Gossipol paxta chigiti mag‘zi tarkibidagi asosiy rang beruvchi moddadir. Uning umumiy formulasi – S30N30O8. Shu modda chigitdan ajratilgan paxta moyiga to‘q jigarrang tus beradi. Toza holdagi gossipol sariq rangli kristall modda. U kuchsiz zaxarli modda bo‘lib, letal dozasi 2250-3340mg/kg. U spirtda, dietil efirida, atsetonda, xloroformda va piridinda yaxshi erisa, glitserin, benzol va suvda erimaydi.
Gossipol qizdirilganda amin guruhi bo‘lgan ko‘plab moddalar bilan reaksiyaga kirishadi. Uning anilin bilan reaksiyasi gossipolning moydagi miqdorini aniqlash uchun ishlatiladi. Gossipolni moydan ajratish uchun antranil kislotasi ta’sir ettirilsa, ularning moyda erimaydigan birikmasi hosil bo‘ladi:
O H HOOCC6H4N
C OH CH OH
HO H2NC6H4COOH HO HO CH3 HO CH3
CH CH
H3C C3H 2 H3C CH3 2
Fosfatidlari ajratilmagan xom moylarni qizdirganda gossipol bilan reaksiyaga kirishib, to‘q jigarrang birikma – gossifosfatidlar hosil bo‘ladi. Bunda gossipolning aldegid guruhlari kefalin yoki fosfoserinning aminokislotalari bilan birikadi. Letsitin bu reaksiyaga kirishmaydi. Gossipol qizdirilganda moyli urug‘ tarkibidagi oqsillar bilan birikib, erituvchilarda erimaydigan birikmalar (gossiproteidlar) hosil qiladi. Bu birikmalar xom paxta moyini qizdirganda ham hosil bo‘lib, erkin gossipol miqdorini kamaytiradi. Gossiproteidlar ancha mustahkam. Bunday birikmalar gossipolning oksidlanish va parchalanish maxsulotlari bilan ham hosil bo‘ladi. Mana shu birikmalar xom paxta moyining rafinatsiyalanishini qiyinlashtiradi.
Tabiiy gossipol ishqor bilan karboksil guruhlariga nisbatan orto-holatda bo‘lgan ikkita gidroksil guruhi orqali reaksiyaga kirishib, natriy gossipolati hosil bo‘ladi:
O H O H
C OH C OH
HO 2NaOH NaO
HO CH3 HO CH3
CH CH
H3C CH3 2 H3C CH3 2
Natriy va kaliy gossipolatlar suvda eriydi. Oshiqcha ishqorli bu eritmalar havo kislorodi ta’sirida tez oksidlanadilar. Bunda gossipolatlar qorayadi. Gossipolat natriy kuchli ishqoriy eritma qo‘shib qizdirilganda, ikki molekula chumoli kislotasi ajralib, kuchli kislota tabiatiga ega bo‘lgan rangsiz modda - apogossipol hosil bo‘ladi.U turg‘un bo‘lmagan modda bo‘lmaganligi uchun havo ta’sirida tez qorayadi.
Moysiz erkin kristall gossipol kislorodli muhitda qizdirilganda uning molekulyar massasi ortadi va fenol guruhlarining qisqarishi hisobiga uning kislotaliligi kamayadi. Buning natijasida tabiiy (nativ) gossipol miqdori kamayib, “o‘zgargan gossipol maxsulotlari” aralashmasi hosil bo‘lib, qorayish sodir bo‘ladi.
Gossipol erish haroratidan yuqoriroq haroratda dovomiy qizdirilsa, gossipol ikki molekula suv ajratib, olovrang – angidrogossipolga aylanadi. Angidrogossipol gossipoldan farqli ravishda ishqor bilan reaksiyaga kirishmaydi.
Palladiyli kuchli katalizator ishtirokida gossipol vodorod bilan reaksiyaga kirishib, rangsiz modda gidrogossipol hosil bo‘ladi.
Paxta moyida gossipol bilan bir vaqtda moy olingan chigitning sifatiga bog‘liq ravishda gossipurpurin, gossikaerulin, gossifulvin, gossiverdurin kabi birikmalar va analoglar ham topilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |