Paxtaobod pedagogika kolleji


Ta’limning metod va usullari



Download 19,92 Mb.
bet88/298
Sana29.05.2022
Hajmi19,92 Mb.
#615573
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   298
Bog'liq
bol jismoniy tarbiyasi 2021

1.Ta’limning metod va usullari
MTMda oilada jismoniy mashqlarga o’rgatish jarayonida talimning turli medod va usullaridan foydalaniladi.
Oilada ona bola bilan yakka tartibda ishlar ekan ertalabki badan tarbiya, jismoniy mashiqlar, chiniqtirish tadbirlarini asosan ko’rsatib berish, tushuntirish va birgalikda bajarish medodlaridan foydalanadi.
Talim medodi va usullari nima?
Talim medodlari konkret sohaning o’ziga xosligini xisobga olgan xolda umum didaktik tarzda yondoshishdi. Medodlarni tanlash tarbiyachi oldidagi vazifalar, o’quv tarbiyaviy ishlarning mazmunini, shuningdek bolaning yosh va individual hususiyatlarini, dastur talablarini, oila va MTM sharoitlarini hisobga olgan holda tanlanadi. Ko’rgazmali medod va unga oid usullar bolada sensor qobilyatlarini rivojlantirishga, harakat haqida to’liq va konkret tasavvur hosil bo’lishiga yordam beradi. Chunki bolalar eshitganlariga nisbatan ko’rganlarini ko’proq esda olib qoladilar va taqlidchanlik ularda ko’proq samarali natija beradi.
Og’zaki medod va usullar bolalar ongiga yo’naltirilgan bo’lib ular oldiga qo’yilgan vazifalarni eshitish o’rginlari ordali tushunib olishga mashqlar mazmuni va tuzilishini o’zlashtirib olishda katta rol o’ynaydigan harakatli mashqlarni ongli ravishda bajarishga, bu mashqlarni turli vaziyatlarda mustaqil qo’llashga yordam beradi, qoydasini aqlan tushungan xolda bajarishga o’rganadilar.
Amaliy medod esa mashg’ulot jarayonida egallagan harakat malaka va ko’nikmalarini ko’p marotaba takrorlash, o’yin tariqasida, musobaqa tari qasida o’tkazishdan iboratdir.Bu metod bolalami maktabgacha yoshdagi bolalaming yetakchi faoliyatiga yaqin, ular bilan ishlashda juda o’ziga xos va samarali bo’lib, ko’rgazmali amaliy tafakkur elementlarini hisobga oladi.U turli harakat ko’nikmalarini, harakatlarning mustaqilligini, o’zgaruvchan sharoitga nisbatan tezkor javob reaksiyalarini bir vaqtda takomillashuviga, ijodiy faollik ko’rsatishga imkon yaratadi. O’yin harakatlari jarayonida bolalarda ahloqiy-irodaviy sifatlar shakllanadi,bilishga intilish o’sadi, xatti-harakat va jamoada o’zini tutish tajribasi hosil bo’ladi.
Musobaqa metodi ham amaliy metodga kiradi. Bu metod ko’proq bolalar bog’chalarining katta guruhlarida avval egallangan harakat ko’nikmalarini takomillashtirish maqsadida qo’llaniladi.O’tkaziladigan musobaqa bolalar kuchiga mos bo’lishi, ahloqiy-irodaviy fazilatlami tarbiyalash, shuningdek, o’z yutuqlarini va boshqa bolalarning to’g’ri baholash musobaqaning majburiy shartidir. Ko’rgazmali va og’zaki metodlardan so’ng darhol bolalar amaliy harakatlarga harakatlarni mustaqil bajarishga o’tishlari lozim.
Oilada ona, MTMda tarbiyachi jismoniy tarbiyalash jarayonida talimning ushbu medod va usullaridan o’z o’mida foydalanilsa samarali natijaga erishiladi.
Pedagogik jarayonda ta'lim metodlaridan umumiy holda foydalaniladi. Tarbiyachi mashqlar mazmuni, bolalaming yosh imkoniyatlari va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda birinchi holatda ta'limning ko’rgazmali metodini qo’llaydi - bolaning harakat namunasini tushuntirish orqali idrok qilishiga erishadi, ikkinchi bir holatda mashq mazmuni va tuzilishini og’zaki tushuntirish metodini qo’llaydi. Biroq ikkinchi holatda pedagog bu yoshdagi bolalarda mavjud hayotiy tajriba va harakatlar haqidagi aniq tasavvurga tayanadi. Ko’rgazmali yoki og’zaki metodlardan so’ng darhol bolalar amaliy harakatlarga - harakatlarni mustaqil bajarishga o’tishlari lozim.
Bolalarni harakatlarga o’rgatishning metodik usullari. Har bir alohida metod vazifasi va uni hal etishga bir hil yondoshish jihatdan birlashadigan xilma-xil usullarning butun bir kompleksidan iboratdir.
Usul - metodning bir qismi, uni to’ldiruvchi va aniqlashtiruvchi detal. Tarbiyachi xilma-xil usullarni qo’yilgan vazifalarga muvofiq umumiy, ijodiy qo’llanishining ta'lim jarayonini boyitadi, uni individullashtiradi, bir xillikka barham beradi.
Bolalarni harakat faoliyatiga o’rgatish jarayonida metodik usullar har bir alohida holatda harakat materialining vazifalari va mazmuni, uni bolalar tomonidan o’zlashtirish darajasi, ularning umumiy rivojlanishi, jismoniy holati, har bir bolaning yosh va tipologik xususiyatlariga ko’ra tanlanadi.
Shu ma'noda ta'lim usullari bir tomondan bolalar vazifalarni idrok qilayotganda barcha analizatorlarga har tomonlama ta'sir etishni, ikkinchi tomondan bolalarning harakat vazifalarni ongli va mustaqil bajarishini ta'minlovchi turli birikmalarda kombinatsiyalanadi.
Bolalarni harakatlarga o’rgatishda usullarning birikuvi ularning o’zaro harakati bilan belgilanadi. Tarbiyachi tomonidan ko’proq ko’rgazmali metodga oid usullarning qo’llanishi, masalan harakat namunasini ta'limning barcha bosqichlarida va turli yosh guruhlarida ko’rsatish mashqlarni bola tomonidan mexanik tarzda, tushunmasdan taqlidan bajarishga olib kelishi mumkin. Bunday holda ko’proq bolaning idrok organlariga ta'sir etish uning idrokini boyitadi, ayni paytda zarur aqliy jarayonni susaytiradi, muayyan mashqning barcha elementlarini mantiqiy izchillikda ongli tarzda eslab qolishga yordam bermaydi, ba'zan bolani keyinchalik mashqni ixtiyoriy bajarish imkoniyatidan mahrum qiladi. Biroq bolaning yosh imkoniyatlarini (ayniqsa, kichik va o’rta yoshdagilar) hisobga olmagan holda ko’proq va faqat og’zaki usuldan foydalanish ham uni harakatlarni obrazli idrok etishdan, sezgilarning ishonchliligidan, aniq obrazli tafakkur jarayondan mahrum etadi. Shuning uchun tarbiyachi bolalarni to’g’ri harakatlarga o’rgatishda ta’limning yuqori darajasiga erishishga intilib ta'limning turli usullari: ko’rgazmali, og’zakai va amaliy usullaridan o’zaro aloqadorlikda foydalanadi. Shunday qilib, u bolalarning har tomonlama rivojlanishiga, mashqlarning ular tomonidan ongli o’zlashtirilishiga, muayyan sharoitlarda ularni mustaqil va ijodiy qo’llashga yordam beradi.
Ko’rgazmali metodga oid usullar. Bolalarni harakatlarga o’rgatishda ko’rgazmalilikning turli usullarida foydalaniladi, yaqqol ko’rish usullari harakat yoki ayrim harakat elementlarining tarbiyachi tomonidan to’g’ri va aniq namoyish etilishidan: tevarak atrofdagi hayot ко’rinishlariga taqdid qilishdan; masofani bosib o’tishda mo’ljal olishdan foydalanish; ko’rgazmali qo’llanmalar - kinofilmlar, teleeshittirishlar, fotolavhalar, suratlar va hokazolardan foydalanishdan iboratdir. Taktil-muskul ko’rgazmaliligi bolalarning harakat faoliyatiga fizkultura qo’llanmalarini kiritish bilan ta'minlanadi. Masalan, tizzani baland ko’tarib, yugurish ko’nikmasini hosil qilish maqsadida ketma-ket qo’yilgan yoy shaklidagi darvozachalar qo’llaniladi. Yugurish paytida oyoqni bu to’siqlar osha ko’tarib o’tish bolaning tizzani baland ko’tarish ko’nikmasini egallashga yordam beradi. Bundan tashqari predmetlar bolalarga yo’l qo’ygan xatosini his qilish va tushunish (mazkur holatda agar oyoqning uchi darvozachalarga tegib ketganda) imkonini beradi. Bola ongida tarbiyachining “darvozachaga tegib ketmaslik” haqidagi topshiriqining saqlanib qolishi xato qilayotgan paytida teri muskul sezgisi bilan bog’lanadi va bola o’z harakatining noto’g’riligini o’zi aniqlay oladi.
Taktil-muskul ko’rgazmaliligi bola gavdasining alohida qismlarini boshqaruvchi tarbiyachining bevosita yordamida ham ifodalanadi (masalan, qad-qomatni to’g’ri muskul tonusi sezgisini uyg’otadigan qo’l tekkazish orqali rostlash). Biroq tarbiyachining bunday yordami qisqa muddatli bo’lishi lozim. Aks holda muayyan dinamik (streotipni hosil qilishga xizmat qiluvchi doimiy qo’zg’atuvchilar tizimidagi signal) ahamiyatiga ega bo’lib qolishi mumkin. Keyinchalik ko’nikma og’zaki ko’rsatmalar yordamida mustahkamlanadi.
Og’zaki metodga oid usullar. Harakatlarga o’rgatishdagi og’zaki usullar quyidagilarda ifodalanadi: bolalarga ulardagi mavjud hayotiy tajriba
va tasavvurga tayangan holda yangi harakatlarni aniq, qisqa bir vaqtda bayon etish va tushuntirishda; harakatlarni aniq ko’rsatish yoki uning ayrim elementlarni aniqlash asnosidagi sharhda; tarbiyachi tomonidan ko’rsatilgan harakatlami qayta bajarishda yoki mashqlarni bolalar mustaqil bajarishlarida zarur bo’ladigan ko’rsatmalarda; yangi jismoniy mashqlar va harakatli o’yinlarni joriy qilish yoki harakatlarni o’rgatishda ularni tushuntirish, harakatli o’yin syujeti va hokazolarni aniqlashtirish talab etilganda oldindan o’tkaziladigan suhbatda; tarbiyachi jismoniy mashqlarni bajarilishidan oldin harakatlarni bajarish izchilligini anglash; darajasini aniqlash yoki syujetli harakatli o’yinlar obrazlari haqidagi tasavvurning bor-yo’qligini tekshirish, qoidalarni, o’yin harakatlari va hokazolarni aniqlashtirish maqsadida bolalarga beriladigan savollarida.Bundan tashqari ko’rsatib o’tilgan usullar turli komandalar, farmoyish va signallarni aniq, emotsional va ta'sirchan tarzda berishda ham ifodalanadi. Masalan, tarbiyachi shunday deydi: “Sakrab oyoqlarni yelka kengligida ochib turing!” yoki “To’xtang! Bir, ikki, uch - yuguringlar!” va hokazo. Bu komandalar bolalarning javob harakat reaktsiyasining tezligi va aniqligini vujudga keltiradigan turli intonatsiya va dinamikani talab qiladi. Bular qatoriga baland ovozda dona-dona qilib sanash va o’yin boshlanmalarini ifodali talaffuz etishni ham kiritish mumkin. Xalq og’zaki ijodi bunday narsalarga juda boydir.
Qofiyali matnlarning musiqiyligi va ritmliligi bolalarda emotsional ruh uyg’otadi, natijada bu qofiyalar ular tomonidan oson o’zlashtiriladi va keyinchalik mustaqil o’yinlarda foydalaniladi.
2.Harakat malaka va ko'nikma haqida tushuncha.
Bolalar tomonidan zarur bilimlar va harakat ko’nikmalarining muvaffaqiyatli o’zlashtirilishi ko’p darajada ta'lim jarayoni kеchadigan sharoitning tashkil etilishiga bog’liqdir.
Ta'lim harakat vazifalarini bajarishda aqliy, jismoniy va irodaviy zo’r bеrishni talab qiladi, shuning uchun osoyishta vaziyat va bolalar psixikasining emotsional – ijobiy holati zarurdir. Tashqi muhitning qulay sharoitlarida rеflеkslarining yuzaga kеlishi tabiiy, qonuniy kеchadi.
I.V.Pavlov yangi muvaqqat bog’lanishlarining vujudga kеlishi miyaning katta yarim shari tashqaridan bo’ladigan qo’zg’olishlardan holi bo’lganda, ya'ni ta'lim jarayonida bola diqqatini hеch narsa chalg’itmaganda samarali kеchishini ko’rsatib o’tgan edi (xonada birovning to’satdan paydo bo’lishi; taqillash, dеvor ortidan eshitilgan qo’shiq, bolalarning obyеktga nisbatan noqulay saflanishi, ular qiziqishlariga zid bo’lishi, tarbiyachining tushuntirishdagi yaxlitlikni buzuvchi ayrim bolalarga tеz-tеz bеradigan tanbеhi va hokazo).
Shunday ekan, ta'lim faqat bolalar diqqati va idroki bir nuqtaga to’rejaishi ta'minlangan sharoitlardagina juda samarali natijalar bеrishi mumkin.

Download 19,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   298




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish