Pdf-faylidagi rasmiy manba



Download 35,97 Kb.
bet3/3
Sana22.01.2022
Hajmi35,97 Kb.
#400262
1   2   3
Bog'liq
2287 07.12.2011

gorizontal bitimlar — bitta tovar bozorida raqobatchi hisoblangan xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi Bitimlar;

vertikal bitimlar — tegishli tovar bozorida o‘zaro raqobatlashmaydigan, bittasi tovar (ishlar, xizmatlar)ni sotib oluvchi yoki potensial sotib oluvchi, ikkinchisi esa tovar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib beruvchi yoki potensial sotuvchi (yetkazib beruvchi) xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi Bitimlar.

2. O‘zbekiston Respublikasining “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni 6-moddasiga muvofiq, muayyan tovar bozorida jami o‘ttiz besh va undan ortiq foiz ulushga ega bo‘lgan o‘zaro raqobatlashayotgan yoki raqobatlashishi mumkin bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning raqobatni cheklab qo‘ygan yoki cheklab qo‘yishi mumkin bo‘lgan bitimlari (kelishib qilingan harakatlari) taqiqlanadi va belgilangan tartibda to‘la yoki qisman haqiqiy emas deb topiladi.

II. Bitimlarning turlari

3. Bitimlar gorizontal yoki vertikal bitimlar ko‘rinishida aniqlanadi.

4. Gorizontal bitimlar bitta bozorda qat’iy narxlar belgilash yoki ularni saqlab turish, taklif hajmini kelishib olish va bozorni hudud va sotuvchilar yoki xaridorlar doirasi bo‘yicha bo‘lib olish ko‘rinishida aniqlanadi.

5. Vertikal bitimlar qayta sotish bahosini ushlab turish va o‘zaro raqobatlashmaydigan, turli darajalarda (yetkazib beruvchi — iste’molchi) bo‘lgan, lekin vertikal bo‘yicha bir-biriga bog‘liq (qaram) bo‘lgan (sotuvchi tomonidan qayta sotilayotgan tovarni taklif qilishi mumkin bo‘lgan narxni cheklash), kontrakt talablarini bajargan holda ma’lum hudud doirasida sotishga mutlaq huquqni belgilash, xaridor uchun tovarni tanlash imkoniyatini majburan qisqartirish ko‘rinishida aniqlanishi mumkin.

III. Bitimlar mavjudligini aniqlash va dalillarni to‘plash

6. Quyidagilarga:

qat’iy narxlar, tariflar, chegirmalar, ustamalar, qo‘shimcha to‘lovlar yoki ortiqcha narxlar belgilash yoki ularni saqlab turishga hamda auksionlar, birjalar va boshqa kimoshdi savdolarida narxlarni oshirish, pasaytirish yoki saqlab turishga;

erkin bozor narxlari qaror topishiga to‘sqinlik qilib, ularni sun’iy ravishda o‘stirish yoki pasaytirishga;

ishlab chiqarish, mahsulot sotish bozorlari va kapital qo‘yilmalar ustidan nazorat o‘rnatishga va narx sohasida kamsitishlarni belgilashga;

taklif hajmini sun’iy ravishda o‘zgartirish maqsadida ishlab chiqarish hajmlarini kelishib olishga;

bozorni hudud bo‘yicha, sotuv yoki xarid hajmi, tovarlar xillari bo‘yicha, sotuvchilar va xaridorlar, buyurtmachilar doirasi bo‘yicha bo‘lib olishga;

muayyan tovarlarning sotuvchilari yoki ularning xaridorlari, buyurtmachilari sifatida boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bozorga kirishini cheklab qo‘yish yoki ularni bozordan chetlatishga qaratilgan bitimlar aniqlanadi.

7. Bitimlar monopoliyaga qarshi organning belgilangan tartibda nazorat funksiyalarini amalga oshirishda, tovar bozorlarini tahlil qilishda, Bitim tuzilganini ko‘rsatuvchi holatlar mavjudligi to‘g‘risidagi davlat va boshqa organlardan kelib tushgan ma’lumotlarni, jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan arizalarni o‘rganishda, ommaviy-axborot vositalarining ma’lumotlarini o‘rganishda aniqlanadi.

8. Bitimlar shartlari aniq ko‘rsatilgan holda yozma ravishda rasmiylashtirilgan, shuningdek yashirincha (og‘zaki), Bitim ishtirokchilarining barchasi tomonidan kelishib olingan chegaralar va qoidalardan iborat bo‘lishi mumkin.

9. Bitimlarni ko‘rib chiqishda, kelishib qilingan harakatlar mavjudligini yoki oldindan muvofiqlashtirilgan harakatlar mavjudligi faktlarini isbotlash kerak.

10. Dalillar bo‘lib Bitim belgilari mavjudligini aniq ko‘rsatuvchi hujjatlar (shartnomalar, bitimlar, bayonnomalar, arizalar, xatlar, ommaviy-axborot vositalaridagi ma’lumotlar va h. k.) va guvohlarning ko‘rsatmalari hamda tovar bozoridagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bir xildagi harakatlari ko‘rinishidagi bilvosita dalillar bo‘lishi mumkin.

11. Bitim belgilari mavjudligini tasdiqlovchi dalillar xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirish davomida, tushuntirish olishda, hujjatlarni (ma’lumotlarni) so‘rab olishda, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning xatti-harakatlarini tahlil qilishda, tovar bozorini tahlil qilishda aniqlanadi.

Bitim belgilari mavjudligini tasdiqlovchi bilvosita dalillar xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bozordagi yoki ma’lum bir davr mobaynidagi savdo-sotiq jarayonlaridagi xatti-harakatini hamda ularning bir xildagi va sinxron xatti-harakatlarini, ushbu xatti-harakatlarga obyektiv sabablar yo‘q bo‘lgan taqdirda, solishtirma tahlil qilish orqali aniqlanadi.

12. Sodir etilgan xatti-harakatlarni Bitim deb tan olish uchun ma’lum shartlar mavjudligi to‘g‘risida xulosaga kelish, ushbu harakatlarning amalga oshirilishiga sabab bo‘lgan haqiqatdagi holatlardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

IV. Bitimlar belgilarini aniqlash bo‘yicha tahlillar o‘tkazish

13. Bitimlar belgilarini aniqlash bo‘yicha tahlillar o‘tkazish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

14. Birinchi bosqichda:

tovar (ishlar, xizmatlar) turlari aniqlanadi;

tegishli tovar bozori belgilanadi, Bitimda qatnashuvchi bozor subyektlari doirasi aniqlanadi;

tegishli bozor chegarasida harakat qilayotgan subyektlarga — Bitim qatnashuvchilariga to‘g‘ri keladigan bozor ulushi va ularning umumiy bozor ulushi aniqlanadi;

Bitimning turi aniqlanadi.

15. Bitim belgilarini aniqlash bo‘yicha tahlil o‘tkazish jarayonida tovarlar (ishlar, xizmatlar) va tovar bozori tahlili o‘tkaziladi.

16. Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni tahlil qilishda quyidagilar baholanadi:

ko‘rilayotgan tovar (ishlar, xizmatlar)ning iste’mol qilish maqsadlari va ular bilan bog‘liq bo‘lgan iste’molchilarning turlari (iste’mol turiga qarab tovarni iste’mol qiluvchilarning tabaqalashtirilishi yetkazib berilayotgan tovar (ishlar, xizmatlar)ning narxidagi tafovutga sabab bo‘lishi mumkin, bu esa narx sohasidagi Bitim tuzilishini qiyinlashtiradi);

turli yetkazib beruvchilarda tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning bir jinsliligi (o‘xshashlik);

bir-birining o‘rnini bosadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning mavjudligi;

turli ishlab chiqaruvchilarda tovar (ishlar, xizmatlar)ning ishlab chiqarish shartlarini bir-biriga o‘xshashligi (ishlab chiqarish shartlarining bir-biriga o‘xshashligi va tovarni ishlab chiqarish xarajatlarini o‘zaro taqqoslash mumkinligi yagona narxlarni o‘rnatish va Bitim tuzishga yordam beradi);

tovar (ishlar, xizmatlar)ning qiymatidagi doimiy xarajatlar ulushi (tovar qiymatidagi doimiy xarajatlar ulushining yuqoriligi doimo o‘zgarib turuvchi bozor konyunkturasi, kapital qo‘yilmalar hajmlari sharoitida xo‘jalik yurituvchi subyektlar narxlarini o‘zgartirish (manevrlash) imkoniyatini qiyinlashtiradi).

17. Bozor tahlil qilinganda quyidagilar aniqlanadi:

tovar bozori chegarasi — Bitimda qatnashuvchi bozor subyektlari faoliyat yuritayotgan hudud;

bozorda raqobat obyekti hisoblangan omillar doirasi va bozordagi tovar narxining o‘rni (ya’ni, faqat narx sohasida raqobatning mavjudligi);

talabning narx o‘zgarishiga nisbatan ta’sirchanligi;

yangi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bozorga kirishini qiyinlashtiruvchi to‘siqlarning mavjudligi;

mahsulot (xizmat) yetkazib beruvchilarining bozor ulushi;

aksiyalarning nazorat paketlariga, qimmatli qog‘ozlarga va h. k. egalik qilish orqali boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarni yetkazib beruvchilar yoki iste’molchilar ustidan nazoratining mavjudligi;

ishlab chiqaruvchilar yoki yetkazib beruvchilarning Tovar bozorlarida ustuvor mavqega ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar Davlat reyestriga kiritilgani;

Bitimlar bo‘yicha iqtisodiy faoliyat va axborot almashuvini iqtisodiy muvofiqlashtirish uchun baza vazifasini bajaradigan boshqaruv organlari, assotsiatsiyalar yoki ularning bo‘linmalarining mavjudligi.

18. Narx bo‘yicha gorizontal turdagi Bitimlarni o‘rganishni o‘tkazish, ularning xatti-harakatlarini baholash maqsadida tovar (ishlar, xizmatlar)ning xususiyati va bozorning tuzilishini tahlil qilishga asoslanadi.

19. Ikkinchi bosqichda tovar bozorida quyidagilarning mavjudligi aniqlanadi:

davlat tomonidan narxlarni (tariflarni) tartibga solinishi;

davlat buyurtmalari bo‘yicha majburiy yetkazib berishlarning o‘rnatilishi.

20. Uchinchi bosqichda narx sohasidagi Bitimlarni tuzish mumkinligi aniqlanadi.

21. Raqobatchilar o‘rtasida narx sohasidagi Bitimlar tuzilganini aniqlash uchun Bitim tuzilganini tasdiqlovchi hujjatlar aniqlanishi lozim. Ushbu tasdiqlar shartnoma shartlari, yuk xatlari, preyskurantlar, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyektlar vakillari ishtirok etgan yig‘ilishlar hujjatlarida aniqlanishi mumkin.

22. Bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarda narx sohasidagi Bitim mavjudligini isbotlash uchun quyidagi hujjatlar so‘rab olinadi:

mahsulot (ish, xizmat)ning narxi darajasi;

mahsulot (ish, xizmat)ning tannarxi yoyilmasi;

korxonaning ishlab chiqarish quvvati ko‘rsatkichlari va undan haqiqatda foydalanish va kapital qo‘yilmalar;

tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar.

23. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-oktabrdagi 239-son “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 42-43-son, 364-modda) qaroriga muvofiq, monopolist korxonalar tomonidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxini oshirish bo‘yicha e’lonlar mavjud bo‘lgan hollarda, raqobatchilar tomonidan narxlarning oshirilishi qonuniyligi tahlil qilinishi kerak.

24. Vertikal turdagi Bitimlar shartlarini tahlil qilishda quyidagilar hisobga olinadi:

tovarni konsentratsiyalanish (jamlanish) darajasi va uni ishlab chiqaruvchini yetkazib beruvchining xulqiga ta’sir ko‘rsatish ehtimoli (tovar ishlab chiqarish konsentratsiyasi (jamlanish)ning yuqori darajasi uni ishlab chiqaruvchini yetkazib beruvchiga ta’sir ko‘rsatishi va narx sohasida kelishuv uchun obyektiv asos yaratadi);

tovarni taqsimlash konsentratsiyasi (jamlanishi) darajasi va barcha yetkazib beruvchilarni ishlab chiqaruvchilarning xulqiga ko‘rsatadigan ta’siri ehtimoli (tovarni taqsimlashning yuqori darajadagi konsentratsiyasi (jamlanish)ning yuqori darajasi uni ishlab chiqaruvchining yetkazib beruvchiga ta’sir ko‘rsatishi va narx sohasida kelishuv uchun obyektiv asos yaratadi);

tovarlarni ishlab chiqaruvchilar yoki yetkazib beruvchilarni Tovar bozorlarida ustuvor mavqega ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar Davlat reyestriga kiritilganligi, ularning mahsulotlari narxlari davlat tomonidan tartibga solinishi (yetkazib beruvchi korxonalar narxlari ustidan nazorat ostida bo‘lmagan korxonalar bilan kelishish, oxirgilarga esa narxni oshirish yordamida ortiqcha foyda olish imkonini beradi);

aksiyalarning nazorat paketlari, qimmatli qog‘ozlar va h.k. ga egalik qilish orqali iste’molchini yetkazib beruvchilar ustidan yoki yetkazib beruvchini iste’molchi ustidan nazoratining mavjudligi.

Tegishli organlar va birjalarning, o‘rnatilgan tartibda taqdim etilgan ma’lumotlari axborot manbai bo‘lib hisoblanadi.

25. Narx sohasida kelishuvlarni aniqlash uchun bozorlarda yuzaga kelgan narxlarning o‘zgarishi o‘rganiladi va ular boshqa geografik bozorlardagi narxlar bilan taqqoslanadi.

Turli bozorlardagi narxlar darajalari va ular o‘rtasida tovarni tashish xarajatlarini taqqoslash natijalari u yoki bu bozorda narx sohasida Bitim mavjudligi to‘g‘risida ma’lumot manbai bo‘lib xizmat qiladi.

Aniq Bitimni ko‘rib chiqishda, raqobatni cheklovchi elementlar mavjudligi aniqlanadi.

V. Aniqlangan Bitimlarni ko‘rib chiqish

26. Agar tahlil o‘tkazish jarayonida, Bitim ishtirokchilarining ma’lum tovar bozoridagi birgalikdagi ulushi o‘ttiz besh foizdan kam bo‘lsa yoki ularning xatti-harakatlari raqobatni cheklamasligi aniqlansa, u holda Bitimni aniqlash maqsadida olib borilayotgan tahlillar to‘xtatiladi.

27. Tuzilgan Bitimda raqobatni cheklovchi dalillar mavjud bo‘lsa, u holda monopoliyaga qarshi organ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-oktabrdagi 225-sonli qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 41-42-son, 317-modda) bilan tasdiqlangan “Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini, tabiiy monopoliyalar, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ish qo‘zg‘atish va ularni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risida nizom”ga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni talablari buzilganligi to‘g‘risida ish qo‘zg‘atiladi va monopoliyaga qarshi qonunchilikka muvofiq choralar ko‘riladi.

VI. Yakuniy qoida

28. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.

Moliya vaziri R. AZIMOV

2011-yil 24-oktabr


(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 49-son, 502-modda)

Download 35,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish