Payvandlash texnikada



Download 15,85 Kb.
Sana30.04.2022
Hajmi15,85 Kb.
#595392
Bog'liq
Payvandlash


Payvandlash (texnikada)—qattiq materiallar (metallar, shisha, plastmassa va boshqa) ni ajralmas qilib biriktirish usuli. Metallarni payvaidlash qadimdai ma’lum. 1882-yilgacha bosim vaqtida payvandlashning temirchilik usulidan foydalapilgan. 1882—84 yillarda rus ixtirochisi N. N. Benardos birinchi marta metallarni ko’mir elektroddan foydalanib payvandlash (elektr yoy) usulini topgan. 1888—90 yillarda rus iijeneri N. G. Slavyanov buni takomillashtirib, ko’mir elektrod o’rniga metall elektrod ishlatgan.
1895 yilda asetilen topilgandan keyin E. Fushe gaz payvandlashni ixtiro qildi. Ma’lumki, o’tkazgichlardan elektr toki o’tganda kontaktlar qiziydi. Shu hodisaga asoslanib, amerikalik olim E. Tomson 1877 yilda qarshilikli uchma-uch payvandlash, keyinchalik N. N. Benardos nuqtaviy kontakt payvandlash usulini ixtiro qildi. 1894—1910 yillarda termit yordamida payvand usuli rivojlangan. Bunda alyuminiy va temir oksididan iborat termit kukuni yoiib, ekzotermik reaksiya yuz berishi hisobiga Kistrod P. sodir bo’ladi. O’sha yillari Gaz-press payvandlash Uzoq Sharqdagi kemasozlik z-dida prof. V. P. sxemasi. Vologdin elektr payvandlash usulida ko’priklar, shatakchi katerlar, fermalar va boshqalarni payvandladi. 1924—25 yillarda prof. V. P. Nikitin boshchiligida birinchi payvandlash mashinasi—SM-1 yaratildi. 1940 yilda Ukraina FA Elektr payvand intida akad. E. O. Paton boshchiligida flyus ostida avtomatik elektr yoy payvandlash usuli, keyinchalik B.E.Paton boshchiligida elektr shlakli payvandlash usuli ishlab chiqildi. Bosim ostida payvandlashda metallni plastik holatga keltirib biriktiriladi; biriktiriladigan joyga tashqi kuch ta’sir ettiriladi. Bunday payvandlashning mexanik, kimyoviy-mexanik va elektro mexanik usullari bor. Mexanik (sovuqlayin) payvandlashda metallning payvandlanadigan joyi tozalanadi va mahsus shtamp yordamida bu joyga ancha katta siquvchi kuch ta’sir ettiriladi.
Doira yoki to’g’ri to’rtburchak shaklidagi puanson bilan siqilganda metallda plastik deformasiya hosil bo’ladi; metall zichlashadi va donachalari maydalashadi. Alyuminiy va uning qotishmalari, mis, nikel, rux, alyuminiy-mis qotishmalaridan tayyorlangan buyumlar shu usulda payvandlaiadi. Kimyoviy-mexanik usul temirchilik, gaz-press va termit xillarga bo’linadi. Temirchilik usulida metallning payvandlanadigan joyi yumshaguncha qizdirilib, bolgalanadi yoki press bilan qisiladi.
Metall sirtida to’la payvandlanishga qarshilik ko’rsatadigan oksid qatlami hosil bo’ladi. Uni yo’qotish uchun kukun yoki pasta ko’rinishi dagi flyusdan foydalaniladi. Payvandlash vaqtida flyus erib, metall sirtini oksidlanishdan saqlaydigan yupqa toshqol katlami qoplaydi. Po’lat pokovkalar va boshqa shu usulda payvandlanadi. Gaz-press usulida biriktiriladigan metall qismlar uchma-uch keltirilib, shu joy gaz gorelkasi alangasida qizdiriladi, so’ngra mahsus moslama bilan siqiladi. Odatda, yoqilg’i sifatida asetilen ishlatiladi. Bu usul bilan po’lat, latun, mis, alyuminiy qotishmalaridan tayyorlangai buyumlar payvandlanadi. Termit usulda metall termitda kimyoviy reaksiyaga kirishishi natijasida qizib birikadi. Bunday payvandlash bir necha sekundgina davom etadi. Elektromexanik (kontakt) payvandlashda metall elektr toki bilan qizdiriladi va mexa­nik kuch ta’sirida siqiladi. U nuqtaviy rolikli va impuleli xillar­ga bo’linadi. Elektromexanik payvandlashda xavodagi kislorodiing ta’sir davri juda qisqaligidan oksid qatlami hosil bo’lmaydi, shuning uchun bu usulda flyus ishlatilmaydi. Eritib payvandlashda biror issiqlik manbai ta’si­rida buyumning payvandlanadigan joylari va payvand chiviq (agar u ishlatilsa) suyuslanish holatiga keltiriladi. Bu usulning kimyoviy, elektr-kimyoviy va elektr ey usullari bor.
Download 15,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish