Ped Psix 2 tayyori 16. cdr


Pedagogikaning ijtimoiy fan sifatida rivojlanishi



Download 4,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/277
Sana29.12.2021
Hajmi4,98 Mb.
#85806
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   277
Bog'liq
2 5453884214174812369

1.2. Pedagogikaning ijtimoiy fan sifatida rivojlanishi
Pedagogikaning fan sifatida rivojlanishida o‘ziga xos xususiyatlar 
mavjud.  «Avesto»  ta’limoti,  “Qur’oni  Karim»  saboqlari,  Abu 
Abdulloh  Muhammad  ibn  Ismoil  al-Buxoriy  (810–  970),   Abu  Iso 
Muhammad  ibn Iso at–Termiziy (824– 892) kabi Hadis ilmining ulug‘-
lari, tasavvuf ilmi (sufiylik tariqati)ning namoyondalari: Bahovuddin 
Naqshbandiy,  Abduxoliq  G‘ijduvoniy,  Najmiddin  Kubrolarning 
komil  inson  to‘g‘risidagi  g‘oyalari,  “ustoz-shogird”  munosabatlari, 
ilm  o‘rganish  borasidagi  ta’limotlari  bilan  Sharqda  ta’lim-tarbiya 
jarayonining  rivojiga  ulkan  hissa  qo‘shdilar.  Ularning  pedagogik 
qarashlari tarixning zarhal sahifalaridan munosib o‘rin egalladi.   
Sharq Uyg‘onish davrining 1-bosqichida yashab, ijod etgan Abu 
Nosir Farobiy (789– 950), Abu Ali ibn Sino (980– 1037), Abu Rayhon 
Beruniy (937– 1051), Kaykovus (X1 asr), Ahmad Yugnakiy (X1 asr), 
Mahmud    Qoshg‘ariy  (X1  asr)  kabi  allomalar  ta’lim-tarbiyaga  oid 
dunyoviy  fikrlari bilan dovrug‘ qozondilar. 
Sharq Uyg‘onish davrining 2-pallasida yashab ijod etgan o‘zbek 
badiiy  tilining  asoschisi,  buyuk  davlat  arbobi  Mir  Alisher  Navoiy  
o‘zi ning  tarbiyaviy  ahamiyatga  molik  bo‘lgan  noyob  asarlari, 
dostonlari,  she’riyat  olamidagi  merosi  bilan  insonshunoslik  to‘g‘-
risidagi fanning shakllanishiga zamin yaratgan bo‘lsa, ilmiy tafakkur 
va  falakiyot  ilmi sohasida yetuk dunyoqarash sohibi Mirzo Ulug‘bek  
ma’rifiy qarashlari, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa adiblar 
o‘zlarining o‘lmas ijodiyoti bilan  pedagogika taraqqiyotiga salmoqli 
hissa qo‘shdilar.
Yevropo faylasuflari Tertullian (160–222), Avgustin (354–430), Akvi-
nat (1225–1274)larning pedagogik ta’limotlari garchi muvaffaqqiyat 
qozongan  bo‘lmasada,  Rotterdamlik  Erazm  (1466–1536),  italiyalik 
Vittorino  de  Feltre  (1378–1446),  fransiyalik  Fran sua  Rable  (1494–
1553) va Mishel Monten (1533–1592)larning inson  parvarlik g‘oyalari, 
ta’lim-tarbiyaga  oid  qarashlari  pedagogik  g‘oyalar  rivojida  muhim 
ahamiyat  kasb  etdi.  Didaktikaning  asoschisi,  chex  olimi  Yan  Amos 
Komenskiyning  ta’lim  tamoyillari,  shakllari  va  uslublari  to‘g‘risidagi  
ilmiy qarashlari, ingliz faylasufi va pedagogi Jon Lokk (1632–1704)ning 


23
“jentelmen tarbiyasi” – tadbirkor va ma’rifatli, ishbilarmon va ziyoli, 
e’tiqodi kuchli shaxs tarbiyasiga oid ta’limoti bugungi kunda ham o‘z 
dolzarbligini yo‘qotganicha yo‘q. Fransuz ma’rifatparvar mutafakkirlari 
Deni Didro (1713–1784), K.Gelvetsiy (1715–1771), P.Golbax (1723–
1789), Jan Jak Russo (1712–1778) larning demokratik va gummanistik  
qarashlari, shveytsariyalik olim Iogann Genrix Pestalotssi (1746–1827)
ning  o‘quvchilarning  ma’na viy  tarbiyasi  va  rivojlantiruvchi  ta’lim 
nazariyasi pedagogika sohasini kengaytirdi.
Amerikalik  olimlar  Iogann  Fridrix  Gerbart  (1776–1841),  Jon 
Dyui  (1859–1952),  Edvard  Torndayk  (1874-1949)larning    fanga 
“tarbiyaviy ta’lim”, “dars modeli”, “rivojlantiruvchi topshiriqlar tizi-
mi”,  “eksperimental  pedagogika”,  “test  usuli”  kabi  tushunchalarni 
kiritish  lari, noan’anaviy pedagogik ta’limotlari, nemis olimi Fridrix 
Adolf Disterveg (1790–1886)ning ta’lim tamoyillari muammolariga 
qarashli nazariyasi insonlarni hanuzgacha noyobligi, originalligi bilan 
hayratga soladi.
Rus  milliy  pedagogikasining  asoschisi  Konstantin  Dmitriyevich 
Ushinskiy (1824–1870)ni o‘qitishning xalqchilligi nazariyasi,  ulug‘  
yozuvchi,  olim,  pedagog  va  tanqidchi  Lev  Nikolaevich  Tolstoy 
(1828–1910)  ning  o‘qitish  jarayonidagi  hayotiylik  tamoyili  ta’lim-
tarbiya jarayonida o‘ziga xos o‘rinni egallaydi. 
Jadidchilik harakatining yorqin namoyondalari: Munavvarqori Ab-
du  rashidxonov, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Saidahmad Siddiqiy, Abdulla 
Av loniy, Abdurauf Fitrat, Is’hoqxon Ibrat, Muhammadsharif So‘fizoda  
ka bilar Turkiston maorifi va ta’lim-tarbiya tizimi rivojiga salmoqli hissa 
qo‘sh dilar. Ular o‘zlarining sermazmun hayoti va faoliyat  lari  bilan ha-
nuzgacha yosh avlodga  ibrat namunasi bo‘lib kel moqda. 
O‘qitishda innovatika masalalari, taksonomiya kabi ta’lim naza-
riyalariga asos solgan amerikalik olimlar – Benjamin Blum, Govard 
Gard nerlar  (XX  asr)  pedagogikaning  rivojlanishiga  ulkan  hissa 
qo‘shdi lar.
Muammoli  ta’lim  hamda  rivojlantiruvchi  ta’lim  nazariyalarini 
o‘qitish  jarayoniga  tatbiq  qilgan  olimlar  S.T.Shatskiy,  V.Davidov, 
N.Zankov,  K.Babanskiy,  I.Podlasiylar  zamonaviy  pedagogikaning 
salmog‘ini yanada oshirishdi.  
24
Shaxsning  ma’naviy-ma’rifiy  rivojlanishiga  doir  qarashlar 
N.Leontev,  L.A.Karpenko,  G.K.Lozanov,  G.A.Kitaygorodskaya 
(Rossiya), R.Mavlonova, O.To‘rayeva, O.Hasanboyeva, R.Inog‘omov, 
T.Risqiyevlarning  ilmiy  qarashlarida  o‘z  aksini  topdi.  Ta’limda 
texnologik  yondashuv,  o‘quv  jarayonini  loyihalash,  ta’lim  tex-
nolo giyasi  samaradorligini  aniqlash  va  baholash  M.Ochilov,  N.Sa-
yidahmedov, N.Azizxodjayeva, B.Abidov, M.Usmonboyevalar ishla-
rida  yoritildi.  Shuningdek,  rivojlantiruvchi  ta’lim  konsepsiyalari 
N.N.Sunsov,  I.A.Zimnyaya,  B.Bershadskiy,  V.Zankov,  K.Klarin, 
M.Monaxov,  V.Choshanov,  B.F.Lomov,  A.K.Markova,  B.Bespalko 
(Rossiya)  va  respublikamiz  olimlari  S.S.G‘ulomov,  B.Farberman, 
R.H.Jurayev,  J.G‘.Yo‘ldoshevlarning  ishlari  orqali  zamonaviy  pe-
dagogik muammolarning yechimini topishga zamin yaratildi. 
O‘zbek  milliy  pedagogikasining  rivojlanishiga  katta  hissa 
qo‘shgan  K.Hoshimov,  A.Zununov,  S.Nishonova,  O.Hasanboyeva, 
E.Seytxalilov,  M.Quronov,  O.Musurmonovalar  yosh  avlodni  tar-
biyalash an’analarini, jamiyatning taraqqiyot bosqichlaridagi o‘qitish 
va kamol toptirish tizimlarini, ularning qonun-qoidalarini, qomusiy 
mutafakkirlar,  ma’rifatparvar  adiblar  va  pedagoglarning    ta’lim-
tarbiya, ma’rifatga doir g‘oyalarini o‘z asarlarida chuqur yoritadilar.
Bugungi  kunga  qadar  pedagogika  sohasida  yangi-yangi 
ta’limotlar, g‘oyalar kashf qilindi, yuzlab risolalar, asarlar yaratildi, 
ammo  tarbiya  jarayonidagi  insonni  chuqur  o‘yga  cho‘mdiradigan 
muammolar  hanuzgacha  o‘z  yechimini  to‘laqonli  topganicha  yo‘q. 
Shu sababli zamonaviy pedagogika ijtimoiy hayot jabhalarida faoliyat 
ko‘rsatayotgan  shaxslarni  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  raqobatga 
bardosh bera oladigan, yuksak ongli, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-
atvori  bilan  o‘zgalarga  ibrat    bo‘ladigan  bilimli,  komil  inson  etib 
tarbiyalashdek muhim masalalarni hal qilishi lozim.
Pedagogika fani uzoq taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tib, hozirgi vaqtda 
ilmiy  bilimlarning  yaxshi  shakllangan,  katta  nazariy  va  amaliy 
materiallarni  o‘z  ichiga  qamrab  oldi  va  o‘zining  ilmiy-nazariy, 
uslubiy, amaliy asoslarini yaratdi. Zamonaviy pedagogika fan sifatida 
shakllanib,  takomillashib  borib,  ta’lim  -  tarbiyaning  maqsadi    va 


25
vazifalari, ularning mazmuni, usullari hamda tashkil etish shakllari 
haqidagi  fanga  aylandi.  Natijada  bularning  barchasi  pedagogika 
fanining  alohida  tarmoqlari  vujudga  kelishiga  sabab  bo‘ldi. 
Jumladan,  pedagogika  tarixi  mustaqil  tarmoq  sifatida,  pedagogika 
fanining tarixan rivojlanishini o‘zida aks ettirdi. Bunda o‘tmishdagi 
ilg‘or pedagogik g‘oyalarning paydo bo‘lishi, rivojlanishi, ularning 
bugungi kundagi ahamiyati, mutafakkirlarning pedagogik merosidan 
foydalanish zaruriyati haqida fikr yuritiladi.

Download 4,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   277




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish