O’quvchi amaliy bilim va ko’nikmani to’liq xatosiz ko’rsatadi lekin to’liq sharxlab beraolmaydi.
|
O’quvchi amaliy bilim va ko’nikmalarni ko’rsatishda ham aytishda ham sharxlashd aham xatoliklarga yo’l qo’yadi.
|
O’quvchi amaliy bilim va ko’nikmalarni ko’rsatib ham sharxlab ham bera olmaydi.
|
Jami:
|
5
|
4
|
3
|
2
|
O’quvchilar bilimini baholash ko’rsatkichlari va me’zonlari.
O’quvchi mazkur fan bo’yicha yig’ishi mumkin bo’lgan maksimal ball
5-ball bo’lib ,u quyidagicha taqsimot qilinadi.
Joriy nazorat -5 ball;
Oraliq nazorat -5 ball;
Yakuniy nazorat -5 ball;
5 ball – “a’lo”
4 ball –‘yaxshi”
3 ball – “qoniqarli”
2 ball –“qoniqarsiz”
3-ilova
Aqliy hujum savollari.
Qanday milliy o’yinlarni bilasiz?
Milliy o’yinlarning ahamiyati qanday?
Milliy o’yinlarni bola hayotidagi o’rni?
4-ilova
YANGI O`QUV MATERIALINING SLAYDLI TAQDIMOTI
1. O’zbek milliy xalq o’yinlarining tarihi
Xalq o’yinlari xalq ijodiyotining o’ziga xos janri bo’lib, ko’p asrlik tarixga ega. Ularda jamiyat rivojlanishining u yoki bu bosqichiga xos, ijtimoiy voqealar aks etadi. O’zbek xalq o’yinlari qadim zamonlarda, bizning eramizgacha bo’lgan davrda vujudga kelgan.
Buni arxeologik qazilmalar va qadimgi rim yozuvchisi Elianning etnografik hujjatlari ham tasdiqlaydi. Chunki ularda o’yin-musobaqalar juda keng tarqalganligi va ular xalqning sevimli odati bo’lgani haqida ma’lumotlar bor. Yunon tarixchisi Pomney Trog (eramizning I asri) yozuvlarida bir vaqtlar hozirgi O’zbekiston hududida yashagan qabilalar mohir jangchilar, chavandoz, mergan, nayzaboz va kamonchi, ya’ni harbiy ishlarga usta kishilar bo’lgani qayd qilinadi..
Qadimda hozirgi O’zbekiston hududida asosan ko’chmanchi, yarim ko’chmanchi va o’troq qabilalar yashagan. Ko’chmanchi va yarim ko’chmanchi qabilalarning asosiy mashg’uloti chorvachilik bo’lgan. O’troq qabilalar esa dehqonchilik bilan bug’doy yanchishda, daryo va quduqlardan suv tortishda mollardan shuningdek, chorva mollaridan hunarmandlar va savdogarlar ham foydalanganlar.
“Oqsoq bo’ri va qo’ylar”, “Echkilar va cho’ponlar”, “Oq tuya”, “Bo’ri keldi” singari qator xalq o’yinlarining kelib chiqish tarixi shu manbalarga asoslanadi.
O’zbek xalq o’yinlari rivojlanishining har bir bosqichida mazmunan o’zgarib turli ijtimoiy vazifalarni bajargan ko’pgina xalq o’yinlari ota-bobolardan bolalar va nabiralarga o’tgan.
O’zbek xalqida hayvonlar va qushlar mavzusidagi juda qiziqarli raqslar “Kaptar o’yini”, “Ot o’yin” va hokazolar keng rusm bo’lgan. Shuningdek, o’zbek orasida “Karnayli-surnayli”, “Xo’roz va tovuq”, “Qoch bolam qush keldi”, “Oq terakmi ko’k terak” kabi o’yinlar mashhur bo’lgan.
O’zbek xalq o’yinlari qadimgi tomosha sifatida yuzlarcha yillar muqaddam maydonlarda vujudga kelgan. Ular xalq tantanalari va tomoshalarining eng yaxshi an’analarini o’zida jamladi, betakror o’ziga xosligi va xususiyatlari bilan milliy ma’daniyatini nihoyatda boyitdi, o’z avlodlarining xalq an’analarini mujassamladi. Ilgari aholi o’rtasida sayillar, “Ramazon hayiti”- “Qurbon hayiti” kunlarida o’tkazilgan. Har yili bahor va kuzda ommaviy tomosha lar o’tkazish odat bo’lgan. Mana shu bayramlarda o’yinlar, sport o’yinlari, musobaqa, qo’g’irchoq, dorbozlar o’yinlari, kurash musobaqalari o’tkazilgan.
Dorbozlar o’z san’atlarining vujudga kelishi haqidagi rivoyatlarni maroq bilan hikoya qiladilar. Ularda yetilishicha, payg’ambar Ali doimo Haybar mamlakatidagi g’ayridinlarga qarshi kurashgan. Ularning Haybar shahridagi mustahkam qal’asini hech kim zabt eta olmagan. Qal’aning atrofi qoyatoshlar va suv bilan o’ralgan bo’lib, ulardan o’tish nihoyatda qiyin ekan.
Ali qo’shinlarini boshlab kelib, qal’aga kirish yo’lini bilmagan. Shunda dor qurdirib, unga arqonlar torttirgan va uning barcha jangchilari ana shu arqonlar orqali qal’aga o’tgan. Ali g’ayridinlarni yengib, Haybarni zabt etgan va mazkur g’alabani nishonlashda dor inshoatini va darbozlarni olqishlagan. Xuddi shuning uchun O’zbekstonda darbozlarga alohida hurmat-e’tibor bilan qaraladi. Rivoyatlarda darbozlarning shaharlarga kelishi osoyishtalikka, qishloq joylarga kelishi mo’l hosil olinishiga sabab bo’ladi, degan naql bor.
Bir vaqtlar O’zbekiston yog’ochoyoq o’yini keng tarqalgan. Yog’ochoyoqlar yugurib, sakrab, raqsga tushub va milliy cholg’u asboblarida, karnay, surnay va hokazolarda kuylar ijro etib ajoyib tomosholar ko’rsatgan. Mana shular haqida “Boburnoma”da anchagina ma’lumotlar bor.
Xorazmda “Tayoq” o’yini keng tarqalgan. O’zbek xalq o’yinlarini mazmuniga ko’ra quyidagi tasniflash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |