Pechat jahon-tarixi uzb 11-sinf 2018-2019 darslik



Download 5,07 Mb.
bet6/95
Sana14.02.2022
Hajmi5,07 Mb.
#448436
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95
Bog'liq
jahon tarixi 11 uzb

XXI asr boshlaridagi xalqaro munosabatlar. XXI asr boshlariga kelib jahonda yangi qudratli davlatlarning paydo bo‘lishi va ularning muqobil markazlarga aylanish jarayoni ko‘zga tashlanib qoldi. Bu davlatlar ta’sirining oshishida ularning iqtisodiy imkoniyatlarini o‘sishi asosiy omil bo‘ldi. Hindiston, Pokiston va Shimoliy Koreyaning yadro quroliga ega bo‘lishi bu davlatlarning xalqaro munosabatlarda musta- qilligini oshirdi. Eron ham o‘z rolini oshirishga intilib, boshlagan yadroviy dasturi jahon jamoatchiligini qattiq tashvishga soldi.

Rang-barang dunyo


Xitoy va Braziliyaning jadal rivojlanishi ularni «uchinchi dunyo» mamlakatlari qatoridan iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarning kuch- li o‘nligiga va jahon siyosatining yetakchilari qatoriga olib chiqdi. Shunday jadal rivojlanayotgan boshqa mamlakatlar – Turkiya, Saudiya Arabistoni, Meksika, Fors ko‘rfazi mintaqasidagi arab davlatlari va boshqa davlatlar xalqaro va mintaqaviy munosabatlarga kuchli ta’sir ko‘rsata boshladi. Ayni paytda AQSHning xalqaro munosabatlarda bu davlatlarga ta’siri kamayib bordi. Shu tariqa ko‘pqutbli dunyo modeli- ning shakllanish jarayoni boshlandi. Bu jarayonda har bir davlat o‘z o‘rniga ega bo‘lishga intilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2017-yil 19-sentabrda BMTning 72-sessiyasida so‘zlagan nutqi ko‘pqutbli dunyo shakllanishi va globallashuv jarayonida O‘zbekistonning o‘rnini bel- gilab berishga qaratildi. Uning Markaziy Osiyoni tinch va gullab- yashnayotgan hududga aylantirish, Orol muammosini hal qilishda umumjahon ishtiroki, Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish va butun dunyo yoshlarini terrorchilik xavfidan asrab qolish zarurligi haqidagi taklif- lari jahon jamoatchiligi tomonidan qiziqish bilan kutib olindi.

Dunyo shiddat bilan o‘zgarib bormoqda. Jahonda yangi paydo bo‘lgan qudratli mamlakatlar 2008 – 2009-yillardagi jahon moliyaviy inqirozi YI va AQSHga jiddiy ta’sir ko‘rsatganidan foydalanib, ja- hon iqtisodiyotida kuchlar nisbatini o‘zgartirishga intilmoqdalar. Ayni paytda jahon iqtisodiyotining boshqaruvchanligini oshirish maqsadida G‘arb davlatlarining rivojlanayotgan mamlakatlar bilan yaqinlashuvi yuz bermoqda. Shu maqsadda jahonning 20 ta iqtisodiy eng yirik mamlakatlari vakillarini birlashtirgan «Katta yigirmalik» – G-20 klubi tashkil qilindi. G-20 mamlakatlari jahon iqtisodiyotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega. Zero, jahon YIMining 80%i shu mam- lakatlar hissasiga to‘g‘ri keladi, Yer yuzi aholisining 2/3 qismi shu mamlakatlarda istiqomat qiladi.
Iqtisodiy hamkorlik va integratsiyaning kuchayishiga qaramas- dan, jahon hamjamiyati oldida hal qilinishi lozim bo‘lgan bir qa- tor muammolar turibdi. Ular, avvalo, Yaqin Sharq (Iroq, Falastin, Suriya), Shimoliy Koreya, Ukraina va Afrikadagi mojarolar bilan
bog‘liq. Bu muammolarni hal qilishga G‘arb mamlakatlari, Rossiya va Xitoyning turlicha yondashuvi ular o‘rtasidagi munosabatlarni mu- rakkablashtirmoqda.
Ikki yetakchi yadroviy davlat – AQSH va Rossiya o‘rtasidagi murak- kab munosabat jahon jamoatchiligi oldida turgan bir qator dolzarb muammolarni hal qilishga xalaqit bermoqda. Shunday muammolar ichida eng xavflisi xalqaro terrorizmdir. U hozir global jahon sivili- zatsiyasining shakllanish jarayoni o‘z yakuniy pallasiga o‘tayotgan davr- da yangi sifat kasb etdi va jahon siyosatida katta muammoga aylandi.
Xalqaro munosabatlardagi o‘zgarishlar XXI asrda xalqaro xavfsizlik va hamkorlikka asoslangan yangi dunyo tartibini o‘rnatish g‘oyasining ilgari surilishiga olib keldi. Ammo bu vazifani amalga oshirish ja- hon mamlakatlari, birinchi o‘rinda, yetakchi davlatlar o‘rtasida ham- korlikni talab qiladi.
«Sovuq urush» yakunlangandan so‘ng xalqaro munosabatlarda, av- valo AQSH va Rossiya o‘rtasida vujudga kelgan hamkorlik holati 2014-yilgacha davom etdi. Shu yili Ukrainada boshlangan siyosiy inqiroz Rossiya va G‘arb davlatlari o‘rtasidagi jiddiy qarama-qarshi- likning yangi bosqichiga olib keldi.

XXI asrga kirib kelgan insoniyat nafaqat global da’vatlarga, bal- ki geosiyosiy holatning o‘zgarishi bilan bog‘liq muammolarga ham duch kelmoqda. Yagona buyuk davlat bo‘lib qolgan AQSH o‘zining yetakchilik rolini jahon hamjamiyatining xohish-irodasi sifatida taqdim etib keldi. Iroq va sobiq Yugoslaviya, Afg‘oniston va Suriyada har- biy kuchning qo‘llanilishi, Shimoliy Atlantika ittifoqining kengayishi, sayyoramizning boshqa mintaqalarida ham kuchdan keng foydalanish AQSHning jahonda mutlaq gegemonligini namoyish qildi. Ammo bugun xalqaro munosabatlarda tobora katta rol o‘ynayotgan Xitoy, Rossiya, Hindiston kabi davlatlarning bunga rozi bo‘lishi qiyin. Vu- judga kelgan sharoitda insoniyatning haqiqiy xavfsizligi mamlakatlar va xalqlar o‘rtasidagi qarama-qarshilikning chuqurlashuvi bilan emas, sivilizatsiyani saqlab qolish va uning gullab-yashnashini ta’minlashga qodir bo‘lgan o‘zaro hamkorlik bilan bog‘liq bo‘lib qolmoqda.


Globallashuv – bu jahon mamlakatlarining iqtisodiy, siyosiy, madaniy va diniy jihatdan birlashishi yoki yaqinlashish jarayoni.

Download 5,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish