Bu usuldan legirlangan po‘latlar, qora metallar va rangli metallar hamda qotishmalar, plastmassalar va hokazo payvand birikmalarni nazorat qilishda foydalanish mumkin. Nazorat qi- lishning hamma qoidalariga rioya qilinganda chuqurligi 0,01 mm va kengligi 0,001 mm gacha bo‘lgan yoriqlarni aniqlash imkonini beradi. Boshqa fizik nazorat qilish usullari ichida bu usul tex- nologiyasining oddiyligi, arzonga tushishi va bevosita konstruksi- yaga o‘rnatilgan detallarni ham nazorat qilish mumkinligi bilan ajralib turadi. Lyuminessent usulishundan iboratki penetrant izlari yaxshi- roq namoyon bo‘lishi uchun unga lyuminoforalar (ultrabinafsha rangda yonuvchi bo‘yoqlar) qo‘shiladi. Oquvchanlik defektoskopiyasi
Oquvchanlik usuli bilan obyektning germetikligini buzuvchi tirqishlar topiladi. Germetiklik deb sosud devori yoki birikmalar orasidan gaz yoki suyuqlikning o‘tishini cheklab qo‘yuvchi xusu- siyatga aytiladi. Germetiklikni tekshirish usullari 14.26-rasmda ko‘rsatilgan. Kapillar usullarbilan aniqlash, yuza nuqsonlarini aniqlash usuli bilan o‘xshab ketadi. Kerosin bilan sinash bosimsiz ishlaydigan idishlar uchun qo‘lla- nilib, bosim ostida ishlaydigan idishlar uchun dastlabki sinov hi- soblanadi.
14.26-rasm. Oquvchanlik usuli bilan nazorat qilish.
Kerosin yuksak kapillarlik xossasiga ega. Payvand choklarining zichligini sinash usuli kerosinning xuddi shu xossasiga asoslan- gan. Sinashdan oldin choklar shlak va iflosdan tozalanishi hamda ko‘zdan kechirilishi lozim. Ko‘zdan kechirish vaqtida sezilgan kamchiliklar nazorat qilish boshlangunga qadar bartaraf qilinishi kerak. Kerosin probasi bilan nuqsonlarni (nozichliklarni) aniqlash usulida payvand birikmaning bir tomoniga suvda eritilgan bo‘r surtiladi. Bo‘r eritmasi qurigandan keyin payvand chokning ik- kinchi tomoni yaxshilab kerosin bilan ho‘llanadi. Kerosin payvand chokdagi nuqsonlardan o‘tib, bo‘r bo‘yog‘ida nuqsonlar borligini va ularning xarakterini ko‘rsatuvchi moyli quyuq dog‘lar hosil qiladi. Topilgan nuqsonlar bartaraf qilinadi va qaytadan payvand- lanadi. Kerosin bilan tekshirish faqat musbat (0°dan yuqori) ha- roratda qo‘llaniladi. Payvand choklar kerosin bilan ho‘llangani- dan keyin 12 soat turishi kerak. Rangli va lyuminissentli kapillar nazorat usullari penetrantlarni qo‘llashga asoslangan.