2.1.1-rasm. Turli moddalar uchun haroratga nisbatan ionizatsiyalash darajasi.
zarralar hosil qiluvchi bir jinsli gazning ionlash potensiali ionlash effektiv potensiali deyiladi. Agar yoy atmosferasiga ionlash po- tensiali kichik bo‘lgan moddalar kiritilsa, u holda ionlash effektiv potensiali ancha pasayadi, buning natijasida yoy zaryadsizlanishi- ning turg‘unligi ortadi.
Elektr maydoni vositasida ionlashishda elektr maydoni gazning elektr zaryadli zarralariga ta’sir qilib, ularning harakatini mo‘ljali olinadi va tezlatadi. Elektr maydonining gazning elektr zaryad- li zarralarga ta’siri gazning erkin yugurish yo‘liga teng bo‘lgan uchastkadagina bo‘ladi. Harakatlanish vaqtida zarralar o‘zaro uriladi, natijada ular yoki uyg‘onadi, yoki ionlashadi, ayni vaqtda ularning harakat yo‘nalishi ham o‘zgaradi.
Elektronlar emissiyasi
Metallardan o‘tkazuvchan elektronlarning bug‘lanish, nurla- nish yoki chiqish jarayoni elektron emissiya deb ataladi. Payvand- lash yoyida bu jarayon juda katta rol o‘ynaydi. Elektron emissi- ya metallarni bombardimon qilish tufayli bo‘ladigan elektronlar emissiyasiga, fotoelektron emissiyaga, termoelektron emissiyaga va avtoelektron emissiyaga bo‘linadi.
Elektronlarning ionlar oqimi hisobiga emissiyalanishi shun- dan iboratki, bunda musbat ionlar katod sirtiga urilib neytral- lashda issiqlik yoki nur energiya ajratadi, bu energiya hisobiga katoddan tashqi muhitga elektronlar emissiyalanadi. Elektronlar, asosan, musbat ionlar tomonidan emissiyalanadi, chunki manfiy ionlar katod sirtida tormozlanadi. Ionlarning kinetik va potensial energiyasi hisobiga zarb bilan urilishi natijasida ajralgan energiya elektrod metalining ham, asosiy metalning ham erish tezligining ortishiga yordam beradi.
Fotoelektron emissiyada nur energiya katod sirtiga ta’sir qilib, elektronlarga ularning chiqishi uchun zarur bo‘lgan energiyani beradi. Nur energiya elektronlarni faqat katoddangina emas, shuningdek, qoplamalar tarkibiga kirgan materiallardan ham urib chiqaradi. Yorug‘likning to‘lqin uzunligi qancha qisqa bo‘lsa, ka- tod sirtidan elektronlar shuncha ko‘p ajralib chiqadi.
Termoelektron emissiya elektrod qiziganda manfiy qutb (ka- tod) ning cho‘qlangan sirtidan o‘tkazuvchan elektronlarning ajralishidir. Elektrod qiziganda elektronning kinetik energiya- si elektronning elektrostatik tortishishini yengish uchun zarur bo‘lgan chiqish ishidan katta bo‘lib qoladi. Elektrod uchining qi- zish harorati ortgani sari elektronning kinetik energiyasi ortadi, uning elektrostatik tortish kuchi esa kamayadi, natijada ajratib chiqarilayotgan elektronlar soni ortadi. Termoelektron emissiyada elektronlar o‘zi bilan katta miqdorda energiya olib ketgani uchun elektrod soviydi. Elektronlarning chiqishi metalning xossalari va sirtining tozaligiga bog‘liq. Agar volfram elektrod tarkibida 0,5 % miqdorida toriy oksidi (ThO2) qo‘shilsa, u holda bunday toriylan- gan elektrodning emissiyasi ancha ortadi.
Avtoelektron emissiya — elektronlarning kuchli elektr maydoni hisobiga emissiyalanishidir. Bunday emissiya katodning harora- ti past bo‘lganda ham, yuqori bo‘lganda ham bo‘laveradi. Elek- tronlarning past haroratda chiqishiga sabab shuki, tashqi elektr maydoni metall sirtidan elektronlarning chiqib ketishiga yetarli bo‘lgan energiya beradi.
Payvandlash yoyi haqida asosiy ma’lumotlar
Elektrodlar orasida yoki elektrod va buyum orasidagi gaz muhitida hosil bo‘lgan quvvatli turg‘un elektr zaryad- sizlanishi payvandlash yoyi deb ataladi. Payvandlash yoyi katta miqdorda issiqlik energiya ajralib chiqishi va kuchli yorug‘lik effekti bilan xarakterlanadi. Payvandlash yoyi is- siqlik konsentrlangan manba bo‘lib, bu issiqlik asosiy mate- rialning ham, payvandlovchi qo‘shimcha materialning ham suyuqlanishi uchun qo‘llaniladi.
Yoy zaryadsizlanishi qanday muhitda bo‘layotganiga qarab quyidagi xillarga bo‘linadi:
— havoda yonayotgan ochiq yoy, bunda yoy zonasini gazli muhiti payvandlanayotgan metall, elektrodlar materiali va elek- trodlar qoplamalari materiali bug‘larining havo bilan aralashmasi tarkibidan iborat bo‘ladi;
—flus ostida yonayotgan berk yoy, bunda yoy zonasidagi gazli muhit asosiy metall, sim va himoya flusining bug‘lari aralashma- sidan iborat bo‘ladi;
— himoya gazlari muhitida yonayotgan yoy, bunda yoy zonasi gaz muhiti tarkibiga himoya gazining atmosferasi, simning va asosiy metall bug‘larining aralashmasi kiradi. Payvandlash yoyi ishlatiladigan tokning xiliga qarab (o‘zgarmas, o‘zgaruvchan, uch fazali) va yonish muddatiga qarab (statsionar impulsi) klassi- fikatsiyalanadi. O‘zgarmas tok ishlatilayotganda to‘g‘ri va tezkari qutbli yoy bo‘lishi mumkin. To‘g‘ri qutblilikda kuch zanjirining manfiy qutbi — katod — elektrodda, musbat qutbi — anod — aso- siy metalda bo‘ladi. Teskari qutblilikda musbat elektrodda, man- fiy esa buyumda bo‘ladi.
Ishlatilayotgan elektrodning turiga qarab yoy eriydigan (metall) yoki erimaydigan (ko‘mir, volfram va boshqalar) elektrodlar orasi- da yondirilishi mumkin. Ishlash prinsipi jihatidan yoylar bevosita, bilvosita va kombinatsiyalangan ta’sirli bo‘lishi mumkin (2.1.2- rasm). Elektrod va buyum orasida bo‘ladigan yoy razryad bevosita yoy deyiladi. Bilvosita yoy ikki elektrod orasidagi yoy zaryad- sizlanishidir (atomvodorodli payvand). Kombinatsiyalangan yoy bevosita va bilvosita yoylarning qo‘shilishidir. Kombinatsiya- langan yoyga misol qilib, ikki yoyi elektrodlarni buyum bilan bog‘laydigan, uchinchi yoyi esa bir-biridan izolatsiyalangan ikki elektrodlar orasida yonayotgan yoyni keltirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |