Payvandlash o‘zgartirgichlari va agregatlarining texnik tavsifi
Rusumlari
Kuchlanish, V
Payvandlash toki kuchi, A
UDE %
R nom KVA
Ilova
O‘zgartir- gichlar
Generatorlar
U1
U s.y.u
I nom
Rostlash chegarasi
ПД-303
ГСО—300
380
65
300
100...300
65
10
Mustaqil qo‘zg‘a- ladigan
ПСО— 300—2
ГСО—300
380
50-70
315
115...315
60
16
O‘z- o‘zidan qo‘zg‘a- ladigan
САМ—300
ГСО-300-М
380
50..70
300
80....380
65
14
«-«
ПД—501
ГСО—500
380 220
90
500
125...500
60
30
«-«
ПС—500
ГСО-500 11
380
60...905
500
120...600
65
28
«-«
АСДП
СГП—3
380
60...90
500
120...500
60
20
«-«
ПСГ—500
ГСГ—500
380 220
40
500
60...500
60
20
«-«
Karbonat angidrid gazida suyuqlanadigan elektrod bilan pay- vandlash uchun ПСГ rusumli maxsus o’zgartirgichlar yaratilgan. Ular qattiq yoki sekin pastlanadigan VAT ga ega bo‘lishi mumkin. Payvandlash generatorini talab etilgan ish rejimiga rostlash. Payvandlash generatorini ish rejimiga rostlash uchun quyi- dagilarni bajarish zarur: payvandlash preobrazovatelning privodli elektr dvigatelini ta’minlovchi kuchlanish tarmog‘iga ulash; generator langarini shitda ko‘rsatilgani kabi yo‘nalish bo‘yicha aylantirilayotganini tekshirish; shitda ko‘rsatilgan yo‘nalishga qarshi aylantirilgan holda privodli elektr dvigatel qisqichlarini almashtirish lozim; payvandlash toki bosqichini rostlash; payvandlash generatorini ulash va talab etilgan payvandlash tokini rostlash. Payvandlash o‘zgartirgichlariga texnik xizmat ko‘rsatish.Pay- vandlash o‘zgartirgichi unga muntazam suratda qarab turilgan taqdirdagina bekami-ko‘st ishlaydi. Ayniqsa, generator kollektori, cho‘tkalar va podshipniklarga yaxshi qarash kerak. Kollektorni vaqt-vaqti bilan benzinga ho‘llangan toza latta bilan changdan tozalab turish zarur. Bu operatsiya generator to‘xtaganida bajariladi. Mashina to‘g‘ri ishlasa, kollektorda qurum izlari bo‘lmasligi kerak. Cho‘tkalarning kollektorda qurum izlarini qoldirmasdan mayda-mayda uchqunlanishi xavfli emas. Kollektorda qurum izlari paydo bo‘lsa, uning sabablarini aniqlab bartaraf etish, kollektorni esa mayda donador presslangan pemza yoki kollektor yuzasi shaklidagi yog‘och kolodkaga tortilgan may- da shishali qog‘oz bilan silliqlash kerak. Kollektorning barcha yu- zasi bir tekisda silliqlanishi lozim. Kollektorni jilvir qog‘oz bilan silliqlash qat’iyan man etiladi. Agar vaqt o‘tishi bilan plastinalar orasidan slyuda chiqish- ni boshlasa, cho‘tkalar ishlaganida uchqun ko‘rinadi va shov- qin eshitiladi. Bunday hollarda maxsus arracha bilan plastinalar orasidagi slyudani 1 mm ga yaqin chuqurlikda ohistagina chiqarib olish, shundan so‘ng uch qirrali mayda egov bilan hosil bo‘lgan pitirlarni egovlab kollektorni ish davomida cho‘tkalarni ko‘tarib silliqlash zarur. Cho‘tka mexanizmini muntazam suratda ko‘zdan kechirib turish kerak. Shikastlangan yoki yoyilgan cho‘tka o‘rniga yangi- sini o‘rnatish va uni kollektorga surkash zarur. Buning uchun cho‘tka ostiga mayda shishali qog‘oz polosa (shishasini cho‘tkaga qaratib) qo‘yiladi. Qog‘oz mashinaning aylanish yo‘nalishi bo‘yi- cha cho‘tka kollektoriga jips yopishguniga qadar cho‘tka ostidan o‘tkaziladi. Cho‘tka tutgich prujinasini normal bosimda surkaladi. Cho‘tkalar surkash qilinganidan keyin (kollektor shlifovkalangan- dan keyin ham) hosil bo‘lgan chang havo bilan puflab ketkaziladi, cho‘tkalarni tugal silliqlash uchun esa generator salt yurishi kerak. Yangi cho‘tkalarni o‘rnatishda, ularning hammasi tekis ekan- ligini, plastinadan baravariga tushishi va yangisiga o‘tishiga is- honch hosil qilish, shuningdek, cho‘tkalarni oboymada qisilmas- dan erkin surilishini va unda tebranmasligini tekshirish lozim. Halqaning ostki chekkasi kollektordan 2-3 mm narida bo'lishi kerak. Traversa noto‘g‘ri holatda bo‘lganida ham cho‘tkalar ko‘p uch- qunlanishi va hatto kollektor kuyishi mumkin. Vaqt o‘tishi bilan sharikli podshipniklarning moyi quyuqlashib ifloslanadi. Shuning uchun ham moyni yiliga bir yoki ikki marta yangilab turish kerak. Ifloslangan moydan tozalangandan so‘ng podshipniklarni shprits yordamida benzin purkab yaxshilab yu- vish, so‘ngra yana moy to‘lg‘azib qo‘yish lozim. Podshipniklarni qismlarga ajratishda ularga chang, qum va boshqa narsalar tush- masligiga e’tibor berish zarur. Nam tushishi sababli mashinaning izolatsiyasi namiqib qoli- shi va natijada uning qarshiligi kamayishi mumkin. Mashina uzoq vaqtgacha ochiq havoda yoki isitilmaydigan nam xonada ishlamasdan turganida ana shunday hol ro‘y berishi mumkin. Bunday hollarda mashinani ishlatishdan oldin mavjud turdagi O‘zgartirgichga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha zavod ko‘rsatmasida ko‘rsatilgan usulda quritib olish zarur. 5.5. Ko‘p postli ta’minlash manbalari Ko‘p postli payvandlash to'g'rilagichlari ВДМ yoy bilan ballast reostatlari orqali bir nechta payvandlash postlarini to‘g‘rilangan tok bilan bir vaqtda ta’minlash uchun qo‘llanadi, himoyalovchi gazda mexanizatsiyalashgan payvandlashda ВД1М to‘g‘rila- gichlari qo‘llanadi. Bitta to‘g‘rilagichdan ishlay oladigan postlar soni n ni, ko‘p postli to‘g‘rilagichning nominal toki Inom ni bir postning maksimal toki In ga nisbati bilan aniqlaydilar:
bu yerda: a = 0,6...0,65 postlarining bir vaqtda ishlash koef- fitsienti. Ko‘p postli payvandlash to‘g‘rilagichlari (5.5-jadval) qattiq tashqi VAT ga ega. 5.5-jadval