fakultetining_____________________________________
________________________________________bakalavr
yo‘nalishi ___kurs talabasi ________________________
__________________________________________ning
malakaviy amaliyot ishlari bo‘yicha hisoboti
5
Malakaviy amaliyot davridagi talabalarning
majburiyatlari va vazifalari
Talaba malakaviy pedagogik amaliyot davomida quyidagi ishlarni amalga oshirishi lozim:
oliy o‘quv yurtida malakaviy pedagogik amaliyot boshlanishiga bag‘ishlangan anjumanlarda
qatnashish;
malakaviy pedagogik amaliyot o‘tkaziladigan o‘quv yurti va pedagogik jamoa bilan
umumiy tanishish, o‘quv yurti ma’muriyati, yoshlar yetakchilari bilan o‘tkaziladigan suhbatlarda
qatnashish;
o‘quv yurtining o‘quv binosi, moddiy-texnik bazasi, fan kabinetlari, kutubxona fondi bilan
tanishish;
o‘quv yurtining ichki tartib-intizomlari bilan tanishish, unga b
o‘
ysinish va o‘quvchilar
tomomidan bajarilishida pedagogik jamoaga yaqindan yordam ko‘rsatish;
o‘quv yurtlarida olib boriladigan ta’lim-tarbiyaviy, ma’naviy-ma’rifiy ishlar mazmuni bilan
tanishish, fan o‘qituvchilarining olib borayotgan ishlarini kuzatish, ularni tahlil qilish, fikr-
mulohazalarini kundalik daftarga qayd etish;
sinf rahbarlarining ta’lim-tarbiyaviy, ma’naviy-ma’rifiy ishlarining rejalarini o‘rganish,
ushbu reja asosida amaliyot davomida o‘tkaziladigan tadbirlarni shaxsiy ish rejasiga kiritishi;
o‘quvchilar jamoasi bilan olib boriladigan tadbirlarda ishtirok etish, ilg‘or va tajribali
o‘qituvchilarning ish tajribasini o‘rganish, tahlil qilish va fikr-takliflarini kundalik daftariga qayd
qilib borish;
o‘quv fanlari bo‘yicha dars jadvali, o‘quv yili uchun tuzilgan mavzuviy reja, DTS,
dasturlarni o‘rganish va o‘tkaziladigan darslar mavzusini aniqlash, o‘zaro darslarni taqsimlash va
ushbu darslarni kuzatish va tahlil qilishda qatnashish;
malakaviy pedagogik amaliyot davomida ta’lim muassasasi tomonidan o‘tkazilishi
rejalashtirilgan ta’lim-tarbiyaviy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, ekskursiyalar asosida shaxsiy ish
rejasini tuzish va amaliyot rahbariga tasdiqlatish;
o‘quv fanlari bo‘yicha darslar va sinfdan tashqari ishlar, ekskursiya va boshqa ishlarning
mavzusini, maqsadini, vazifalarini aniqlash va talab darajasida o‘tkazish yo‘llarini belgilash;
o‘quv fanlari bo‘ycha o‘tkaziladigan darslarda zamonaviy pedagogik va axborot
texnologiyalaridan foydalanib, namunaviy dars ishlanmasini tayyorlash va uni tasdiqlatish, maktab
o‘qituvchisi va metodistlardan tegishli maslahatlar olish va tasdiqlatish, ushbu darslarni zamon
talabiga mos tashkillashtirish malakasini egallash;
ta’lim-tarbiya jarayonini tashkillashtirishning
o‘
ziga xos xususiyatlarini, ta’lim-tarbiya
jarayonini insoniylashtirish va demokratlashtirish, iqtidorli yoshlarni aniqlash, ular bilan olib
boriladigan mashqlar mazmuni va o‘tkazilish tartibi, shaxsga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish
yo‘llarini o‘rganish;
malakaviy pedagogik amaliyot davomida talabalar tomonidan o‘tkaziladigan darslar, sinf
rahbari sifatida olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni kuzatish, ularning tahlilida
qatnashish, fikr-mulohazalarini kundalik daftarlariga yozib borish;
bitiruv malakaviy ishi mavzusi bo‘yicha tadqiqot ishlarini olib borish, tajriba-sinov
materiallarini tayyorlash va o‘tkazish, olingan natijalarni tahlil qilish;
ta’lim muassaslari tomonidan o‘quvchilarning ota-onalari, «Mahalla», «Sog‘lom ona va
sog‘lom bola» «Oila», ijtimoiy va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlikda olib boriladigan ishlar
mazmuni bilan tanishish, ota-onalar majlislarida faol ishtirok etish;
pedagogika, psixologiya va maktab gigienasi bo‘yicha berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida va
talab darajasida bajarish;
malakaviy pedagogik amaliyot hujjatlari (kundalik daftar, darslar tahlili, darslar rejasi,
shaxsiy ish rejasi v.h.larning bajarilishi)ni o‘z vaqtida va talab darajasida bajarish;
o‘quv fanlari metodbirlashmalari majlislarida va o‘quv o‘rinlarining pedagogik
kengashlarida ishtirok etish. Ushbu yo‘nalish bo‘yicha olib boriladigan tadbirlarning mazmuni bilan
tanishish;
malakaviy pedagogik amaliyot yakuni bo‘yicha o‘tkaziladigan anjumanda ishtirok etish va
bajarilgan ishlar bo‘yicha hisobot topshirish.
6
Do'stlaringiz bilan baham: |