Payvandlash va suyuqlantirib qoplashning mexanizatsiyalashgan usullari



Download 38,5 Kb.
bet1/3
Sana21.01.2022
Hajmi38,5 Kb.
#398422
  1   2   3
Bog'liq
Abullayev tezis


PAYVANDLASH VA SUYUQLANTIRIB QOPLASHNING MEXANIZATSIYALASHGAN USULLARI

Abdullayev Shavkat Azimovich

Andijon mashinasozlik instituti
Elektr yoyli qo’lda payvandlashda birmuncha muhim kamchiliklar borligi: ish unumining pastligi, ish sifatining payvandchining mahoratiga bog’likligi sababli hozirgi vaqtda detallarni ishlash imkoniyatini tiklashda elektr yoy vositasida mexanizatsiyalashgan usulda payvandlash keng ko’lamda joriy etilgan. Mexanizatsiyalash usullari avtomatik va yarim avtomatik xillarga bo’linadi. Avtomatik payvandlashda elektrod simini payvandlash zonasiga so’rish, shuningdek, elektrodni detalga nisbatan siljitish mexanizatsiyalashtirilgan. Yarim avtomatik payvandlashda elektrodni detalga nisbatan siljitish qo’lda bajariladi.

Elektr yoyining sharoitiga ko’ra, payvandlash flyus qatlami ostida, himoyalovchi gazlar muhitida va vibroyoy vositasida payvandlashlarga bo’linadi.

Flyus qatlami ostida payvandlash va suyultirib qoplash usulining mohiyati quyidagilardan iborat. Elektr yoy elektrod simining uchi bilan detal orasida yonadi. Sim suyuqlantirib qoplash zonasiga maxsus uzatish mexanizmi orqali uzatiladi. Bunkerdan yoyning yonishi zonasiga flyus tushadi, bu yoyda flyusning bir qismi suyuqlanib qobiq hosil qiladi.

Qobiq suyuqlangan metalni havoning zararli ta‘siridan ishonchli saqlab turadi, metallning sachrashini kamaytiradi, chokning shakllanishi, yo issiqligidan foydalanishni yaxshilaydi. Soviganda hosil bo’ladigan shlak qobig’i qoplangan metallni sekin sovitishni va tarkibiy shakllanishini ta‘minlaydi.

Flyus qatlami ostida suyuqlantirib qoplashda ish unumi qo’lda payvandlashdagiga nisbatan 6…10 marta ortadi, suyultirib qoplash koeffitsienti 1,5…2 marta ortiq bo’lib, 14…16 g/A soat bo’ladi. Kuchlanishi 30…40 V li o’zgarmas tok ishlatiladi. Yoyning ko’rinmasligi va flyusning juda ko’p sarflanishi hamda qimmatligi bu usulning kamchiligidir.

Suyuqlantirib qoplashning yaxshi sifatli bo’lishi ishlatiladigan flyusga ham bog’liq bo’ladi. Avtomatik suyuqlantirib qoplashda suyuqlantirilgan va suyuqlantirilmagan keramik flyuslar, shuningdek flyus-aralashmalar ishlatiladi.

Detallarni flyus qatlami ostida suyuqlantirib qoplashning to’g’ri tanlangan rejimi, suyuqlantirib qoplangan qatlamni yeyilishga chidamli va sifatli chiqishini ta‘minlaydi. Flyus ostida suyuqlantirib qoplash rejimiga quyidagi parametrlar kiradi: tok kuchi va turi; elektr yoyining kuchlanishi, suyuqlantirib qoplash tezligi, elektrod simining o’zatish tezligi, suyuqlantirib qoplash qadami, elektrodning chiqib turish uzunligi (qulochi), elektrodning zontiga nisbatan siljishi, mundshto’kning qiyalik burchagi, detalning aylanish chastotasi va boshqalar.

Qoplanadigan qatlamda zarur bo’lgan qattiqlikni olish uchun, birinchi navbatda elektrod simi va flyusning markasini to’g’ri tanlash lozim.

Kuchlanish yoyining barqaror yonishini ta‘minlovchi miqdorda bo’lishi kerak. Tavsiya qilinadigan kuchlanish miqdori 25…30 V.


Download 38,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish