Mavzu : Inventarizatsiya o`tkazish tartibi.
Reja :
Inventarizatsiya o`tkazishni rejalashtirish.
Inventarizatsiya o`tkazishning tartibi.
Tekshiruv obyektlari bo'yicha inventarizatsiya quyidagilarga bo'linishi mumkin:
--- asosiy vositalar;
--- pul mablag'lari;
--- hisob-kitoblar;
--- tovar-moddiy qiymatliklar;
--- tugallanmagan ishlab chiqarish.
Bulardan tashqari, korxonalarda permanent inventarizatsiya ham o'tkaziladi. Bunda doimiy faoliyat ko'rsatadigan inventarizatsiya komissiyasi tomonidan tovar-moddiy boyliklarning qoldiqlari eng kam miqdorda qolgan vaqtlarda inventarizatsiya qilinadi. Bunday inentarizasiya o'tkazishda mehnat xarajatlari kam sarflanadi va tovar-moddiy boyliklarning kamomadi (yoki oshiqchaligi) zudlik bilan aniqlanadi.
5.14- chizma. Inventarizatsiyanio'tkazishbosqichlari.
Korxonada har yilgi inventarizatsiya yillik moliyaviy hi-sobotni tuzishdan oldin tayinlangan maxsus inventarizatsiya komissiyasi tomonidan o'tkaziladi. Inventarizatsiya komissiyasi tarkibiga ma'muriyat vakil lari va inventarizatsiya qilinadigan obyektlarni biladigan mutaxassislar (iqtisodchilar, muhandislar, texnik lar va boshqalar) kiritiladi. Komissiya faoliyatida a'zolar to'liq ishtirok etishlari shart, chunki N°19 BHMSga muvofiq inventarizatsiya o'tkazish da komissiya a'zolaridan birining ishtirok etmasligi inventarizatsiya yakunlarini haqiqiy emas deb hisoblashga asos bo'ladi. Komissiya a'zolari inventarizatsiya boshlanishidan oldin inventarizatsiya qilinadigan hisob obyektlari bo'yicha barcha hujjatlar ishlov berilib, guruhlanib buxgalteriya schotlarida aks ettirilganligi; buxgalteriya hisobi registrlarida esa inventarizatsiya qilinadigan zarur qoldiqlar chiqarilganligiga ishonch hosil qilish lar i lozim. Inventarizatsiya komissiyasi a'zolari inventarizatsiya ro'yxatlariga kamomad yoki ortiqcha tovar-moddiy boyliklarni yashirib qolish maqsadida boyliklarning ko'rinib turgan amal-dagi qoldiqlari haqida ataylab noto'g'ri ma'lumotlar kiritgan bo'lsa, inventarizatsiya komissiyasining a'zolari qonunda bel-gilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.Inventarizatsiya natijalari N°19 BHMSning ilovalarida kel-tirilgan shakldagi inventarizatsiya ro'yxatlari, dalolatnomalar, vedomostlar va boshqa tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi.Taqqoslash vedomostlari korxona mulki(asosiy vositalar, tovar-moddiy boyliklar, pul mablag'lari)ni inventarizatsiya o'tkazish natijalarini aniqlash uchun mo'ljallangan.
Moddiy boyliklarni inventarizatsiyadan o'tkazish javobgar shaxslar huzurida, shuningdek, bu boyliklar saqlanayotgan joy-larda amalga oshiriladi.Asosiy vositalar bo'yicha yiliga kamida bir marta inventarizatsiya o'tkaziladi, bir oqu inventarizatsiya ma'lumotlaridan yillik hisobotni tuzishda foydalanishga imkon yaratish uchun 1- oktabrdan keyin o'tkazilishi lozim. Binolar, inshootlar va boshqa ko'chmas mulk obyektlarini har yili emas, balki 2-3 yilda bir marta inventarizatsiyadan o'tkazish mumkin.
Asosiy vositalarni inventarizatsiyadan o'tkazishni korxona buxgalteriyasi xodimlarining majburiy ishtirokida ichki komissiyasi amalga oshiradi.Asosiy vositalarning ayrim obyektlarini inventar va xo'jalik jihozlari tarkibiga noto'g'ri kiritilganligi aniqlangan hollarda ular asosiy vositalar qatoriga qaytariladi. Aksincha, asosiy vositalar tarkibida hisobda turgan mulk inventar va xo'jalik jihozlari qatoriga o'tib qolgan holatlarda ham shunday tuzatish yozuvlari qayd etiladi.Xususiy asosiy vositalar inventarizatsiyasi bilan bir payt-da ijaraga olinganlari ham tekshiruvdan o'tkaziladi. Ijaraga olingan obyektlar yuzasidan inventarizatsiya ro'yxatlari har bir ijaraga beruvchi bo'yicha alohida tuziladi. Ularda umumiy ma'lumotlardan tashqari ijaraga beruvchi va ijara muddati ham ko'rsatiladi. Ro'yxatning bir nusxasi ijaraga beruvchi nomiga yuboriladi.
Inventarizatsiya komissiyasi debitor va kreditor qarzlar yuzaga kelgan muddatni, uning haqiqiyligini va agar da'vo mud-dati o'tkazib yuborilgan bo'lsa, bunga aybdor bo'lgan shaxslar-ni aniqlashi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |