Pdf-faylidagi rasmiy manba


fuqarolarning ayrim toifalari



Download 54,77 Kb.
bet4/5
Sana31.12.2021
Hajmi54,77 Kb.
#198884
1   2   3   4   5
Bog'liq
174 14.06.2011

fuqarolarning ayrim toifalari — qonun hujjatlariga muvofiq to‘liq yoki qisman davlat ta’minotidagi (“Mehribonlik”, “Saxovat”, “Muruvvat” uylaridagi, jazoni o‘tash joylarida va hokazolardagi) jismoniy shaxslar;

xodimning qaramog‘idagi oila a’zosi — “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasida tilga olingan xodimning qaramog‘ida bo‘lgan mehnatga layoqatsiz oila a’zosi.

4. Ushbu Nizom marhum harbiy xizmatchilarga, harbiy yig‘inlarga chaqirilgan fuqarolarga, ichki ishlar organlarining harbiy xizmatni o‘tashda (harbiy yig‘inlar), ichki ishlar organlaridagi xizmatni o‘tashda vafot etgan xodimlariga yoki tinch davrda jarohat (yaralanish, jarohat, kontuziya) natijasida vafot etgan xodimlariga, shuningdek xizmatda bo‘lishning cheklangan yoshiga to‘lgandan keyin, salomatligining holatiga ko‘ra yoxud tashkiliy-shtat tadbirlari munosabati bilan harbiy xizmatdan yoki ichki ishlar organlaridagi xizmatdan bo‘shatilgan marhum fuqarolarga nisbatan qo‘llanilmaydi. Ularni dafn etish marhum harbiy xizmatni (harbiy yig‘inlarni) o‘tagan, ichki ishlar organlarida xizmat qilgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.

II. Nafaqa tayinlash va to‘lashning umumiy qoidalari

Oldingi tahrirga qarang.

5. Nafaqa:



a) davlat pensiyasi oluvchi pensioner;

b) davlat ijtimoiy nafaqasi oluvchi fuqaro;

v) xodim yoki uning qaramog‘idagi oila a’zosi;

g) bola hayotining birinchi haftasi mobaynida vafot etganda yoki o‘lik bola tug‘ilganda (perinatal o‘lim);

d) ish bilan band bo‘lgan yoki band bo‘lmagan shaxs, fuqarolarning ayrim toifalariga tegishli bo‘lgan shaxs yoki bola;

e) O‘zbekiston Respublikasi hududida dafn etilgan O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyiga ega bo‘lmagan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs vafot etgan taqdirda tayinlanadi.

(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 372-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 1-son, 4-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

6. Ushbu Nizom 5-bandining “a”, “b”, “g”, “d” va “e” kichik bandlarida ko‘rsatilgan shaxslar vafot etgan taqdirda nafaqa Davlat xizmatlari markazlari (keyingi o‘rinlarda — Markaz) yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) murojaat qilish orqali O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda — Pensiya jamg‘armasi) tomonidan tayinlanadi.



Ushbu Nizom 5-bandining “v” kichik bandida ko‘rsatilgan shaxs vafot etganda nafaqa korxona, muassasa yoki tashkilot (keyingi o‘rinlarda — tashkilot) tomonidan mazkur Nizomda nazarda tutilgan tartibda tayinlanishi mumkin.

(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-maydagi 327-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.05.2020-y., 09/20/327/0651-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Oldingi tahrirga qarang.

7. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda dafn etish majburiyatini zimmasiga olgan shaxs nafaqa olish huquqiga ega bo‘ladi.

(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari xorijiy davlat hududida dafn etilgan taqdirda, dafn etish holati tegishli hujjatlar, shuningdek, dafn etish majburiyatini o‘z zimmasiga olgan fuqaroning pasportidagi O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasini kesib o‘tganligini tasdiqlovchi yozuvlar (muhr, shtamplar yoki belgilar) orqali aniqlanadi.

(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-sentabrdagi 766-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 09/18/766/1964-son)

8. Dafn etish majburiyatini zimmasiga olgan yuridik shaxslarga nafaqa to‘lanmaydi.

9. Nafaqa uchun unga bo‘lgan huquq yuzaga kelgandan keyin 6 oy mobaynida murojaat qilish mumkin.

 LexUZ sharhi

9-bandga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 27-dekabrdagi PQ-2699-sonli qaroriga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.

Oldingi tahrirga qarang.

10. Ushbu Nizomning 5-bandi “a” — “e” kichik bandlarida ko‘rsatilgan shaxslar vafot etgan taqdirda dafn etish majburiyatini zimmasiga olgan shaxsga pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining to‘rt baravari miqdorida nafaqa to‘lanadi.



(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)

Oldingi tahrirga qarang.

(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 372-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2015-y., 1-son, 4-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

12. Nafaqa miqdori o‘lim sodir bo‘lgan kundagi, asosli sabablarga ko‘ra (marhumni qidirish, jasadni xorijiy davlat hududidan olib kelish va boshqalar) marhum o‘lim aniqlangan kundan kech dafn etilgan hollarda — ushbu holatni tasdiqlaydigan hujjatlar asosida dafn etish kunida belgilangan pensiyani hisoblashning bazaviy miqdoridan kelib chiqib belgilanadi.



(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)

13. Ish haqiga tuman koeffitsiyenti belgilangan tumanlarda va joylarda nafaqa miqdori tuman koeffitsiyentlari hisobga olinmasdan belgilanadi.

Oldingi tahrirga qarang.

14. Xodim yoki uning qaramog‘idagi oila a’zosi vafot etgan taqdirda nafaqa uni tayinlagan tashkilot tomonidan to‘lanadi, keyinchalik ko‘rsatib o‘tilgan sarf-xarajatlar qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga qoplanadi.



(14-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2020-y., 07/20/4555/4257-son)

15. Nafaqa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishonchnoma bo‘yicha to‘lanishi mumkin.

III. Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi

16. Ushbu Nizom 5-bandining “a”, “b” va “d” kichik bandlarida ko‘rsatilgan shaxslar vafot etgan taqdirda nafaqa tayinlash to‘g‘risidagi ariza marhumning yashash joyidagi Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga beriladi.



Oldingi tahrirga qarang.

O‘lik bola tug‘ilganda yoki bola hayotining birinchi haftasi mobaynida vafot etgan taqdirda (perinatal o‘lim) yoxud ushbu Nizomning 5-bandi “e” kichik bandida ko‘rsatilgan shaxs vafot etgan taqdirda nafaqa tayinlash to‘g‘risidagi ariza dafn etish majburiyatini zimmasiga olgan shaxsning yashash joyidagi Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga beriladi.



(16-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 372-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 1-son, 4-modda)

17. Dafn etish majburiyatini zimmasiga olgan shaxsning quyidagi hujjatlar ilova qilingan holda berilgan arizasi nafaqa to‘lash uchun asos hisoblanadi:

FHDY organi tomonidan berilgan o‘lim to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi va o‘lim to‘g‘risidagi ma’lumotnomaning asl nusxasi. O‘lik bola tug‘ilganda yoki bola hayotining birinchi haftasi mobaynida vafot etgan taqdirda (perinatal o‘lim) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berilgan perinatal o‘lim to‘g‘risidagi ma’lumotnomaning asl nusxasi;

ariza beruvchining pasporti nusxasi.

O‘lik bola tug‘ilganda yoki bola hayotining birinchi haftasi mobaynida vafot etgan taqdirda perinatal o‘lim to‘g‘risidagi ma’lumotnoma belgilangan tartibda ikki nusxada rasmiylashtiriladi.

18. Nafaqa barcha zarur hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda murojaat qilingan kunda tayinlanadi.

19. Nafaqa tayinlash to‘g‘risidagi arizani qabul qilish quyidagi hollarda rad etiladi:



Oldingi tahrirga qarang.

ushbu Nizom 5-bandining “a”, “b”, “g”, “d” va “e” kichik bandlarida ko‘rsatilgan shaxslar vafot etgan kundan boshlab 6 oy o‘tgandan keyin nafaqa uchun murojaat qilinganda;



(19-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 372-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 1-son, 4-modda)

 LexUZ sharhi

19-bandning ikkinchi xatboshisiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 27-dekabrdagi PQ-2699-sonli qaroriga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.

ushbu Nizomning 17-bandida ko‘rsatilgan barcha zarur hujjatlar taqdim etilmaganda.

20. Nafaqa tayinlash yoki nafaqa tayinlashni rad etish Pensiya jamg‘armasi bo‘limining qarori bilan rasmiylashtiriladi.

21. Nafaqa tayinlash rad etilgan taqdirda Pensiya jamg‘armasi bo‘limi murojaat qilingan kunda, rad etish sabablari va qabul qilingan qaror yuzasidan shikoyat qilish tartibi ko‘rsatilgan, ariza beruvchi taqdim etgan barcha hujjatlarning asl nusxalari ilova qilingan holdagi bildirishnomani ariza beruvchining qo‘liga beradi yoki unga pochta orqali jo‘natadi.

Oldingi tahrirga qarang.

22. Ariza beruvchi nafaqa tayinlash yoki nafaqa tayinlashni rad etish to‘g‘risidagi qaror yuzasidan bevosita sudga yoki bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga shikoyat qilishi mumkin.



(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-maydagi 327-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.05.2020-y., 09/20/327/0651-son)

23. Nafaqa tayinlash to‘g‘risidagi ariza va nafaqa tayinlash to‘g‘risidagi qaror taqdim etilgan barcha hujjatlar bilan birgalikda nafaqa oluvchining alohida hujjatlar yig‘majildida saqlanadi.

Oldingi tahrirga qarang.

24. Nafaqani to‘lash pensiya tayinlash to‘g‘risida murojaat qilgan ariza beruvchi yashaydigan joydagi nafaqani yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilot orqali Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi.



(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-sentabrdagi 766-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 09/18/766/1964-son)

25. Pensiya jamg‘armasi bo‘limi quyidagilarga majbur:

Oldingi tahrirga qarang.

har bir to‘lov oyi boshida o‘tgan oy uchun nafaqa turi bo‘yicha to‘langan mablag‘lar umumiy summasidan kam bo‘lmagan miqdordagi nafaqa to‘lash uchun zarur mablag‘larni nafaqani yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilotga depozit hisob raqamlariga moliyalashtirish;



(25-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-sentabrdagi 766-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 09/18/766/1964-son)

Oldingi tahrirga qarang.

ariza beruvchi murojaat qilgan kunda nafaqa to‘lashga vedomostni rasmiylashtirish hamda ariza beruvchiga nafaqa to‘lashni amalga oshirish uchun nafaqani yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilotga axborot tizimi orqali taqdim etish;



(25-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-sentabrdagi 766-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 09/18/766/1964-son)

Oldingi tahrirga qarang.

To‘lov oyidan keyingi oyning 7-kunidan kechikmay nafaqani yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilot va Pensiya jamg‘armasi bo‘limi amalda to‘langan mablag‘lar summasi va nafaqa oluvchilar soni to‘g‘risida taqqoslash dalolatnomasini tuzadilar.



(25-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-sentabrdagi 766-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 09/18/766/1964-son)

Oldingi tahrirga qarang.

26. Nafaqani yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilot vedomostga va ariza beruvchining pasportiga, pasport bo‘lmagan taqdirda esa ariza beruvchining shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatga qat’iy asoslanib naqd pul mablag‘larini to‘laydi.



(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-sentabrdagi 766-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 09/18/766/1964-son)

Oldingi tahrirga qarang.

(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-sentabrdagi 766-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 09/18/766/1964-son)

IV. Tashkilot tomonidan nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi

28. Xodim yoki uning qaramog‘idagi oila a’zosi vafot etgan taqdirda nafaqa tayinlash to‘g‘risidagi ariza tashkilot ma’muriyatiga beriladi.

29. Nafaqa xodimning asosiy ish joyi bo‘yicha tashkilotning ijtimoiy sug‘urta komissiyasi (keyingi o‘rinlarda komissiya deb ataladi) tomonidan tayinlanadi. Komissiyaning tarkibi va raisi tashkilot rahbarining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.

30. Komissiyalar bo‘lmagan tashkilotlarda nafaqa tashkilot rahbarining buyrug‘i bilan bunday vakolat berilgan shaxs tomonidan tayinlanadi.

31. Marhumni dafn etish majburiyatini zimmasiga olgan shaxs tomonidan quyidagi hujjatlar ilova qilingan holda berilgan ariza nafaqa tayinlash uchun asos hisoblanadi:

a) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda FHDY organi tomonidan berilgan o‘lim to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi va o‘lim to‘g‘risidagi ma’lumotnomaning asl nusxasi;

Oldingi tahrirga qarang.

b) xodimning qaramog‘idagi oila a’zosi vafot etgan taqdirda — marhumning xodim bilan qarindoshligi darajasini tasdiqlaydigan hujjat (tug‘ilish haqidagi guvohnoma, nikoh to‘g‘risidagi guvohnoma);



(31-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)

v) ariza beruvchi pasportining nusxasi.

32. Nafaqa barcha zarur hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda murojaat qilingan kunda tayinlanadi.

33. Nafaqa tayinlash to‘g‘risidagi arizani qabul qilish quyidagi hollarda rad etiladi:

xodimning yoki uning qaramog‘idagi oila a’zosining vafotidan 6 oy o‘tgandan keyin murojaat qilinganda;

 LexUZ sharhi

33-bandning ikkinchi xatboshisiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 27-dekabrdagi PQ-2699-sonli qaroriga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.

ushbu Nizomning 31-bandida ko‘rsatilgan barcha zarur hujjatlar taqdim etilmaganda.

Nafaqa tayinlash yoki nafaqa tayinlashni rad etish komissiyaning protokol qarori yoki tashkilot rahbarining buyrug‘i bilan bunday vakolat berilgan shaxsning qarori bilan rasmiylashtiriladi.

34. Nafaqa tayinlash rad etilgan taqdirda korxona rad etish sabablarini va qabul qilingan qaror yuzasidan shikoyat qilish tartibini ko‘rsatgan, ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan barcha hujjatlarning asl nusxalarini ilova qilgan holda bildirishnomani ariza beruvchining qo‘liga beradi yoki unga pochta orqali yuboradi.

Oldingi tahrirga qarang.

35. Nafaqa tayinlash yoki nafaqa tayinlashni rad etish to‘g‘risidagi qaror yuzasidan ariza beruvchi bevosita sudga yoki bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga shikoyat qilishi mumkin.



(35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-maydagi 327-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.05.2020-y., 09/20/327/0651-son)

36. Tashkilot qayta tashkil etilganda (qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish, ajratib chiqarish, o‘zgartirish) nafaqa olish huquqiga ega bo‘lgan shaxsga ushbu Nizomga muvofiq nafaqa tayinlash va to‘lash tashkilotning huquqiy vorisi tomonidan amalga oshiriladi.

37. Tashkilotda, uning rahbariyati tasdiqlaganidek, mablag‘lar yo‘qligi yoki yetarli emasligi tufayli nafaqa to‘lash mumkin bo‘lmagan, shuningdek nafaqa tayinlash uchun murojaat qilingan muddat mobaynida tashkilot tugatilgan taqdirda nafaqa Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan tayinlanadi.

38. Tashkilot tomonidan nafaqa vedomost va ariza beruvchining pasporti asosida naqd pul mablag‘lari bilan to‘lanadi.

39. Tashkilotning bosh (katta) buxgalteri komissiya bilan bir qatorda nafaqa to‘lashga mablag‘larning to‘g‘ri sarflanishi yuzasidan javob beradi.

40. Nafaqa tayinlash to‘g‘risidagi ariza va nafaqa tayinlash haqidagi qaror taqdim etilgan barcha hujjatlar bilan birgalikda tashkilot buxgalteriyasida saqlanadi.

V. Yakunlovchi qoidalar

41. Nafaqaga soliq solinmaydi va undan ushlab qolinmaydi.

42. Nafaqaning asossiz va noqonuniy to‘lanishi holatlari aniqlangan taqdirda ariza beruvchiga to‘langan nafaqa summasi sud tartibida undiriladi.

Oldingi tahrirga qarang.

(43-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-sentabrdagi 766-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 09/18/766/1964-son)

Oldingi tahrirga qarang.

44. Nafaqalarni to‘lash va yetkazib berish bo‘yicha xarajatlarni (bank xizmatlari uchun tashkilot xarajatlari hisobga olinmagan holda) moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.



(44-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2020-y., 07/20/4555/4257-son)

45. Nafaqa olish huquqiga ega bo‘lgan shaxs vafot etgan taqdirda olinmay qolgan nafaqa summasi meros tarkibiga kiritilmaydi va ota-onaga, eriga (xotiniga), shuningdek nafaqa oluvchi vafot etgan kunda u bilan birgalikda yashagan oila a’zolariga to‘lanadi.

Nafaqa tayinlash va to‘lash, ushbu Nizomning III bo‘limiga muvofiq, nafaqa oluvchi marhumning yashash joyidagi Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi.

Bir necha shaxs murojaat qilgan taqdirda ularga tegishli bo‘lgan nafaqa summasi ular o‘rtasida teng taqsimlanadi.

Ko‘rsatib o‘tilgan summa nafaqa yuzasidan nafaqa oluvchi marhumning vafotidan keyin 6 oydan kechikmay murojaat qilingan taqdirda to‘lanadi.

 LexUZ sharhi

45-bandning to‘rtinchi xatboshisiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 27-dekabrdagi PQ-2699-sonli qaroriga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.

Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 14-iyundagi 174-son qaroriga


2-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar

Oldingi tahrirga qarang.



(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrdagi 387-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 50-son, 566-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-fevraldagi 46-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 8-son, 77-modda)

3. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 19-fevraldagi 30-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 2-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom 8-bandi “v” kichik bandining to‘rtinchi xatboshidagi “hamda dafn marosimi nafaqalarini” so‘zlari chiqarib tashlansin.

Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 14-iyundagi 174-son qaroriga


3-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan qarorlari


Download 54,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish