Patent tizimi va mualliflik huquqi
Patent tizimi - bu ixtirochi va mualliflar tomonidan yaratilgan ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalarini tasdiqlovchi hamda ularga mutlaq huquqni taqdim etish tizimi. Bu jarayon maxsus gu-vohnomalar - patentlar orqali amalga oshiriladi. Patentni odatda davlat beradi. Davlat patent idorasi tomonidan ixtiro muallifiga yoki ariza boʻyicha huquqiy vorisiga beriladi. Koʻp mamlakatlardagi qonunlariga koʻra, patent 15—20 yil muddatga beriladi. Baʼzi mamlakatlarda ixtorolarni himoyalash vaqti odatda kamida 20 yil boʻlishi kerak. Patent odatda shu patent chiqarilgan mamlakat hududida amal qiladi. Xalqaro amal qiluvchi patentlar ham mavjud. Baʼzi mamlakatlarda maʼlum bir sohalardagi ixtirolar uchun patent berilmaydi.
Oʻzbekistonda ixtirolar, foydali model, sanoat namunasiga nisbatan qoʻyiladigan patent olish huquqini vujudga keltiradigan talablar hamda patent idorasining bunday hujjatni berish tartibi mamlakatning „Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida“gi qonuni (1994-yil 6-may) da belgilab berilgan.
Bir qancha mamlakatlarda tadbirkorlik faoliyatining muayyan turlari bilan shugʻullanish uchun berilgan maxsus ruxsatnoma ham „patent“ deb ataladi. Davlatdan bunday patentni sotib olish tadbirkorlarni (odatda, yakka tartibdagi tadbirkorni) bundan keyingi (bir yilga yoki boshqa davrga) soliqlar toʻlashdan ozod etadi.
Mualliflik huquqi - ilmiy, badiiy va san’at asarlari, ijro san’ati fonogrammalari, ko‘rsatuvlar, efir to‘lqini yoki kabel orqali tasvir uzatish kabilarni yaratish va ulardan foydalanish munosabatlarini qonuniy tarzda tartibga solish shakli. Mualliflik huquqi faqat mualliflar tomonidan o‘z mahsulotlarini ma’lum vaqtga yoki butunlay sotish, ulardan nusxa olish va ko‘paytirishga ruxsat berish imkonini ta’minlaydi. Mualliflik huquqi belgisi © boʻlib, baʼzi bir yurisdiksiyalarda qoʻshimcha ravishda (c) yoki (C) bilan ham ifodalanishi mumkin. Mualliflik huquqi „asarlarning“ keng turdagi kreativ, intellektual, artistik shakllarida namoyon boʻlishi mumkin. Ushbular qatoriga she'rlar, tezislar, sahna asarlari va boshqa adabiyot asarlari, filmlar. xoreografik asarlar (raqs, balet), musiqiy kompozitsiyalar, audio yozuvlari, rasmlar, chizmalar, skulpturalar, fotorasmlar, EHM dasturlari, radio va tele ko'rsatuvlari, va baʼzi yurisdiksiyalarda sanoat dizayni kiradi. Dizayn yoki sanoat dizayni baʼzi yurisdiksiyalarda ularni tartibga soluvchi alohida qonunchilik yoki umumiy qonunchilikka ega boʻlishi mumkin. Mualliflik huquqi intellektual mulk huquqi tizimiga kiruvchi huquq sohasi hisoblanadi. Mualliflik huquqi faqat fikr yoki maʼlumotning „material(moddiy)“ ifodalangan shaklini qoplaydi. U mualliflik huquqi asarida mujassamlangan yoki unga asos boʻlgan haqiqiy fikr, g'oya, konsepsiya, faktlar, yo'nalish (stil') yoki qoida (tehnika)ni himoylamaydi va himoyalashga qaratilmagan ham. Masalan, Disneyning mashhur Chip va Deyl multfilmidagi obraz, deylik Chip mualliflik huquqi tomonidan himoya qilingan. Lekin, bu himoya aynan oʻsha multfilmdagi Chipning qiyofa, mimika, kiyinishiga nisbatan boʻlib, istagan boshqa bir insonning olmahon personaji asosida multqahramon yaratishdan cheklab qoʻymaydi. Baʼzi yurisdiksiyalarda mualliflik huquqi bilan himoya qilinga asarlarning izohli yoki satirik qilib qayta ishlanishiga ruhsat beriladi. Mualliflik huquqlari baʼzi mamlakatlarda Bern Konventsiyasi kabi xalqaro shartnomalar bilan standartlashtirilgan boʻlib, Evropa Ittifoqi hamda Jahon Savdo Tashkiloti kabi xalqaro tashkilotlar aʼzolaridan talab qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |