4.Ampertmetrni va voltmetrni darajalash uchun keltirilgan sxemani tushuntiring. Voltmetrni darajalash uchun ma’lum qiymatli kuchlanishlar berish va voltmetrning ko’rsatishlarini shu kuchlanishlarning qiymatlariga taqqoslash kerak. Buning uchun etalon voltmetrdan foydalanish kerak. Etalon voltmetrni aniqlik klassi darajalanayotgan asbobning aniqlik klassiga teng yoki undan yuqori bo’lishi kerak. Bu ishda Vg darajalanayotgan voltmetrning shkalasi millivoltmetr yordamida tekshiriladi.Asbob shkalasi bo‘limlari bilan shu shkala bo‘yicha topiladigan kattalikning qiymatlari orasidagi munosabatni topish asbobni darajalash deyiladi. Darajalash natijalarini asbob shkalasi bo‘limlari soni bilan shu shkala bo‘yicha hisoblanadigan kattalikning mos qiymatlarini bog‘lovchi grafik darajalash chizig‘i ko‘rinishda ifodalash qulaydir. Darajalash chizig‘idanasbob shkalasi bir bo‘limining qiymatini aniqlash mumkin. Darajalash chizig‘i to‘g‘ri chiziq bo‘lganda asbob shkalasi bir bo‘limining qiymati butun shkala bo‘ylab o‘zgarmas bo‘ladi. Bunday holda shkala bo‘limining qiymati son jihatdan darajalash to‘g‘ri chizig‘i bilan abtsissalar o‘qi orasidagi burchakning tangensiga teng bo‘ladi. O‘lchash asbobini ikki ususl bilan darajalash mumkin..
5.Elektr asbobning aniqlik klassi, absolyut va nisbiy xatolik nimani tushuntiradi. Ularni qanday hisoblash mumkin ?
O‘lchash xatoligi – o‘lchash natijasini chinakam (haqiqiy) qiymatdan chetlashuvini (og‘ishuvini) ifodalovchi o‘lchashning sifat mezoni hisoblanadi. O‘lchash xatoliklari turli sabablarga ko‘ra turlicha ko‘rinishda namoyon bo‘lishi mumkin. Bu sabablar qatoriga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: – o‘lchash vositasidan foydalanishda uni sozlashdan yoki sozlash darajasini siljishidan kelib chiquvchi sabablar; – o‘lchash obyektini o‘lchash joyiga (pozitsiyasiga) o‘rnatishdan kelib chiquvchi sabablar; – o‘lchash vositalarining zanjirida o‘lchash ma’lumotini olish, saqlash, o‘zgartirish va tavsiya etish bilan bog‘liq sabablar; – o‘lchash vositasi va ob’yektiga nisbatan tashqi ta’sirlar (harorat yoki bosimning o‘zgarishi, elektr va magnit maydonlarining ta’siri, turli tebranishlar va hokazolar)dan kelib chiquvchi sabablar; – o‘lchash obyektning xususiyatlaridan kelib chiquvchi sabablar; – operatorning malakasi va holatiga bog‘liq sabablar va shu kabilar. O‘lchash xatoliklarini kelib chiqish sabablarini tahlil qilishda eng avvalo o‘lchash natijasiga salmoqli ta’sir etuvchilarini aniqlash lozim bo‘ladi.