Paxtani quritish uchun texnologik jarayonlar va quritish jarayonini nazorat qilish



Download 21,82 Kb.
bet1/2
Sana30.05.2022
Hajmi21,82 Kb.
#620024
  1   2
Bog'liq
tezis


PAXTANI QURITISH UCHUN TEXNOLOGIK JARAYONLAR VA QURITISH JARAYONINI NAZORAT QILISH
Jiz. P.I. o’qituvchisi F.O.Egamberdiyev,
Jiz. P.I. o’qituvchisi B.N.SHaropov.
Jizzax Politexnika Instituti 343- 20 guruh talabasi
M.A.Abdujabborova,

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov imzolagan “2007-2011 yillarda paxta tozalash sanoati rekonstruksiya va modernizatsiya qilish dasturi haqida” 03.04.2007 yildagi 70 sonli hukumat qarori hozirgi etapdagi tarmoqning rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo’lib, bu paxtani dastlabki ishlash va ishlab chiqariladigan mahsulotning raqobatbardoshlik samaradorligini oshirish masalasi davlatimizning doimo e’tiborida ekanligining dalolatidir.


Ushbu dastur bo’yicha keyingi 5 yil davomida tarmoqning 41 ta korxonasini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish mo’ljallangan, buning uchun tegishli mablag’ manbalari aniqlangan.
Tarmoqni modernizatsiya qilish dasturini amalga oshirish Respublikaga paxta tolasini chiqishining 33,2 foiz va undan yuqori bo’lishini, yuqori reytingga ega 1-2 navli paxta tolasini, assortimentida yuqori sinflar ulushini 85 foizga yetkazgan holda, solishtirma hajmi 85 va undan yuqoriroq foizga yetkazish hisobiga sezilarli darajada iqtisodiy samara beradi.
A.I.Uluyakov, Ye.F. Budin va Samandarovlar tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlar ham shuni tasdiqladiki, ishlab chiqarish jarayonida paxtaning optimal qiymatlari 8-9 foizni tashkil etdi. Paxtaning namligi 8-9 foizdan yuqori bo’lganda mashinalarning tozalash samaradorligi keskin pasayishiga, paxtaning namligini me’yordan kamayib ketishi yani 8 foizdan kam bo’lganda , tolaning qurib ketishi hisobiga uning sifat ko’rsatgichlari pasayib ketishiga, ayniqsa tola uzunligini kamayishiga olib kelinishini ilmiy asosladilar.
Paxtaga dastlabki ishlov berish jarayoni tayyorlov punktiga keltrilgan nam paxtani quritishdan boshlanadi. Paxtani quritish issiqlik bilan uning tarkibiy qismlarini suvsizlantirishdan iborat murakkab amal bo’lib, texnologik jarayon va ishlov berish tartibini tanlashda katta mas’uliyat talab qiladi. Quritishning to’g’ri tashkil etilishi uni amalga oshirishga ketgan yoqilg’i sarfining salmog’ini kamaytirish bilan birga paxtani saqlanishini, dastlabki ishlov berish jarayonida olingan tola va chigitning miqdori, sifatini yuqori bo’lishini hamda paxta zavodlarida butun texnologik asbob-uskunalarining muvafaqqiyatli ishlashini taminlaydi.1
Hozirgi vaqtda paxtani quritish uchun baraban tipidagi qurilmalarda amalga oshriladigan konvektiv usuldan foydalanilmoqda.
Paxta xom ashyosi tola qatlami, chigit va iflos aralashmalari bo’lgan ko’p komponentli materialdir.
Ayrim komponentlar nisbati paxta turiga, uning seleksion naviga, sinfiga pishib yetilish darajasiga va boshqa sharoitlarga bog’liqdir. Masalan, birinchi navli o’rta tolali 108-F paxta turining o’rtacha holga keltirilgan ko’rsatkichlari bo’yicha komponentlar nisbati uning mutloq quruq xolatida va aralashmalar yo’qligida quyidagi foizni tashkil etadi; tola-43 foiz, qobiq-20 foiz, magiz-37 foiz.
Umuman, paxta xom ashyosi uning yuzasidagi va issiq atrof-muhitdagi suv bug’larining parsial bosimlarining farqi hisobiga quritiladi. Quritish qurilmasida suv bug’lari bilan to’yinmagan o’txonada hosil bo’lgan quruq gaz yuboriladi.
Shu gaz oqimi paxta bo’laklari va tolali chigitlarni oralab o’tib, ulardagi erkin namlikni intensiv ravishda bug’lantiradi. Bunda namlik buzilgan muvozanatni tiklashga intilib, tolali chigit ichidan ustki qatlamlarga siljiydi. Chigit ustidagi tolali qoplamaning isish harorati oshadi. Namlikni olishning har bir keyingi foiziga issiqlik sarfi ortadi, havo namlikni yutib, unga to’yinib boradi va namlikning bug’lanishi sekinlashadi.
Keyinchalik quritish agenti bilan kelayotgan issiqlik energiyasi materialni isitishga sarflanadi, bu esa bug’langan namlikning qisman bug’lanishiga olib keladi. Boshqacha aytganda , olingan namlik miqdorini ko’paytirish uchun quritish agentining haroratini yanada ko’tarish lozim.
Amaliyotda paxtaning jami namligini erkin va bog’langan namlikka bo’lish qulay. Bunday ajratishning fizik ma’nosi quyidagidan iborat. Odatda, ochiq yuzada namlikning bug’lanish tezligi, atrof muhitdagi suv buglari hamda bug’lanish yuzasi ustidagi bug’ning partsial bosmi ayirmasiga to’g’ri mutanosibdir.
Tola va chigit qobig’i ustidan namlik bug’lanishi haqida ham shunday deyish mumkin. Binobarin, muayyan parametrlarga ega quritish agenti muhitida nam paxta bug’lanish yuzasidagi partsial bosim gaz oqimidagi bosimga tenglashmaguncha namlik almashuvi to’xtaydi va muvozanatli namlik holati paydo bo’ladi.
Paxtaning namlik miqdorini namlikning vazniy nisbati U deb tariflash qabul qilingan. U paxtaning mutloq quruq qismining vazn birligidan foizlarda yoki namlik vaznining materialning quruq qismiga nisbatida ifodalanadi.
Paxtaning eng muhim tavsiflariga quyidagi mexanik xususiyatlari kiradi; birligi, mustahkamligi, chuziluvchanligi, elastikligi va relaksiya kabilar kiradi.
Paxtani quritishning oqilona tejamli ko’rsatgichlariga erishish uchun quritish agentining harorati va sarfini, shuningdek quritish natijasida paxta namligining o’zgarishini doim nazorat qilib borish zarur. CBO va SBT quritgichlari uchun ko’rsatilgan parametrlardan tashqari paxta iflosligi o’zgarishi va chiqindilarda tolali chigitlar mavjudligini nazorat qilib boorish kerak.
Texnologik tartibda berilgan quritish agentining harorati yuqori haroratli yonish maxsulotlariga aralashtirish uchun havo uzatishni tanlash va yonilg’i sarfini o’zgartirish bilan belgilanadi. Belgilangan haroratni nazorat qilish issiqlik ishlab chiqargichlarining nazorat ulchash asboblari va havfszlik avtomatikasi tarkibida kuzda tutilgan 400 C gacha shkalali TPGCK turidagi elektro kontaktli termometrlar yordamida amalga oshriladi. Bundan tashqari quritish agentining harorati quritgichlar taminlagichlarning gaz quvurlarida o’rnatiladigan shisha termometrlari yordamida ham nazorat qlinadi.
Quritish uskunasidan foydalanganda havfszlik texnikasi va paxta zavodlari va tayyorlov punktlari uchun amal qilayotgan ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalariga rioya etish kerak. Foydalanishda band bo’lgan va quritish uskunasi bulimiga yangi kelgan barcha ishchilar xafvszlik texnikasi bo’yicha, albatta, yo’l yo’riq olishlari zarur. Tayyorlov punktlarining mudirlari, boshliqlar, smena ustalari ishchilarning sozlangan uskunalarda maxsus, ish kiyimida ishlashlari va hafvszlik texnikasi yo’riqnomasi shartlarining bajarilishini kuzatib borishlari shart.
Paxtani quritish uskunalarida ishlashga 18 yoshgacha bo’lgan o’smirlar qo’yilmaydi. Xafvszlik texnikasi va ishlab chiqarish texnikasi bo’yicha yo’riqnomalar ish joylari yonida oyna tagidagi romlarda va yaxshi yoritilgan joyga osib qo’yilishi kerak.
Quritgichlar va issiqlik ishlab chiqargichlarning harakatlantirish tasmalari, birlashtruvchi muftalari hamma aylanadigan detallari va qismlari mahkam biriktrilgan to’siqlarga ega bo’lishi kerak.
Quritish agentini keltirish quvurlarida, quritish kameralari yonida harorat datchiklari o’rnatilgan bo’lishi lozim. Ular tovush yoki nur yordamida signal berish asboblari bilan bog’langan bo’lib, xizmat ko’rsatuvchi xodimlarga quritish agentining harorati ruxsat etilgan miqdordan oshgani xususida xabar beradi.

Download 21,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish