©
Umarov B.M., Shoyimova Sh.S., Ro‘ziyeva D.I.
ISBN 978-9943-5591-6-5
©
«IJOD-PRINT»,
2019
3
KIRISH
XXI asrda juda ko‘plab davlatlarda bo‘lgani kabi dunyo xaritasida
munosib o‘rin olgan mustaqil O‘zbekistonda ham barcha sohalarda
tub islohotlar boshlandi. Bu islohotlarning barchasi inson omilini
har qachongidan ham yuqori saviyaga ko‘tarib, uning kuchi, idroki,
salohiyati, ruhiy hamda ma’naviy barkamolligini bevosita taraqqiyot,
rivojlanish va sivilizatsiya bilan uzviy bog‘ladi. Natijada inson va
uning mukammalligi, o‘z ustida ishlashi, o‘z mukammalligi xususida
qayg‘urishi muammosi har qachongidan ham dolzarb masalaga
aylandi.
Zero, O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov
ta’kidlaganlaridek, “yoshlarimizning iymon-e’tiqodini mustah kam-
lash, irodasini baquvvat qilish, ularni o‘z mustaqil fikriga ega bo‘lgan
barkamol insonlar etib tarbiyalash”
1
ishining samaradorligiga ulush
bo‘lib qo‘shiladi.
Davrimiz insonni mustaqil fikrli shaxs sifatida har bir soniyada
o‘ylashga, fikrlashga, mulohaza yuritib, o‘zi uchun xulosalar chiqa-
rishga majbur etmoqda. Ya’ni, bu cheksiz olamda biz o‘zimizni
o‘zga larsiz, o‘z manfatlarimizni o‘zgalar manfaatisiz tasavvur qila
olmaganimiz uchun ham pedagogika va psixologiyani bilishga maj-
burmiz.
Mustaqil davlatimizning siyosati Inson manfaatini himoya qilish,
uning uchun munosib turmush tarzini yaratish ekan, bu ishlarni
amalga oshirish uchun bo‘lg‘usi mutaxassis shifokor bo‘lib, el dardiga
darmon bo‘lish jarayonida ijtimoiy borliq qonuniyatlarini bilishi
va undan maromida foydalanib, turmush normalariga bo‘ysunishi,
jamiyatda o‘zining munosib o‘rnini egallab, fuqarolik burchini ado
etishga tayyor bo‘lishi darkor.
Prezident Sh.M.Mirziyoyev ham “Oldimizga yoshlarga tarbiya
1
Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. Т., 2008. – Б. 62.
4
berish, psixologiya va boshqa turli sohalarda kadrlarni tayyorlash
va qayta tayyorlash bo‘yicha murakkab vazifalar turibdi”
1
, deya
jamiyatimiz hayotida ro‘y berayotgan barcha o‘zgarishlarning
pedagogik-psixologik mohiyatini bo‘lg‘usi mutaxassislar tomonidan
o‘zlashtirilishiga ko‘mak beruvchi ilmiy manbalarning ahamiyatini
yana bir marotaba ta’kidlab o‘tdilar.
Shu nuqtayi nazardan olib qaralganda, talabalar hukmiga havola
etilayotgan ushbu darslik pedagogika va psixologiyani o‘rganish
zaruriyati hamda uning tamoyillari haqidagi bilimlarni inobatga
olgan holda tayyorlashga harakat qilindi. Darslikning ahamiyati
yana shundaki, u mustaqil yurtimiz fuqarolari psixologiyasida ro‘y
berayotgan o‘zgarishlar, ularning hayotga, qadriyatlarga, kasb-
kori, oilasi, o‘z salomatligi va yaqinlariga bo‘lgan munosabatlarida
milliy mafkuramizning asosiy mazmun va mohiyatlari namoyon
bo‘layotganligi bilan uyg‘un tarzda bayon etilganligidir. Zero,
mustaqillik psixologiyasini ongi va shuurida aks ettirgan ham-
yurtlarimiz, birinchi navbatda, yosh avlod kundalik muomalasi va
turmush tarzida o‘sha millat va jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi
solih amallarga intilaveradi va sog‘lom g‘oyalarsiz yashay olmaydi.
Keyingi yillarda butun jahon miqyosida, shu jumladan
Respublikamizda qaysi soha mutaxassislari bo‘lishidan qat’iy nazar
ularni pedagogik-psixologik bilimlar bilan qurollantirish masalasiga
alohida e’tibor berilmoqda. Bo‘lajak shifokor o‘z mutaxassisliklarini
chuqur egallashdan tashqari shaxs psixikasidagi yosh va individual
xususiyatlarni farqlay olishga, shaxs taraqqiyoti jarayonini
kuzatishdan to‘g‘ri psixologik-pedagogik xulosalar chiqara bilishga
o‘rganish talab etilmoqda.
Shundan kelib chiqib, mazkur darslikda shaxs taraqqiyoti va
kamoli uchun muhim bo‘lgan omil va jihatlar, jumladan, shaxs
tarbiyasi va madaniyati, undagi fikrlash jarayonlari, insondagi
fikrning mustaqilligi, salomatligi, tashqi ijtimoiy muhitga kirishib
1
Мирзиёев Ш.М. Танқидий таҳлил, қатъий тартиб-интизом ва шахсий
жавобгарлик – ҳар бир раҳбар фаолиятнинг кундалик қоидаси бўлиши керак.
Т., 2017. – Б. 45.
5
ketishi, moslashishi, mehnat faoliyati, professional yuksalishiga
turtki bo‘luvchi muhim omillar, ya’ni, ma’naviyati, mafkurasi,
oilasi va oilaviy munosabatlari, turli ijtimoiy guruhlardagi maqomi,
shaxslararo munosabatlar kabi qator masalalar yoritilgan.
Darslikning tuzilishi, mavzularning bayon etilishida tanlangan
stilistik uslub, yangidan kiritilgan mavzular uning talabalar tomonidan
maqbul tarzda idrok etilishiga imkon beradi. Mualliflar guruhi
kitobxonlar, talaba va magistrlar, professor-o‘qituvchilar tomonidan
bildiriladigan har qanday fikr va mulohazalarni qabul qiladi va keyingi
nashrlarda albatta, ularni inobatga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |