O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIMI VAZIRLIGI
Ro`yxatga olindi:
№ BD – 5510500 – 3.05
2016__ yil “___”_______
|
|
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
vazirligi
______________________
2016__yil “____”______
|
|
|
PATOLOGIYA
FAN DASTURi
Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar soha:
500000 – Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot
Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika
510000 – Sog‘liqni saqlash
Ta’lim yo‘nalishi: 5510500 – Farmatsiya (Klinik farmatsiya)
5510500 – Farmatsiya (Farmatsevtik taxlil)
5510500 – Farmatsiya (Farmatsevtika ishi)
5111000 – Kasb ta’limi (5510500 – Farmatsevtika ishi)
TOSHKENT-2016
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2016__ yil “____” _____________dagi “____” –sonli buyrug’ining ______ - ilovasi bilan fan dasturi ro’yhati tasdiqlangan.
Fan dasturi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo’nalishlari bo’yicha O‘quv-uslubiy birlashmalari faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengashning 2016__ yil “___” dagi “______” sonli bayonnomasi bilan ma’qullangan.
Fan dasturi Toshkent farmatsevtika institutida ishlab chiqildi.
Tuzuvchilar:
Mirtursunova S.Z – Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi dotsenti,b.f.n
Bobojonova. SH.SH- Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi katta o’qituvchisi
Taqrizchilar:
R.G.Utyamishev – Gematologiya va qon quyish markazi etakchi ilmiy hodimi, t.f.d.;
Z.T.Fayziyeva – Toshkent farmatsevtika instituti “Ilmiy tadqiqot va ilmiy pedagogik
kadrlar tayyorlash bo’limi boshlig’i t.f.d.;
Fan dasturi Toshkent Tibbiyot Akademiyasi ilmiy-uslubiy Kengashida ko‘rib chiqilgan va tavsiya qilingan.(201__ yil “ ___” _______dagi “__”-sonli bayonnoma).
Kirish
Patologiya oliy meditsina ta’lim tizimida meditsina fani va amaliyotini mustasnosiz barcha jabhalarining bevosita asosi sifatida fundamental – zaminiy fanlar qatoriga kiradi.
Patologiya fani oliy ta’lim tizimida tibbiy-biologik fanlar va kimyo farmatsevtika sohalarining yaqinlashuvida muhim vazifani o‘taydi. Ushbu fanning asosiy maqsadi, u kasal organizmdagi hayotiy jarayonlarni o‘rganadi.
Umumiy patologiya fani tibbiyotning hamma sohalardagi mujassamlashgan tajriba asosida o‘z tasavvurlardan, keng biologik va metodologik qarashlardan, alohida klinik fanlarning aniq materiallardan tuzilgandir.
Ma’lumki, umumiy patologiya sohasidagi to‘plangan bilimlar turli meditsina sohasidagi mutaxassislar uchun, shu jumladan farmatsevtlar uchun ham muhim hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |