Payvandlash jihozlari


-rasm. Idishning uzellari



Download 3,1 Mb.
bet132/166
Sana10.04.2022
Hajmi3,1 Mb.
#541005
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   166
Bog'liq
qolda yoyli payvandlash jihozlari

13.17-rasm. Idishning uzellari:
1 — sferik tubi; 2 — obechayka; 3 — patrubok; I — halqasimon chok;
II - bo’ylama chok.

Dastavval tunukalardan kartalar yig‘ilib, ular o‘zaro payvand- lanadi. So‘ngra payvandlangan kartalarni vallarda radius bo‘yicha egib, obechaykaning tanovari hosil qilinadi. Undan keyin bo‘yla- ma chok payvandlanadi, payvandlangan obechayka vallarda radi- usi bo‘yicha to‘g‘rilanadi.
Payvandlangan va vallar orasidan o‘tkazilgan obechaykalar o‘zaro, patrubka va sferik tub bilan birlashtiriladi. Halqasimon choklar teskari-bosqichli usulda hududlarga bo‘lib payvandlana- di. Agar patrubkaning diametri 200 mm bo‘lsa, u bir yo‘nalish- da payvandlanadi, agar diametri 200—300 mm dan ortiq bo‘lsa, teskari-bosqichli usulda payvandlanadi.
Bosim ostida ishlaydigan idishlarning ko‘pi flus ostida va kar- bonat angidrid gazida avtomatik payvandlanadi, devorlari qalin idishlar esa elektr—shlak yordamida avtomatik payvandlanadi.
Yoy yordamida dastaki va yarim avtomatik payvandlash usullari chatib olinadigan joylardagi kalta choklar, shuningdek, patrubkalar, tayanchlar, luklar va boshqalarni payvandlashda qo‘llaniladi. Ba’zan choklarning avtomatik payvandlanadigan tubi oldindan payvandlab olinadi (agar buyum konstruksiyasida ko‘zda tutilgan bo‘lsa).
Payvandlangan idishlar maxsus nazoratdan o‘tkazilib, payvand birikmalarning mustahkamligi va zichligi tekshiriladi.
Rezervuarlar. Bu guruhga suyuqliklar saqlanadigan rezervuar va idishlar hamda past (0,07 MPa dan kam) bosimdagi gazlar saqlanadigan gazgolderlar kiradi. Katta diametrdagi gaz quvur- lari, kimyoviy apparatlarning har xil g‘iloflari hamda ana shun- day turdagi boshqa buyumlar payvandlash texnologik usullari jihatidan bu konstruksiyalarga yaqinroq turadi. Ular bir-biriga uchma-uch yoki uchlarini ustma-ust qo‘yib payvandlanadigan va qalinligi 10—12 mm gacha bo‘lgan tunukalardan yig‘iladi. Mon­taj qilishda choklarni har xil holatda, ya’ni pastki, vertikal, go- rizontal va ship holatlarda payvandlashga to‘g‘ri keladi. Choklar mustahkam va zich bo‘lishi kerak.
Rezervuarlar silindrik va sharsimon (sferik) shakldagi tunuka- li konstruksiyalardir. Silindrik rezervuarlar vertikal va gorizontal xillarga bo‘linadi.
Neft mahsulotlari saqlanadigan hamda tub, silindr qism va tomdan iborat vertikal rezervuarlar ana shu guruh uchun misol bo‘la oladi. Vertikal rezervuar (13.18-rasm) tub, korpus, yopma, shaxta narvoni va boshqa metall konstruksiyalardan iborat.


Download 3,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish