Ustma-ust payvand birikma va uni hisoblash
Agar ikki detal uchma-uch emas, ustma-ust qo’yilib, payvandlash amalga oshirilsa,
ustma-ust payvand birikma hosil bo’ladi.
Bunday payvand birikmalarning xarakterli jihati shundan iboratki, chokning ko’vdalang
kesim yuzasi burchakli ko’rinishda bo’ladi va payvandlash ikki listning ustma-ust qo’yilganligi
bois, ikki tomondan bajarilishi mumkin. Bundan tashqari choklarning uzunliklari ham turlicha
bo’lishi mumkinligini ko’rsatish darkor.
Listlar ustma-ust payvandlanganda ularga ta’sir etuvchi kuchga nisbatan payvand choklar
tik, parallel yoki qandaydir burchak ostida hosil qilinishi mumkin. Mos holda bunday choklarni
ro’para, yonbosh va qiyshiq chok deb ataiadi.
Chokning ko’vdalang kesim yuzasi rasmiga ko’ra ular botnq, qavariq va me’yoriy
choklarga bo’linadi (6.3-rasm).
7.3-rasm. Burchakli chok
Payvand chokka ta’sir etuvchi kuch va kuchlanishlar ma’lumki, uning hamma nuqtalarida
birdek bo’lmaydi, chunki detallarning bikrligi, beriluvchanligi bir xil emas. Bu chokning
uzunligiga ham bevosita bog’liqdir. Hisoblashlarni sodda ko’rinishga keltirish maqsadida kuch
chokning barcha nuqtalariga bir xilda ta’sir qilib, kuchlanishlar chok kesim yuzasining hamma
qismida teng bo’ladi, deb qabul qilinadi. Payvand choklarga urinma va normal kuchlanishlar
ta’sir etadi. Normal kuchlanishlarning qiymati juda kichik bo’lganligi uchun muhandislik hi-
soblarida e’tiborga olmasa ham bo’ladi.
Yonbosh chok (6.4-rasm b) quyidagacha hisoblanadi:
(7.3)
bu yerda: 0,7 k≈k•sin 45
o
-chokning bissektrisasi bo’ylab o’tuvchi kesimning balandligi. Agarda
7.3-munosabat bajarilmasa, ya’ni τ>[ τ′] bo’lsa, u holda yonbosh chsjning uzunligi qo’shimcha
yonbosh chok hosil qilish, demak chokning uzunligini oshirish orqali τ>[τ′] shart
qanoatlantiriladi. Bu holda muvozanat sharti quyidagicha yoziladi:
(7.4)
7.4-rasm. Ro’para(a), yonbosh(b), qiyshiq(v), ro’para va yonbosh chokli(g) payvand
birikmalar
Detallarni biriktiruvchi yonbosh choklarning uzunliklari turlicha va detallarga ta’sir
etuvchi cho’zuvchi (siquvchi) kuchga nisbatan nosimmetrik joylashgan bo’lsa, choklarning bir
xil ishlashini ta’minlash uchun ularning uzunliklari kuch ta’sir chizig’iga bo’lgan masofaga
nisbat tariqasida e
1
/ ℓ
2
= e
2
/ ℓ
1
(bu erda: e
1
va e
2
-masofa, ℓ
1
ℓ
2
-chok uzunligi) olinadi (7.5-
rasm. a).
7.5-rasm. Turlicha uzunlikdagi yonbosh chokli va ro’para
chokli payvand birikma
Yonbosh chokli payvand birikmaga moment ta’sir etsa, chokda hosil bo’ladigan
kuchlanish quyidagicha aniqlanadi:
(7.5)
bu yerda: W
r
-payvand chokning qirqiladigan qismining buralishga qarshilik momenti.
Amalda ko’proq uchraydigan choklar uchun (ya’ni, chokning uzunligi detalning
payvandlanayotgan enidan kichik (ℓ < b) W
r
= 0.7 k • I • b qilib olinadi. Ammo, aniq hisoblashlar
uchun payvand kesimning rasmiga ko’ra, "Materiallar qarshiligi" kursida qayd qilingan
tenglamalar orqali aniqlanadi.
Ro’para chok bitta yoki ikkita bo’lsa, ya’ni ustma-ust qo’yilgan detallar ham ostidan,
ham ustidan payvandlansa, ular mos holda quyidagacha hisoblanadi:
(7.6)
Aralash choklar qo’llanilgan hollarda (6.5-rasm,b), cho’zuvchi kuch ta’sir etsa,
kuchlanish quyidagicha aniqlanadi:
(7.7)
Bunday chokka moment ta’sir etsa, muvozanat sharti quyidagicha bo’ladi:
yoki
(7.8)
Aralash chokli payvand birikmaga bir vaqtning o’zida cho’zuvchi kuch va moment ta’sir
etsa (6.6-rasm) kuchlanish qiymati quyidagicha bo’ladi:
(7.9)
7.6-rasm. Cho’zuvchi kuch va moment ta’siridagi payvand chok
Detallarni bir-biriga tik (perpendikulyar) usulda payvandlanadigan bo’lsa, ular uchma-
uch yoki bir chokli chok vositasida biriktirilishi mumkin (7.7-rasm).
6.7-rasm. Detallarni tik payvandlash turlari
Uchma-uch payvandlaganda muvozanat sharti:
(7.10)
Burchakli chok vositasida biriktirilganda muvozanat sharti:
(7.11)
Do'stlaringiz bilan baham: |