar hosil qilish.
Darsning tarbiyaviy vazifasi: o’quvchilarni yangi bilimlar egallashga va tartib-intizomga doimo rioya etishga hamda dizaynlik kasbiga yo’naltirish.
Darsning rivojlantiruvchi vazifasi: o‘quvchilarning kompyuterdan foydalanish haqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirish.
Kompetensiya: TK1-kommunikativ kompetensiya
TK2-axborot bilan ishlash kompetensiyasi
TK3-o‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
Dars uslubi: : Guruhlarda ishlash, tushunchalar tahlili
Dars jihozi: Darslik, kompyuter,
Darsning borishi:
№
Dars bosqichlari
Vaqti
1
Tashkiliy qism
2 minut
2
O`tgan o`quv yilida o`tilganlarni takrorlash va baholash
15 minut
3
Yangi mavzuning mazmunini ochish va xulosalar chiqarish
25 minut
5
Uyga vazifa va topshiriqlar
3 minut
I. Tashkiliy qism:
1.Salomlashish.
2.Yo'qlama qilish.
3.Uyga vazifani so'rash.
II. Takrorlash: 1. Internet deganda nimani tushunasiz?
2. Internetning yaratilishiga sabab bo'lgan birinchi kompyuter tarmog'i haqida so'zlab bering.
3. Internetda axborot uzatish protokoli deganda nimani tushunasiz?
III. Yangi mavzuni o`rganish. Internet - axborotlar ummoni. Undan siz istalgan mavzuga oid xohlagancha ma'lumot olishingiz mumkin. Lekin internetga kirish, undan kerakli ma'lumotlarni olish qanday amalga oshiriladi? Ushbu darsda internetda ishlash imkonini beruvchi dasturiy vositalar bilan tanishasiz.
Web-brauzerlar Siz avvalgi sinflarda bir nechta amaliy dasturlar bilan tanishdingiz. Masalan, Word - matn, Paint — grafik ko'rinishdagi axborotlar bilan ishlashga, Kalkulyator esa hisob-kitob ishlarini bajarishga mo'ljallangan dasturlar edi. Xuddi shunday, Internetning WWW xizmatidan foydalanish uchun ham maxsus dasturlar ishlab chiqilgan. Ular Web-brauzerlar (Browser) deb ataladi. Browser inglizcha so'z bo'lib, ko'rishni ta 'mintash, ko'rsatish ma'nosini anglatadi. Birinchi Web-brauzer 1990-yil CERN (Yevropa Yadroviy Tadqiqotlar Kengashi) xodimi Tim Berners Li tomonidan ishlab chiqilgan.
Hozirgi kungacha juda ko'p Web-brauzerlar ishlab chiqarilgan. Mosaic, Opera, AdWiper. Netscape Navigator, Netscape Communicator, Microsoft Internet Explorer va Power browser shular jumlasidandir. Shulardan eng ko'p foydalaniladigani Netscape Communicator va Microsoft Internet Explorerdir. Microsoft firmasining Internet Explorer dasturini Windows operatsion sistemasi tarkibiga kiritganligi bu brauzerning keng tarqalishiga sabab bo'ldi. Shuning uchun Microsoft Internet Explorer dasturi asosida braiizerlarning vazifalari va imkoniyatlari bilan tanishamiz.
Web-brauzerlarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Web-sahifalarni xotiraga yuklash va ko'rish;