Pretsipitarsiya reaksiyasi. Bu reaksiyalarda ishtirok etadigan antitelalar pretsipitatlardir. Organizmda hosil bo'ladigan mayda dispersli antigen — antitela kompleksi oddiy metodlarda qo'yilgan pretsipitatsiya reaksiyasida ma'lum bo'ladi. Masalan, kuydirgi, toun, tulyaremiya, meningit kasalliklarininl'diagnostikasida halqa-simon pretsipitatsiya reaksiyasidan foydalaniladi. Buning uchun ingichka probirkalarga maxsus immun zardob quyiladi va unga juda ehtiyotlik bilan qoplam qilib antigen tushiriladi. Ikki suyuqlik chegarasida halqa, ya'ni pretsipitat paydo bo'Ushi tegishli antigen borligini ko'rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |