Komplementni biriktirish reaksiyasi. Bakteril, virus, protozoy infeksiyalarida bemorlar qon zardobidagi antigenni topish uchun, shuningdek, kasal kishilardan ajratib olingan viruslami aniqlash va tipini belgilash uchun shu reaksiyadan foydalaniladi. Bu rcaksiyada antigen, antitela va komplementdan tashqari, reaksiya natijasini ifodalaydigan gemolitik tizim ham ishtirok etadi. Komplementni biriktirish reaksiyasi ikki fazada o'tadi. Birinchi fazada komplement ishtirokida antigen ЬДап antitelaning o'zaro ta'sirini, ikkinchisida komplementning birikish darajasini gemolitik tizim yordamida bilib olish mumkin.
Komplementni biriktirish reaksiyasi zaxm (Vasserman reaksiyasi), so'zak (Borjangu reaksiyasi), toksoplazmoz, rikkelsioz va virus kasalliklari diagnostikasida qo'llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |