Immunitet omillari va mexanizmlari. Odamni kasalliklarga berilmaydigan qilib qo'yadigan himoya omillari spetsifik, ya'ni ma'lum bir qo'zg'atuvchiga qaratilgan va nospetsifik, ya'ni odam va ko'pgina hayvonlarga xos bo'lishi rnumkin. Nospetsifik omillar xilma-xil mikroorganizmlarga qarshi himoyani amalga oshiradi.
Odam va hayvon organizmida patogen mikroblar kirishiga to's-qinlik qiladigan yoki ulami nobud qiladigan tabiiy himoya vositalari bor. Bularga teri, shilliq pardalar, limfa, ichak va oshqozon shirasi, lizotsim fermenti, o't, safro va boshqalar misol bo'ladi. Teri orga-nizmga ko'pgina mikroblarning kirishiga yo'l qo'ymaydigan to'siq bo'lib xizmat qiladi. Undan ajralib turadigan ter va yog' bezlar tarkibida bo'igan sut va yog' kislotalaming salbiy ta'siri bo'lib, leriga tushgan mikroblar 30 minutdan so'ng nobud bo'ladi. Agar teri iflos bo'lsa, uning bakteritsidlik xossalari susayib ketadi, shuning uchun terini doim toza holda saqlash muhim ahamiyatga egadir.
Burun, halqum, nafas yo'llari, ichak, siydik-tanosil yo'llari va ko'z konyunktivlarining shilliq pardasi yanada kuchli himoya xossalariga ega. Bu shilimshiq, ko'z yoshi, so'lak, hazm bezlari ishlab chiqaradigan sekretlar tarkibida ko'pgina mikroblarga salbiy ta'sir etuvchi alohida moddalarbo'ladi. Ana shunday moddalardan biri lizotsimdir, u ko'pgina saprofit mikroblarga, patogen mikroblarga ta'sir etadi va ulami critib yuborish xususiyatiga ega.
Nafas yo'llari shilliq pardasining epiteliysi organizmga kirgan patogen bakteriyalarni ushlab qoladi va tashqariga chiqaradi. Eng mayda zarrachalar o'pka alveolalariga yetib boradi va bu yerda fagotsitlartomonidan tutib qolinadi, undan limfa tugunlariga o'tka-ziladi va zararsizlantiriladi.
I.I.Mechnikov fagotsitoz nazariyasining asoschisi hisoblanadi. Bu nazariyaning ma'nosi quyidagilardan iborat: organizmga tashqi muhitdan kirgan mikroorganizmlarni mezoderma hujayralari hazm qilib yuboradi. Donador leykotsitlar, limfotsitlar, monotsitlar va plazmatik hujayralar fagotsitlarga misol bo'ladi.
Ko'pgina yuqumli kasalliklarvaqtidabemorning qon zardobida spetsifik antitelalar hosil bo'ladi, ularni ma'lum antigen orqali bilish mumkin. Immunitet reaksiyalari spetsifik va nihoyatda sezgir bo'lib, diagnostikada kengqo'llani'adi.
Immunitet reaksiyalari agglyutinatsiya, pretsipitatsiya, kom-plementni bogiash reaksiyalaridir. Immunitet reaksiyalari antigen bilan antitelaning spetsiflk ravishda o'zaro ta'sir etishiga asoslangan.
Ma'lum antigenlar yordamida bemor yoki tekshirilayotgan odamning qon zardobida antitelalar bor-yo'qligini aniqlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |