Payvandlash jihozlari


Yoyni metall orasiga tushirib payvandlash



Download 3,1 Mb.
bet90/166
Sana10.04.2022
Hajmi3,1 Mb.
#541005
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   166
Bog'liq
qolda yoyli payvandlash jihozlari

Yoyni metall orasiga tushirib payvandlash. Payvandlashning bu usulini (7.27-rasm) Y.A. Larionov taklif qilgan bo‘lib, qa- linligi 20 mm gacha bo‘lgan tunukalarni uchma-uch qilib, chet- larini qiyalamasdan bir tomonlama payvandlashda qo‘llaniladi. Bu usulda payvandlaganda elektrodlar, vaqt, hamda chetlarini tayyorlashda sarflanadigan mehnat tejaladi. Payvandlanadigan tunukalar po‘lat taglik 1 ga joylanadi. Chok uchlariga cheklovchi plankalar 2 qo‘yiladi. Chetlari orasidagi tirqish elektrod 3 dia- metridan 1 — 1,5 mm kattaroq bo’lishi kerak. Eritilgan metal- ning cho‘kishi natijasida chetlari bir-biriga yaqinlashib qolmasligi uchun listlar bir-biriga nisbatan chok uzunligining har bir metri hisobiga 10—20 mm burchak ostida ajratiladi.
Yoy po‘lat taglikda yondiriladi va vanna hosil bo‘lishi bilan tunukalarning erishi hamda vannadagi suyuq metall bilan biriki­shi uchun elektrod 3 dan u chetiga, dam bu chetiga qiyalanib yuqoriga ko‘tariladi. Chokning bitta vertikal qatlami to‘ldirilgan- dan keyin payvandchi elektrodni yana qo‘shni hududga tushiradi va payvandlash jarayonida chokning butun uzunligi bo‘yicha shu harakatni takrorlaydi.
Payvandlangan chok yuzasi shlakdan tozalanadi va asosiy chokning notekis joylarini to‘lg‘izuvchi pardoz chok yotqiziladi.

7.27-rasm. Botirilgan yoy yordamida payvandlash sxemasi.

Metall orasiga tushirilgan yoy bilan payvandlashda diametri 4, 5 va 6 mm elektrodlar ishlatiladi. Mavjud diametrdagi elektrod uchun ruxsat etilgan eng katta tok ishlatiladi.
Elektrodni yotqizib payvandlash. Bu usulning mohiyati shundan iboratki, yaxshi sifatli qoplamali elektrod ochilgan chokka yot- qiziladi. Yoyning uzunligi yonish jarayonida qoplama qatlamining qalinligiga teng bo‘ladi. Elektrodni yotqizib payvandlashda dia- metri 6—10 mm li elektrodlar ishlatiladi, ularning uzunligi chok uzunligiga teng qilib olinadi, lekin 800—1000 mm dan oshiril- maydi. Ochilgan chokda elektrodni tutib turish, shuningdek, yoyni izolatsiyalash va himoyalash uchun mis ustqo‘ymalar ishlatiladi.



Download 3,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish