Paxtaobod pedagogika kolleji



Download 19,92 Mb.
bet62/298
Sana29.05.2022
Hajmi19,92 Mb.
#615573
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   298
Bog'liq
bol jismoniy tarbiyasi 2021

Tayanch iboralar:


1. Jismoniy tarbiya predmeti. Jismoniy tarbiya nazariyasi inson jismoniy kamolotini boshqarishni umumiy qonunlari haqidagi fandir. Jismoniy tarbiya nazariyasi gimnastika tizimining maqsadi, vazifasi, xususiyati va urinishlari ifodalash bilan birga jismoniy tarbiyaning boshqa turdagi tarbiyalar (aqliy, ahloqiy, nafosat, mehnat tarbiyasi) bilan chambarchas bog’liq ekanligini ko’rsatadi va bu bilan insonning jismoniy kamolot nazariyasini rivojlantirishda tashkiliy metodologik ilmiy yo’nalishlarini ochib beradi. Bu nazariyada jismoniy tarbiya vositalarini o’rganishga jismoniy mashqlarga o’rgatish urinishlari metod va usullarini kashf qilishga, harakat malakalarini shakllantirishga va jismoniy fazilatlarini takomillashtirishga, sport mashg’ulotlarining turli хil shakllari (gimnastika mashg’ulotlari, ertalabki gimnastika, ochiq havoda o’tkaziladigan sport o’yinlari va hokazo) dan saboq berish yo’llarini ishlab chiqishga, qolaversa, jismoniy tarbiya mashqlarini rejalashtirish va hisobga olishga katta ahamiyat beriladi. Bulardan tashqari maktabgacha yoshdagi, maktab yoshidagi bolalarning balog’atga yetgan yoshlarning o’rta yoshli va keksa odamlarning jismoniy tarbiyasidagi maxsus xususiyat aniqlanadi. Jismoniy tarbiya nazariyasi doim amaliy ishlar bilan hamjihatlikda rivojlanib kelmoqda. U o’z faoliyatida ilmiy tadqiqotlardan ilg’or tajriba yutuqlardan, o’tmishdagi progressiv malakalar va bugungi jahon fani erishgan eng yaxshi samaralardan foydalanadi. Jismoniy tarbiya nazariyasi o’z amaliy faoliyatini nazariy poydevor bilan ta’minlaydi va bu bilan uning yanada barkamol bo’lishga imkon yaratadi. Jismoniy tarbiya nazariyasidan saboq berilganda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalanadi: jismoniy rivojlanish, jismoniy kamolot, jismoniy tarbiya, jismoniy tayyorgarlik, jismoniy ta’lim, jismoniy mashqlar, jismoniy madaniyat.
2.Jismoniy tarbiya nazariyasining asosiy tushunchalari.
Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi- bu bola jismoniy tarbiyasi shakllanishining umumiy qonuniyatlaridan saboq beruvchi fandir.Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash nazariyasi jismoniy tarbiyaning umumiy nazariyasi bilan yagona mazmunga va o’rganish buyumiga ega, ayni paytda u 7 yoshgacha bo’lgan bolalar jismoniy tarbiyasi qonuniyatlarini va shunga muvofiq bolaning ta’lim va tarbiya jarayonidagi rivojlantirishini boshqarishning umumiy qonuniyatlarini maxsus o’rganadi.Bolalar jismoniy tarbiyasi nazariyasi har bir yosh bosqichini o’rganib, ilmiy ma’lumotlar va amaliy tajribani umumlashtirib borib, jismoniy tarbiya vazifalarini belgilaydi, ularning mohiyatini, butun jismoniy tarbiya jarayonini tashkil etishning juda samarali vositalari va metodlarini, maqsadga muvofiq shakllarini kompleks ravishda ochib beradi. Sog’lom, baquvvat, chiniqqan, xushchaqchaq, mehribon, tashabbuskor, o’z harakatini yaxshi boshqara oladigan, jismoniy tarbiya va sport mashqlarini sevadigan, atrof muhitda mustaqil harakat qila oladigan, maktabdagi o’qishga, hamda kelgusidagi faol ijodiy faoliyatga nisbatan qobiliyatli bola shaxsini shakllantirish, jismoniy tarbiyaning shaxsni har tomonlama rivojlantirish asoslari sifatidagi alohida ahamiyatini belgilab beruvchi muhim vazifasi hisoblanadi. Jismoniy tarbiya nazariyasi ilk yoshdagi va maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning quyidagi psixofiziologik xususiyatlarini o’z ichiga oladi: organizmning ish qobiliyati imkoniyatlari, yuzaga keluvchi qiziqish va ehtiyojlar, ko’rgazmali–harakat, ko’rgazmali obraz va mantiqiy tafakkur shakllari, ustun turuvchi faoliyat turining o’ziga xosligi, bu faoliyat rivojlanishi bilan bog’liq ravishda bola psixikasida muhim o’zgarishlar kechadi va “Bolaning yangi oliy rivojlanish bosqichiga o’tishi”ga tayyorlanadi.Shunga muvofiq bolalar jismoniy tarbiyasi nazariyasi, jismoniy tarbiyani tashkil qilish va ularni optimal pedagogik sharoitlarda amalga oshirishning barcha shakllari mazmunini ishlab chiqadi.
Jismoniy tarbiya nazariyasi o’z amaliy faoliyatini nazariy poydevor bilan ta’minlaydi va bu bilan uning yanada barkamol bo’lishga imkon yaratadi. Jismoniy tarbiya nazariyasidan saboq berilganda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalanadi: jismoniy rivojlanish, jismoniy kamolot, jismoniy tarbiya, jismoniy tayyorgarlik, jismoniy ta’lim, jismoniy mashqlar, jismoniy madaniyat.
Bizning bugungi kunimizda keng qo’llanayotgan bu tushunchalar jamiyat taraqqiyoti tarixini turli davrlarda vujudga kelgan. Jismoniy tarbiya va uni amalga oshirish haqidagi fanning rivojlanib borishi bilan bu tushunchalarning mohiyati ham teranlashib boradi.
Jismoniy rivojlanish – bu kishi organizmi forma va funksiyalarining o’zgarish jarayonidir. “Jismoniy rivojlanish” atamasi tor ma’noda qo’llaniladi, bunda u antroponometrik va biometrik ko’rsatkichlarini anglatadi, chunonchi: bo’y, gavda og’irligi, ko’krak qafasi aylanasi, o’pkalarning tiriklik sig’imi, umurtqa pog’onasi egikligining darajasi, qaddi-qomatinining holati, kurak uchlari orasidagi masofa, tovon gumbazi o’lchovining ko’rsatkichi, o’ng va chap panja muskullari kuchi, tik tura olish kuchi va boshqalar. “Jismoniy rivojlanish” atamasi keng ma’noda qo’llanganda unga jismoniy sifatlar (tezkorlik, epchillik, egiluvchanlik, muvozanatni saqlay olish, ko’z bilan chamalash, kuch, chidamlilik) ham kiritiladi.
Jismoniy tarbiya - tarbiyaning tarkibiy qismi. Bu jismoniy kamolotga erishishga yo’naltirilgan pedagogik jarayondir. Jismoniy tarbiya jarayonida aqliy, ahloqiy, mehnat estetik tarbiya amalga oshiriladi.
Jismoniy tarbiya-bu jismoniy rivojlanishning tarixan shakllangan darajasi va sog’liqning, hayotga, mehnatga va Vatan himoyasiga har tomonlama jismoniy tayyorgarlikning eng yuqori bosqichidir. “Jismoniy kamolot” tushunchasi belgilari o’sib boradigan ijtimoiy ehtiyojlar -ishlab chiqarish, shuningdek kishilar ehtiyojining o’sishiga qarab o’zgarib turadi. Har bir tarixiy davr o’zining jismoniy kamolot darajasi bilan xarakterlanadi.
Jismoniy tarbiya-tarbiyaning tarkibiy qismi. Bu jismoniy kamolotga erishishga yo’naltirilgan pedagogik jarayondir. Jismoniy tarbiya jarayonida aqliy, ahloqiy, estetik tarbiya va mehnat tarbiyasi amalga oshiriladi.
Jismoniy tayyorgarlik-bu jismoniy tarbiyaning professional yo’nalganligidir (aktyor, uchuvchi, kosmonavt va boshqalarning jismoniy tayyorgarligi). U aniq kasb xususiyatiga ko’ra o’tkaziladigan jismoniy mashqlarining vazifalari, vositalari, o’tkazish uslubiyatining spesifikasi bilan xarakterlanadi.
Jismoniy ta’lim-jismoniy tarbiyaning maxsus bilimlar, harakat ko’nikma va malakalarini egallashdan iborat bir turi.
Jismoniy madaniyat-umumiy madaniyatning bir qismi, jamiyatning ijtimoiy- tarixiy amaliyot jarayonida to’plangan inson jismoniy kamoloti sohasidagi moddiy va ma’naviy boyliklari majmuasidir. Moddiy boyliklarga: sport inshootlari (stadionlar, sport zallari, basseynlar, va h.k), jismoniy tarbiya jihozlari, inventar, maxsus kiyim, poyabzal, shuningdek, kishilarning jismoniy kamolot darajasi (bunga ularning sport sohasida erishgan yutuqlari ham) kiradi. Ma’naviy boyliklarga esa jismoniy tarbiya haqidagi fan va san’at asarlari (adabiyot, haykaltoroshlik, rang-tasvir, grafika, musiqa va boshqalar) mansub.
Shunday qilib, bolalarni jismoniy rivojlanishida qo’llanadigan asosiy tushunchalar ularni har tomonlama yetuk va barkamol insonlar bo’lib yetishishiga ta’lim va tarbiya berishda, jismoniy shart-sharoitlari katta ahamiyat kasb etadi.

Download 19,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   298




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish